Falastin Ozodlik tashkiloti (FOT) - 1964 yilda tashkil topgan. 1969 yildan Yosir Arofat FOT raisi etib saylandi. Isroil va g’arb davlatlari arab mamlakatlarida ro’y berayotgan voqealarni kuzatlb turdl va uning keyingi rivojiga ta’sir ko’rsatishga qaror qildi. Isroil 10 yil yangi urushga tayyorlandi. AQSH tomonidan ko’rsatilgan harbiy yordam ulkan armiya tuzishga imkon berdi. 1967-yil 5-iyunda Isroil qo’shinlari Iordaniya, Suriya, Misrga zarba berdi, Isroil aviatsiyasi esa Iroq harbiy bazalarini bombardimon qildi. Misr qo’shinlari fronti bo’lib tashlandi va 5 kun ichida Sinay yarimorolini kesib o’tib yana Suvaysh kanaliga chiqib oldi hamda o’sha kuniyoq Quddusni egalladi. 6 kun ichida Isroil harbiy harakat natijasida o’z hududidan uch barobar ko’p joyni bosib oldi. Endi arablar bilan "kuch nuqtai nazaridan" gaplashib olish mumkin edi. Isroil hukumati agar Isroil davlati tan olingan taqdirdagina bosib olingan hududlarni qaytarib berish shartini qo’ydi. Ayni paytda isroilliklar matbuotida xavfsizlik kafolatlangan chegarani tashkil qilish to’g’risida, ya’ni bosib olingan arab mamlakatlari hududi, shuningdek, qadimgi Iudeiya va Isroilning tarixiy chegaralari haqida ftkr-mulohazalar paydo bo’la bordi. Arablar uchun ushbu "oIti kunlik urush" (1967 -yil iyundagi Isroil agressiyadan so’ng shunday nomlana boshlandi) ular tarixidagi eng jiddiy mag’lubiyat edi. 200 ming arab Iordaniyaning g’arbiy qirg’oqlarini tark etdi. 100 ming nafar suriyalik Isroil va Suriyani ajratib turuvchi Golan tepaliklaridagi turar joylarini tashlab ketdi, 300 mingta misrlik esa Sinay yarimorolidan qochib ketishga majbur bo’ldi. Arab mamlakatlarida siyosiy hamjihatlik shakllana boshladi. 1967-yilning avgustida Sudan poytaxti - Xartumda arab mamlakatlari rahbarlari uchrashib, "uchta yo’q" deb nomlanuvchi umumiy platformani qabul qildi: ya’ni, Isroil bilan muzokaraga bormaslik; uni tan olmaslik; u bilan bir tomonlama tinchlik sulhini tuzmaslik. Bu shartlar agar Isroil Falastin xalqining o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini tan olsa va uning hududidan o’z qo’shinlarini olib chiqib ketgan taqdirdagina bekor qilinishi mumkin edi. Xartum shahrida Quvayt va Saudiya Arabistoni eng boy arab mamlakatlari sifatida Misr va Iordaniyaning urushdagi zararini qoplash hamda ularga kelajakda ham moliyaviy yordam berish majburiyatini oldi. Isroil "sovuq urush"da G’arbning asosiy quroliga aylandi: u deyarli o’n yil davomida sovet harbiy mutaxassislari tomonidan yaratilgan uchta arab davlati qo’shinlarini yakson qildi. Sovet Ittifoqi tomonidan o’n yil davomida Misr va Suriyaga yetkazib berilgan deyarli barcha texnika Isroil tomonidan qo’lga kiritildi. G’arb davlatlari Isroilga ko’rsatadigan yordamini kuchaytirdi. 