Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi


KUBA XX ASR IKKINCHI YARMIDA



Download 0,91 Mb.
bet85/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

KUBA XX ASR IKKINCHI YARMIDA
1959-yil 1-yanvarida F. Kastro, va ukasi Raul Kastro, E. Che Gevara va Kamilla Senfuegos boshliq millatparvar kuchlar Gavanaga kirdi va Kubani AQSH tamaki plantatsiyasiga aylantirgan general R.F.Batistaning AQSHparast tuzumini ag’dardi.
Che Gevara Ernesto (1928-1967) – 1956 yil Kuba inqilobining faol qatnaschisi. Kuba milliy banki prezidenti va Milliy sanoat vaziri. 1966-1967 yillarda Boliviyada partizanlar harakatiga rahbarlik qilgan, asir olinib o’ldirilgan.
Mamlakat hukumatiga Fidel Kastro boshchilik qildi. Hukumatning bi­rinchi katta tadbiri yirik zamindor xo’jaliklarini bar­taraf etgan agrar islohot bo’ldi. Aholining turmush darajasi oshdi, mam­lakatda bepul tibbiy xizmat amalga oshirildi va o’n yil­dan so’ng Kuba aholisining barchasi savodli bo’lgan birinchi Lotin Amerikasi mamlakati bo’ldi. Shakarqamish yetishtirish rekord darajasiga yetdi (8 million tonna) va bu hukumatga iqtisodiy o’zgarishlarni boshlashga imkon berdi. 20 yil ichida elektroenergiya ishlab chiqarish 5 marta oshdi, metallurgiya, mashina­sozlik kabi sanoat tarmoqlari paydo bo’ldi. Kuba avto­buslar, radio va televizorlar ishlab chiqarib, kemasozlikni ham rivojlantira boshladi. AQSHning hukmron doiralari inqilobni iqtisodiy jazolar orqali bo’g’ib tashlashga urindi, ular amerika kompaniyalariga Kubadan shakar sotib olishni man etishdi, unga neft va oziq-ovqat sotishni taqiqlashdi. 1961-yilda AQSH Kuba bilan diplomatik munosabat­larni uzdi va qurolli bostirib kirishni tashkil etdi. 1962­yilning oktyabrida orol yirik harbiy-dengiz kuchlari, har­biy-havo, dengiz piyodalari, yordamida to’liq o’rab olindi. Dunyo termoyadra urushi yoqasiga kelib qoldi. Bu davr "Karib inqirozi" nomini oldi. Diplomatik muzokaralar natijasida kelishuvga erishildi. Markazlashgan ma’muriy­buyruqbozlik iqtisodiyoti tizimining yaratilishi mam­lakatning iqtisodiy rivojlanishiga ancha zarar keltirdi. Amalda xususiy sektor yo’q qilindi va bozor munosabat­lari asoslari yemirildi. Mamlakatda oziq-ovqat va eng zarur buyumlar yetishmovchiligi sezildi, me’yorlangan ta’minot kiritildi, tashqi qarz oshdi. 1993-yilda kubaliklarga xususiy korxona ochish va chet el valyutasini sotib olishga ruxsat berildi. Iqtisodiyotning turistik sohasiga chet el mablag’i faol jalb etila boshladi. 2002-yil iyundagi referendumda kubalik­laming 99% konstitutsiyaga sotsialistik tizim "daxlsiz" deb e’lon qilinishini kiritish uchun ovoz berishdi. Kuba iqtisodiyoti tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Kuba Lotin Amerikasidagi inqilobiy o’zgarishlar jara­yonining faqat boshi bo’ldi. Panamada . 1968-yilning oktyabrida general O.Torrixos Errero boshchiligida vatan­parvarlik kayfiyatidagi harbiylar hokimiyat tepasiga keldi. Bu joyda agrar va soliq islohotlari o’tkazildi. Qariyb bir paytda Peruda davlat to’ntarishi natijasida hokimiyatga vatanparvarlik kayfiyatidagi harbiylar keldi. Ular xorijiy monopoliyalar qo’lida bo’lgan neft konlari va ayrim tog’-kon korxonalarini natsionalizatsiya qilishdi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish