JAHON TARIXI-7.
8-DARS
8.3. MAVZULASHTIRILGAN TESTLAR
36-§. Mo‘g‘ullar davlati
1. Mo'g'ul qabilalari qadimdan qayerlarda yashab kelgan?
1) Shimoliy Sibir; 2) Manjuriya; 3) Mo'g'uliston; 4) Janubiy Sibir; 5) Shimoliy Xitoy; 6) Oltoy.
A) 1,3,5
B) 2,4,6
C) 1,5,6
D) 2,3,4
2. Mo’g’ullarning ko'pchiligi nimalar bilan shug’ullangan?
A) baliqchilik va savdo
B) ko'chmanchi chorvachilik
C) termachilik va ovchilik
D) savdo va hunarmandchilik
3. O`rmonda yashagan mo`g`ul urug`lari nimalar bilan kun kechirgan?
A) ovchilik va baliqchilik
B) chorvachilik va ovchilik
C) dehqonchilik va hunarmandchilik
D) baliqchilik va chorvachilik
4. Shomonlik e`tiqodi asosini nima tashkil etadi?
A) yovuz va ezgu ruhlarga, ularning inson hayotiga ta'sir ko'rsatishiga ishonish
B) qurbonlik qilish mushkullarni osonlashtirishiga ishonish
C) ajdodlar ruhiga e`tiqod qilish va ularga qurbonlik qilish
D) jonsiz narsalarning omad olib kelishiga ishonch
Do'stlaringiz bilan baham: |