1969-yildan 1979-yilgacha - o’n yil davomida Isroil turli manbalardan zayom yoki xayriya shaklida 20 milliard dollar miqdorida yordam oldi. U Falastindan arablarni quvib chiqarish kompaniyasini boshlab yubordi. Quddus Isroil davlatining poytaxti deb e’lon qilindi. Vaholanki, u musulmonlar uchun ham, provaslav xristianlar va katoliklar uchun ham birday muqaddas shahar sanalardi. Yangi bosib olingan joylarga ommaviy ravishda yahudiylar ko’chib kela boshladi. Faqat bir yil ichida Golan tepaliklarida 38 ta, G’azo mintaqasida 11 ta yahudiy aholi punktlari qurildi. Yahudiylar turar joylari ayniqsa, Sinay yarimoroli va Iordaniyaning g’arbiy qirg’oqlarida qurildi. Arab dunyosida katta o’zgarishlar yuz berdi. 1973-yilgi urush Sunya va Iroqda hukumat tepasiga Xartum deklaratsiyasini hayotga tadbiq etish uchun yangi rahbarlar keldi. 1970-yildan harbiy-havo kuchlarining sobiq zobiti HafIz Asad Suriya prezidenti etib, Iroqda esa bronetank qo’shinlarining sobiq zobiti Hasan al-Bakir davlat rahbarligiga saylandi. Har ikki davlat 1972-yilda Sovet Ittifoqi bilan do’stlik to’g’risidagi shartnoma imzoladi. Falastin qarshiligi harakati ham kuchaydi. FOTda Y. Arofat qo’mondonligidagi 15 mingga yaqin yaxshi harbiy tayyorgarlikka ega jangchilar yig’ildi. Ayni paytda arab dunyosi katta judolikka uchradi: 1970-yilda ozodlik uchun kurashchi Misr prezidenti Kamol Abdul Nosir vafot etdi. Uning o’rnini sobiq vitse-prezident Anvar Sadat egalladi. Arab mamlakatlari rahbarlari 1967-yilda boy berilgan yerlarni qaytarib olish uchun harbiy harakatlarni boshlashga qaror qildi. 1973-yil 6-oktyabrda Suriya va Misr qo’shinlari Isroilga hujum boshladilar. Iordaniya urushda ishtirok etmadi, ammo Marokash qo’shinlari misrliklar armiyasi safIda turib o’zlarini ko’rsata olishdi. Urush 1973-yil 23-oktyabrda tugadi. Isroil birinchi marta mag’lub bo’ldi. AQSH, SSSR, Misr, Isroil va Suriya ishtirok etgan Jeneva Xalqaro konferensiyasida ushbu mamlakatlar qurolli kuchlarini BMTning tinchlik o’rnatuvchi kuchlari bilan ajratib qo’yish haqida qaror qabul qilindi. Bu arablarning ilk g’alabasi bo’ldi. Shu bilan birga arab xalqlarining ma’naviy va jismoniy kuchi o’sdi. Ular zamonaviy sovet qurollari va harbiy mutaxassislari yordamida urush olib borishni o’rganib olgan edi. FOT obro’-e’tibori kuchaydi. 1974-yil oktyabrda arab mamlakatlari rahbarlari yig’ilishida FOT Falastindagi arab xalqlarining yagona vakili sifatida tan olindi. Oradan bir oy o’tgach, Y.Arofat BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida so’zga chiqdi. Unda ikkita tarixiy qaror qabul qilindi. Bu qaror mohiyati FOTga BMTdagi nazoratchi maqomini berish va Falastin arab xalqlarining mustaqilligini hamda Ulari o’z tarixiy yerlariga qaytish huquqini tasdiqlashdan iborat edi. Isroilning jahon maydonidagi obro’sini saqlab qolish maqsadida AQSH va g’arb davlatlari uni arab mamlakatlari bilan yarashtirish bo’yicha diplomatik kompaniyani boshlab yubordi. Ular bu o’rinda o’zining g’arbparastlik qarashlari bilan tanilgan Misr. prezidenti A Sadatdan foydalanishdi. Ushbu davrda AQSH Misrga Isroil bilan yarashtirishga harakat qilishi uchun avans sifatida bir qator yordam ko’rsata boshladi. Masalan, 1967-yildan buyon katta ziyon ko’rganligi uchun yopib qo’yilgan Suvaysh kanalini tozalashga ko’mak berdi. Sinay yarimoroli qisman bo’shatib qo’yildi. Misr mamlakat energetikasi uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi Abu Rudada neft konlariga-ega bo’ldi. A. Sadat Isroil bilan muzokaraga kirishdi va 1979-yil 26-martda Kemp Devidda (AQSH) o’zaro bitim imzolandi. Unga ko’ra Isroil 1982-yil apreligacha Sinay yarimorolidan o’z qo’shinlarini olib chiqib ketish majburiyatini oldi. Shundan so’ng Misr va Isroil diplomatik aloqalarni o’rnatishi, AQSH esa har ikki mamlakatga iqtisodiy yordam ko’rsatadigan bo’ldi. Arablar A Sadatning bu xoinligini kechirmadi. 1981 yil 6-oktyabrda Qohiradagi harbiy parad paytida u o’ldirildi. Iordan daryosining chap qirg’og’ida va G’azo mintaqasida falastinliklar g’alayoni boshlanib ketdi va bu 10 yil davomida tinmadi. Suriya va Iroq ham yangi qurolli to’qnashuvga tayyorgarlik ko’ra boshladi. Lekin endilikda Saudiya Arabistoni, Quvayt, BAA, Ummon kabi boy arab davlatlari qurolli to’qnashuvlarda ishtirok etishni xohlamas edi. Ular yarashuv yo’lini tanlashdi: g’arb mamlakatlariga o’z sarmoyalarini kiritib, neft savdosidan katta daromad ola boshladi va shu bois tavakkal qilishni xohlamas edi. Isroilga qarshi kurash tashabbusini 1979-yilda Iroq prezidentligiga saylangan Saddam Husayn o’z bo’yniga oldi - 1990-yilga kelib u ulkan qo’shinga ega edi. Iroq o’z harbiy xarajatlarini Quvayt hisobidan qoplash yo’lini o’ylab, uning hududiga kirib ehtiyotsizlik qildi. AQSH esa bundan foydalanib, "Cho’ldagi to’fon" deb nomlangan harbiy operatsiyani boshlab yubordi. Iroq qo’shini mag’lubiyatga uchradi. Iroq rejimining batamom tugatilishidan Sovet Ittifoqi saqlab qoldi. Birorta arab davlati Iroqni himoya qilib chiqmadi. Saudiya Arabistoni va Quvayt esa hatto AQSHning harbiy xarajatlarini saxiylarcha qopladi. Ulardan olingan pullar (20 milliard dollar) Isroilga berildi. Arab davlatlari birligi shu tariqa vemirildi. 1991-yilda AQSH tashabbusiga ko’ra, FOT va Isroil o’rtasida Yaqin Shasq muammosini hal etish shartlari to’g’risidagi jadal muzokaralar jarayoni boshlandi. 1993-yil 13-sentyabrda Vashingtonda prezident B.Klinton yordami asosida Y. Arofat va Isroil bosh vaziri Ishoq Rabin (1928-1995) o’rtasida o’zaro bitim (Tamoyillar deklaratsiyasi) imzolandi. Unga ko’ra Isroil qo’shinlarining G’azo va Ierixon mintaqasidan olib chiqib ketilishi hamda u yerda milliy Falastin ma’muriyati tashkil etish ko’zda tutilgan edi. 1994-yil 13-mayda Isroil qo’shinlarini Ierixondan (Iordaniyaning g’arbiy qirg’og’i) va 18-mayda G’azo mintaqasidan olib chiqib ketdi. FOT va Isroil yarashuvi uchun birinchi qadamlar qo’yildi. 1994-yil 25 iyulda Vashingtonda Iordaniya va Isroil urushining tugaganligi to’g’risida Deklaratsiya imzolandi. 1994-yil oktyabrda FOT va Isroil rahbarlarining Yaqin Sharq muammosini hal etishdagi xizmati tan olinib, Yosir Arofat, Shimon Peres va Ishoq Rabinga Nobel mukofoti berildi. 1994-yil oktyabrda Iordaniya va Isroil shartnomasi lmzolandi va ushbu davlatlar o’rtasidagi 46 yil davom etgan urushga chek qo’yildi. Falastin rahbarlari bilan tinchlik shartnomasining imzolanishi Isroil ichki siyosatida kurashni kuchaytirib yubordi. 1994-yilda G’azo mintaqasi va Ierixon rayonida Falastin avtonomiyasining tashkil qilinishi Isroilda ikkita siyosiy lagerni vujudga keltirdi. I.Rabin yetakchiligidagi Mehnat partiyasi shartnomaning barcha bandlarini so’zsiz bajarish tarafdori edi. Binyamin Netaniyaxu (1947-yilda tug’ilgan) rahbarligidagi Likud milliy partiyasi esa Isroilning shartnomada qayd etilgan hududlardan, hatto Suriyaga tegishli Golan tepaligidan qo’shinlarni olib chiqib ketganligidan norozi bo’lishdi. Bu ikki partiya qarama-qarshiligi kuchaygandan kuchayib bordi. 1995-yil 4-noyabrda Tel-Avivda bosh vazir I.Rabin o’ldirildi. Bu hol Falastin bilan tinch munosabatlar jarayoniga tahdid solish bilan teng edi. Mehnat partiyasiga endi tajribali siyosiy va davlat arbobi Shimon Peres (1923-yilda tug’ilgan) boshchilik qila boshladi. 1996-yilgi saylovlarda B.Netaniyaxu bir oz ustunlik bilan g’alaba qozondi. B.Netaniyaxu hukumat tepasida ko’p turmadi. Unga qarshi sud ishlari tashkil qilindi, tovlamachilikda ayblandi. 1999-yil sentyabrida iste’foga chiqishga majbur bo’ldi. 1999-yil oktyabrdagi saylovlarda Mehnat partiyasi yetakchiligida koalitsiya g’alaba qozondi. Isroil qo’shini Bosh shtabining sobiq boshlig’i Yohud Barak bosh vazir etib saylandi. Uning koalitsiya hukumati katta qiyinchiliklarga duch keldi. Bitimga ko’zda tutilgan hududlarni falastinliklarga berishga bo’lgan ilk harakat ushbu yerlarda yashovchi yahudiy aholi bilan to’qnashuvga olib keldi. 2001-yil fevralda hukumatga falastinliklarga nisbatan qat’iy pozitsiyasi bilan ma’lum bo’lgan Ariel Sharon keldi. 2001-yil mayida u Isroilning yangi bosh vaziri bo’ldi. U milliy birlik hukumatini tuzdi va tashqi ishlar vaziri lavozimiga Shimon Peresni taklif qildi. A.Sharon falastinliklarga qarshi qattiq holatni tutdi. 2002-yil dekabrda Yaqin Sharq jarayonining asosiy ishtirokchilari (AQSH, Rossiya, BMT va YeHga kiruvchi mamlakatlar) Vashingtondagi konferensiyada AQSH taklif etgan va "yo’l xaritasi" deb nomlangan Yaqin Sharq inqirozini bartaraf etish rejasini qabul qildi. Uning mohiyati 2005-yilga qadar Falastin davlatini shakllantirishni o’z ichiga oladi. Isroil bunga javoban bo’lg’usi davlat atrofida Iordan daryosi g’arbiy qirg’og’ida "xavfsizlik devori"ni barpo etishini bildirdi. Uning balandligi 8 m va uzunligi 650 km qilib belgilangan. Jahon jamoatchiligi va BMT Xavfsizlik kengashi Isroilning xatti-harakatini "noqonuniy anneksiya" ("anneksiya" "bosib olish") sifatida qoraladi. 2004-yil Isroilda ikkala tomon uchun yuzlab qurbonlar bo’lgan yangi xunrezliklar bilan boshlandi.