Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi


ARAMKO - arab-amerika neft kompaniyasi (ingl. Arabian-American Oil Company



Download 0,91 Mb.
bet78/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

ARAMKO - arab-amerika neft kompaniyasi (ingl. Arabian-American Oil Company) - 1933-yilda AQSHning eng yirik neft kompaniyalari tomonidan Saudiya Arabistoni neft konlarini o’zlashtirish uchun tashkil etilgan. 1973-yil­dan Saudiya Arabistoni hukumati uning aksiyalarini asta­-sekin sotib ola boshladi va 1980-yildan ARAMKOning yago­na egasi bo’ldi.
50-yillarda mamlakat neft mahsulotlari ishlab chiqa­rishning dunyo markazlaridan biriga aylandi. Amerika neft kompaniyalari daromadlaridan olingan ajratmalar hisobiga hukumat 1945 yilda - 5 million, 1948 yilda - 50 million, 1952 yilda - 212 million dol­lar foyda oldi. Biroq daromadlarning ko’p qismi eng avvalo qirol oilasi ehtiyojlariga sarflandi. Bu hol Ibn Saudning 1953-1962-yillarda hukmronlik qilgan merosxo’ri qirol Saud davrida ham o’zgarmadi. Monarxiya chet el qarzlariga botdi, chunki ko’pincha xarajatlar neft sotishdan kelgan daromadlardan ortib ketardi. Davlat mansabdorlari oylab maosh ololmas; poraxo’rlik gullab-yashnagan edi. Mamlakatda quldorlik saqlanib qolgandi.
Ibn Saud (1880-1953) - Saudiya Arabistonining 1932-1953-yillardagi qiroli. Arabistonni birlashtirlshni "sof Islom" g’oyalariga qaytish shior ostida olib bordi. Yagona Saudiya Arabistoni asoschlsi, monarxiya boshqar­ish shakll va shariat qonunlari ustuvoriigini o’rnatdl.
Milliy­-ozodlik frontini tashkil etilib, quyidagi talablar dasturi­ni ilgari surishdi: mamlakatni ARAMKO hukmronligi­dan ozod etish, milliy sanoatni rivojlantirish, qullikni tugatish, savodsizlik bilan kurashish, monarxiya doirasi­da demokratik va konstitutsiyaviy boshqarishni o’rnatish.Biroq 1962-yilning sentyabrida qo’shni Shimoliy Yamanda bo’lib o’tgan monarxiyaga qarshi inqilob qirol Saudga ham eng jiddiy ogohlantirish bo’ldi. U yerda ag’darilgan monarxiya yerlari va saroylari musodara etilib, barcha fuqarolarning tengligi e’lon qilindi. 1962 ­yilning 26-sentyabrida Yaman Arab Respublikasi tashkil etildi. Prezident Abdulla as-Salalom imzolagan bayo­notida Arabiston yarimorolida barcha qirol va amirlar hokimiyati ag’darilishi zarurligi va bu yerda yagona Arabiston Respublikasi tashkil etilishi haqida gapirildi. Misr va Suriya Yaman inqilobini qo’llab-quvvatladi. Bu yurtga zamonaviy qo’shinni shakllantirish va yangi iqti­sodiyotni barpo etish uchun 6 ming sovet mutaxassislari yetib keldi. Saudiylar inqilobning kengayishi va uning g’oyalari­ning tarqalishiga yo’l qo’ymaslikka qaror qilishdi. Ular Shimoliy Yaman hududida qo’zg’olon uyushtirishdi. Bu yerda boshlanib ketgan fuqarolar urushi 1970-yilning apreligacha davom etdi. Inqilob ro’y berishidan qo’rquv hissi qirol Saudni mamlakatda modemizatsi­yalash va liberalizatsiyalashni boshlashga majbur etdi. 1962-yilning oktyabrida u liberal­demokratik qarashlari bilan "ajralib turuvchi akasi Feysalni mamlakatning keng vakolatIi