Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet82/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

39-§. YAPONIYA:
AQSHning Yaponiyadagi okkupatsion qo’shinlari qo’mondoni general Makartur qo’lida cheklanmagan hokimiyat to’plangandi. Oktyabr boshida demokratik qayta qurish boshlandi.General Makartur taklifiga ko’ra siyosiy mahbuslar ozod qilindi, yashirin politsiya tugatil­di. Ayollar tengligi bo’yicha chora-tadbirlar o’tkazildi, kasaba uyushmalar huquqi kengaytirildi, xalq ta’limi to’liq qayta o’zgartirildi. Makartur Duglas (1880-1964) – 1944 yildan AQSH qo’shin generali. 2 – jahon urushi davrida (1941-1942) AQSHning uzoq Sharqdagi qurolli kuchlari qo’mondoni va Tinch okean janubi-g’arbiy qismidagi ittifoqchilar qo’shinlari bosh qo’mondoni. 1945 yildan Yaponiyadagi okkupatsion qo’shinlar qo’mondoni. 1950-1951 yillarda Koreyadagi Amerika va Janubiy Koreya qurolli kuchlari operatsiyasiga rahbarlik qilgan.AQSH Yaponiyada o’z namunasi bo’yicha zamo­naviy iqtisodiy tizim yaratishga harakat qildi. Ya’ni antitrest qonunlar qo’llanilishi lozim bo’lib, bunday qoida XX asr boshida AQSHda joriy etilgan, Dzaybatsu tarqatib yuborilgandi. 21 ta bank yopildi. Monopolistlar, militaristlar, shuningdek, yirik feodallar - yer egalari xalq dushmani deb e’lon qilindi. Ko’pgina harbiy va siyosiy jinoyatchilar hibsga olindi hamda qatl qilindi. 1947-yilda qabul qilingan konstitutsiya asosida demokratik huquq va erkinliklar, urushni rad etish, o’z qurolli kuchlarini taqiqlash e’lon qilindi. Shu bilan birga imperator millat rahbari, uning birligining ramzi bo’lib qoldi. Agressiv siyosat olib borgan partiyalar tarqatib yubo­rildi. Urushdan so’nggi Yaponiyada davlat siyosatini bel­gilab bergan yangi - progressiv, liberal va sotsialistik partiyalar tashkil topdi. Urushdan keyingi davrda ko’p vaqtlar hukumat tepasida liberal (1955-yildan liberal­-demokratik) partiya turdi. 1946-yilgi parlament saylovlarida liberal partiya g’alaba qozondi. General Makartur tashabbusi bilan par­lament 1946-yilda agrar islohotlar to’g’risida qonun qabul qildi. Unga ko’ra hukumat pomeshchiklardan yer sotib olib, uni dehqonlarga sota boshladi. Yer islohoti dehqonlar foydasiga yerni qayta taqsimlashga olib keldi. Yagona pul solig’i asosiy soliq edi. Agrar islohot Yaponiyada inqilob yasadi. Qishloq xo’jaligida jadal sur’atlarda kimyoviy o’g’itlar, gidro­poniklar, shuningdek, kichik dala-yerlarga mo’ljallangan minitraktor hamda boshqa texnikalardan foydalana boshlandi. AQSH bilan bir qator shart­nomalar tuzilishi munosabati bilan Yaponiyadagi ahvol keskin o’zgardi. 1951-yili San-Fransiskoda "Xavfsizlik to’g’risida shartnoma" imzolandi. Unda ikki mamlakat o’rtasidagi harbiy­-siyosiy ittifoq rasmiylashtirildi. Shartnoma Yaponiyada ushbu mamlakat "suvereni­tetini ta’minlaydigan AQSH qurolli kuchlarini ushlab turish"ni nazarda tutar edi. Mazkur shartnoma mam­lakatda amerika harbiylarining bo’lishini abadiylashtirib qo’ydi va yapon qurolli kuchlarini tashkil etishga yo’l bermadi. 1952-yilgi amerika-yapon shartnomasiga ko’ra bar­cha harbiy bazalar AQSH qurolli kuchlariga qaraydigan va ularni ushlab turganligi uchun Yaponiyaga har yili 150 million dollar to’laydigan bo’ldi. Amerika amalda Yaponiyaning barcha hududini nazorat qilish huquqini qo’lga kiritdi. 1953-yilda tuzilgan do’stlik, savdo va den­giz kemalari qatnovi to’g’risidagi Amerika-Yapon shart­nomasi har ikki mamlakat fuqarolari hamda kom­paniyalariga bir-birlarining hududlarida tijorat faoliyati borasida teng huquqqa ega bo’lish imkoniyatini berdi. O’zaro yordam va mudofaani ta’minlash to’g’risidagi 1954-yilgi bitim yapon sanoati uchun ochilgan amerika bozoridagi iqtisodiy chora-tadbirlarga sarmoya kiritish kafolatini o’z ichiga olgan edi. Nihoyat, 1960-yilgi "O’zaro hamkorlik va xavfsizlikka kafolat" to’g’risidagi shartnoma bu ikki mamlakatning harbiy-siyosiy ittifoqi­ni rasmiylashtirishni yakunladi va Yaponiyani AQSHning Uzoq Sharqdagi kenja sherigiga aylantirdi deyish mumkin. Mazkur shartnomaga ko’ra, Amerika harbiy xiz­matchilari yapon yurisdiksiyasi nazoratidan chiqarildi va soliq hamda bojxona tekshiruvidan ozod qilindi. 1 million aholi yashaydigan Okinava oroli AQSHning Tinch okean havzasidagi doimiy harbiy-havo kuchlari bazasi bo’lib qoldi. Amerika bombardimonchilari aynan shu yerdan Vyetnam, Laos, Kampuchiya shahar va qishloqlariga bomba tashlash uchun uchar edi. Yaponiya bilan harbiy-siyosiy ittifoq tuzgan AQSH uni Sovet Ittifoqiga qarshi qayray boshladi. Amerika senati 1951-yilgi Yalta shartnomasini ratiflkatsiya qilib, uning Yaponiyaga tegishli bandlrini shubha ostiga ola boshladi. Ma’lumki, mazkur shartnomada Kurill orollari va Janubiy Saxalin Sovet Ittifoqiga berilganligi qayd qilingan edi. Shundan beri Kurill tizmasiga kiruvchi Xabomai, Shikatan, Itump va Kunashir orollari SSSR va Yaponiya o’rtasidagi doimiy qarama-qarshilik manbaiga aylandi. Shu bilan birga yapon-ameri­ka shartnomasi tuzilishi 50-yillarda Yaponiya Iqtisodi rivojlantirishning negizi bo’lib qoldi. Yaponiya Amerika bozoriga kirish imkoniyatini oldi. AQSH bozori o’ziga xos qat’iy qoidalarga ega: bu yerga keltiriladigan tovarlar eng yuqori sifatli, zamon talablariga javob beradigan va raqobatbardosh bo’lishi lozim. Yaponiya sanoati o’zini ko’rsata oldi. Hozirda amerika importining 20 foizini yapon tovarlari tashkil qiladi va boshqa birorta mamlakat amerika bozorida Yaponiya bilan raqobat qila olmaydi. Har yili Yaponiya Amerika bozoriga 100 milliard dollar­dan ortiq miqdorda tovar yetkazib beradi. Amerika bozoriga shunchalik keng kirib borganligi uchun 50-yillarning ikkinchi yarmida yapon indu­striyasini ommaviy ravishda qayta jihozlash boshlandi. Qirq yil ichida Yaponiyada ishlab chiqarishni struktu­raviy qayta o’zgartirish yakunlandi. Ilmiy-texnika inqilo­bi yuz berdi. Sanoatning barcha tarmog’i qayta jihozlan­di, dunyodagi eng ilg’or texnologiya va ilmiy yutuqlar tatbiq etildi. 1955-1970-yillar ichida yapon iqtisodiga 15 ming­dan ortiq yangi texnika patenti joriy qilin­di. Mehnat resurslarini o’zgartirishdagi siljishlar va "nou-xau"ning ommaviy import qilinishi yapon iqtiso­dining tezlik bilan oldinga chiqib olishidagi texnologiya bazasini ta’minladi. Harbiy ehtiyojlarga xarajatlar (yalpi milliy mqhsulot­ning 1 foizi) sarflanmasligi sababli Yaponiya butun ish­lab chiqarishdagi kuchini sanoatning yangi texnologik va ilmiy sohalariga yo’naltirish imkoniga ega bo’ldi. Ular ichida avtomobilsozlik sanoati muhim o’rin egallaydi. 1960-1980-yillarda yengil avtomobil ishlab chiqarish 33 baravar o’sdi. Ayni paytda mashinasozlik, radioelektro­nika, EHM ishlab chiqarish, avtomatlashtirish vositalari, aloqa sohasini jihozlash tarmoqlarida ishlab chiqarish yuqori sur’atlarda o’sib bordi. Avtomobil ishlab chiqarish bo’yicha Yaponiya 1980­ yilda jahonda birinchi o’ringa chiqib, AQSHni quvib o’tishga erishdi. Yaponiya robot texnikasi, maishiy texnika va optika, rangli televizor, videotexnika va radio­priyomniklar, magnitofon va konditsionerlar ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinni egallab kel­moqda. Ayniqsa, raqamli dasturiy boshqaruv va avtomatlashtirilgan tizimga ega stanoklar, shuningdek, robot-manipulyatorlar ishlab chiqarish juda tez o’sa boshladi. Mamlakat iqtisodining zamonaviy shart­sharoitlarga moslashishida davlat boshqaruvi muhim rol o’ynaydi. Norentabelli tarmoqlarni qisqartirish va modernizatsiyalashtirish, nisbatan raqobatbardosh kor­xonalarni tanlab olish uning strategik yo’nalishini tashkil etdi. Shuningdek, davlat korxonalarining qo’shilishini, nisbatan katta va rentabelli korxonalarni yiriklashtirishni rag’batlantirish chora-tadbirlarini ko’rdi. 60-yillar oxirida qayta tiklangan monopoliyalar pozi­tsiyasi kuchaydi. Dzaybatsular yana Yaponiyaning eng kuchli xo’jayiniga aylandi. Mitsui, Mitsibusi va Surnitomo - "katta uchlik" deb nomlanuvchi eski guruh yetakchilik qila boshladi. Biroq, 60-yillarda Rudzi, Dinti, Sanva deb ataluvchi yosh moliyaviy oli­garxiya guruhi paydo bo’ldi. "Katta uchlik" bilan bir qatorda ular yap on iqtisodida yetakchi kuchga aylanish­di. Yaponiya jahondagi eng boy yettita davlat ("yettilik") qatoridan joy oldi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish