10. Quyidagilarni ularning ma`nolari bilan moslashtiring.
1) chingiz; 2) ulus.
a) davlat; b) kuchli; c) toza; d) xalq; e) odamlar; f) qudratli.
A) 1-a,d,e; 2-b,c,f
B) 1-b,f; 2-a,c,d,e
C) 1-a,b,f; 2-c,d,e
D) 1-b,c,f; 2-a,d,e
11. Nima maqsadda Chingizxon Qoraqurum qal'asini o'z davlatining poytaxtiga aylantirgan?
A) mamlakatni markazlashtirish maqsadida
B) o`z qo`shinlarini saqlash uchun joy ajratish maqsadida
C) Qoraqurumning unga meros bo`lib qolganligi uchun
D) Qoraqurum shahrining mavqeini kuchaytirish maqsadida
12. Mo’g’ullarda qo'shin kimlar tomonidan boshqarilgan?
A) yuzboshi, solor, sipohsolor
B) mingboshi, sarxang, sohibi shurat
C) tumanboshi, og’ilboshi, mirixazora
D) yuzboshi, mingboshi, tumanboshi
13. Mo'g'ullarning sevimli quroli nima bo’lgan?
A) kamon
B) qilich
C) nayza
D) sovut
Do'stlaringiz bilan baham: |