bosh vaziri etib tayinladi, Feysal islohotlarni AQSH yordamida amalga oshirishga kirishdi. Feysalning o’n yilga mo’ljallangan modernizatsiyalash dasturi mamlakatda ayni paytda monarxiyani mustahkamlash bilan birgalikda kuchli iqti­sodiy bazani yaratishga yo’naltirilgan edi. Saud islohotlarni amalga oshirish yo’lida asosiy to’siq edi. 1964-yilning I-noyabrida Saud ruhoniy musulmon yo’lboshchilari bosimi ostida taxtdan voz keehdi va Feysal Saudiya Arabistonining yangi qiroli deb e’lon qilindi. Feysal milliy neft sanoatini barpo etishga intila bordi. ARAMKO bilan bir qatorda "Petramin" davlat neft kom­paniyasini tashkil etdi. U Amerika kompaniyalari boshqaruvchilaridan bosh boshqarmani Dahranga (Saudiya Arabistoni) ko’­chirishga, 1982-yilda 51 foiz neft konsessiyalari ishtiroki­ni davlat ixtiyoriga berish va 1999-yilda kompaniyani davlat mulkchiligiga to’liq o’tkazishga rozilik olishga erishdi. Milliy kapitalni rivojlan­tirish va xorijiy investit­siyalarni jalb etish uchun eng qulay sharoitlar yaratildi. 70-yillar o’rtalarida Saudiya Arabistonida 10 ga yaqin milliy banklar mavjud bo’lib, ular orasida eng yirigi jahon "Musulmon rivojlanish banki" edi. Qur’on ribo, ya’ni kreditlar bo’yicha foiz olishni mehnatsiz daromad sifatida man etadi. Feysal Qur’onning bu muhim qoidasiga ham yo’l topdi. Banklar qarz foizlarini to’lamaydigan va olmaydi­gan, faqat vositachilik (komission) haqini oladigan bo’ldi. Bu yangiliklar tufayli "Petramin" ko’p tarmoqli kon­sernga aylandi. Mamlakatda qishloq xo’jaligi, qayta ishlash sanoati, uy-joy va sanoat qurilishiga yordam ko’rsatish davlat jamg’armalari tash­kit etildi. Albatta, bu islohotlardan qirol oilasi eng ko’p foyda ko’rdi, uning a’zolari tadbirkorlik bilan faol shug’ullan­di, qariyb barcha banklar, vazirliklar va iqtisodiyot tar­moqlarida rahbarlik o’rinlarini egallashdi. Feysal oddiy odamlar ahvolini yaxshilash haqida ham qayg’urdi. U mehnat qilish huquqini kafolatlagan va mamlakatda yangi ijtimoiy siyosatni boshlab bergan far­monlar chiqardi. Ilg’or mehnat qonunchiligi kiritildi, ishchilar uchun arzon uy-joylar qurildi va yuqori ish haqi kafolatlandi. Feysal bepul tibbiy xizmat ko’rsatish va fuqarolarni dori-darmon bilan ta’minlagan holda ularni xorijda davolash dasturini amalga oshirdi. Mamlakatda bepul o’rta ta’lim joriy etildi. Qirol Feysal faoliyatining gultoji deb 1973-yildagi kompensatsiya evaziga ARAMKOning natsionalizatsiya qilinishini ko’rsatish mumkin, biroq barcha rahbarlik lavozimlari, imtiyoz va foydalar amerikaliklar o’zlarida qolgan edi. Qirol Feysal amalga oshirgan modernizatsiya mamlakatni mustahkamladi. Biroq bunday ishlar uning o’z umrini kafolatlay olmadi. 1975-yil 25-martda u o’z saroyida jiyani tomonidan o’ldirildi. Biroq globallashuv bilan chambarchas bog’liq bo’lgan modernizatsiya jarayoni to’xtab qolmadi. Feysaldan ke­yin hokimiyatga kelgan qirol Hamd (1975-1982) va qirol Fahd (1982-yildan) bu ishlarni davom ettirishdi. Neft Saudiya Arabistoni sodiyotining asosi hisoblana­di. U 92 foiz davlat daromad­larini, 98 foiz eksport qiymatini va 90 foiz mamlakat yalpi milliy mahsulotini beradi. 1995-yilda Saudiya Arabistoni qariyb 50 milliard dollarlik neftni chetga chiqardi va 30 milliard dollarlik tovarlarni, asosan mashinalar, oziq­-ovqat, to’qimachilik, uy-ro’zg’or mollari, kimyo mahsu­lotlari, kiyim-kechaklarni keltirdi. Mamlakat iqtisodiyoti neftdan oladigan barcha foydalarni o’zlashtira olmaydi. Shu bois, ularning bir qismi xorijiy bank va korxonalarga kiritilmoqda. Bu, Saudiya Arabistoni jahon iqtisodiyoti rivojlanishida muhim rol o’ynaydi, deganidir. Saudiya Arabistoni tashqi siyosati asosan AQSH bilan hamkorlikka asoslandi.1973-yildan boshlab Saudiya Arabistoni har yili o’z byud­jetining 10 foizini 54 musul­mon davlatlariga moliyaviy yordamga ajratadiki, mam­lakat bu mablag’larga qo’shimcha yordam bilan birga dunyoda islom mavqeini mustahkamlash uchun diniy adabiyotlar eksportini tashkil qiladi. Arab-isroil mojarosida Saudiya Arabistoni ikki­yoqlama pozitsiyaga ega. U falastinliklarning Isroilga qarshi kurashida moddiy yordam ko’rsatadi, shuningdek, Yaqin Sharq mojarosi qatnashchilari - Misr, Suriya va Iordaniyaga ham yordam beradi, ayni paytda AQSH bilan arab-isroil mojarosini hal etishda hamkorlik qiladi, amerika diplomatlarini vositachi sifatida jalb etishga arab davlatlari roziligini olishga erishgan. Bu sa’y-harakat­larning natijasi 1978-yilning sentyabrida AQSH preziden­ti J.Karter vositachiligida Isroil va Misr o’rtasida erishil­gan hamda 1979-yilning 26-martida Vashingtonda imzolangan Kemp-Devid bitimida yaqqol ko’rindi. Kemp-Devid bitimi Yaqin Sharq mojarosida biror-bir ijobiy siljishlarga olib kelmadi, biroq u AQSHning arab­-isroil munosabatlari rivojlanishida hal qiluvchi rol o’ynadi. Bundan tashqari, bitimdan keyin yuz bergan voqealar shuni ko’rsatdiki, mazkur bitim arab davlatla­rini "mo’tadillar", ya’ni Isroil bilan bitimga borishga tayyorlar (Saudiya Arabistoni, Misr, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari) va "murosasizlar"ga (Suriya, Iroq, Aljir, Liviya) parchalanishiga olib keldi. Bu parchalanish 1990-yilda Iroqqa qarshi "qo’ltiqdagi urush"da "mo’tadillar" AQSH tomonida faol ishtirok etganida namoyon bo’ldi. Misr Amerika qo’shinlari­ga yordamga 36 ming askar yubordi, Saudiya Arabistoni o’z hududiga amerika qo’shinlarini joylashtirdi, Iordaniya va Amirliklar sukut saqladi. 1996-yil boshida qirol Faxd valiahd shahzoda Abdullaga hokimiyatni topshirdi. Neftga jahon narxlari pasayishi tufayli uni sotishdan olinadigan daromadlar 40% ga tushib ketdi. Mamlakatda iqtisodiy tushkunlik boshlandi. 2001-yil 11-sentyabr voqealaridan so’ng Saudiya Arabistoni va AQSH o’rtasidagi munosabatlar yomonlashdi. 15 terrorchi Saudiya Arabistoni fuqarolari bo’lib chiqdi. Oliy diniy arboblar islom ekstremizmi va terrorizmni qo’llab-quvvatladilar. Mamlakat ikki guruh­ga - AQSH yo’nalishidagi tarafdorlar va Ularing raqib­lariga bo’linib ketdi, ular o’rtasida keskin kurash davom etmoqda.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish