3-Ma’ruza. Blokli markazlashtirish tuzilmasi. Reja: 1.Blokli va panelli tipdagi EM haqida tushuncha 2.Unifikatsiyalashgan elektr markazlashtirish tavsifi
Тoshkent-2022 y.
ЦНИИ – МПС da unifikatsiyalanmagan tipdagi blokli tizimlarning uch xil ko’rinishi ishlab chiqilgan edi.
Ulardan birinchi ko’rinishi blokli rele-odimli markazlashtirish nomini olib, chunki unda elementlar bazasi sifatida ko’p pozitsiyali odimli relelar qo’llangan edi. Tizim tomonidan strelkalar va svetoforlarni alohida (alfavitli) boshqarish usulidan foydalanish ko’zda tutilgan.
Uning ikkinchi ko’rinishi blokli releli markazlashtirish nomini oldi. U birinchi shaklli elementlari bazasi bilan farqlanib, unda baza sifatida ikki pozitsiyali elektromexanik relelar qo’llanilgan.
Uchinchi ko’rinishi esa blokli marshrutli markazlashtirish deb nomlangan. U ikkinchi ko’rinishli markazlashtirishdan boshqarishning marshrutli usulidan (alfavitdan) foydalanishni ko’zda tutganligi bilan farq qildi.
Umuman olganda aррaraturalarni bloklarga komponovkalashning geografik tamoyili quyidagi kamchiliklarga ega:
Umuman olganda aррaraturalarni bloklarga komponovkalashning geografik tamoyili quyidagi kamchiliklarga ega:
a) keng ko’lamli namunaviy bloklar assortimenti har bir tipdagi blokka bo’lgan yillik ehtiyojni keskin tushirib yuboradi;
b) ko’p sonli avtomatlarni bir blokka birlashtirish uning gabaritlari va og’irligini keskin oshirib, bu ekspluatatsiya sharoitlarida noqulayliklar keltirib chiqaradi.
Releli markazlashtirish tizimini qurishda ikki asosiy tamoyildan foydalaniladi:
Releli markazlashtirish tizimini qurishda ikki asosiy tamoyildan foydalaniladi:
- bog’liqliklarni marshrutlar jadvaliga binoan tashkillashtiradigan erkin montaj qilish tamoyili (jadvalli tamoyil);
- geografik (blokli) tamoyil; uning asosida har bir topologik element (strelka, svetofor, seksiya) uchun relelar guruhini namunaviy bloklarga birlashtirish yotib, ular keyinchalik stansiyaning yo’llari tarmoqlanish rejasiga binoan standart kabellar yordamida birlashtiriladi
БМРЦ tizimining o’ziga xos xususiyati tizim bloklarining ikki guruhga ajratilganligi:
- terish guruhi (ishlash xavfsizlik talablar taqdim etilmaydigan bloklar);
- ijro etuvchi guruh (xavfsizlik talablariga javob berishi shart bo’lgan bloklar).
Terish va ijro etuvchi guruhlar bloklari o’zaro stansiya rejasiga binoan birlashtiriladi.
Terish guruhi relelarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - operatorning marshrutni o’rnatish (belgilash) harakatlarini qayd etib borish;
- marshrut toifasini (manevr yoki poyezd) va uning yo’nalishini (juft yoki toq) belgilash;
- marshrut trassasini aniqlash va u bo’yicha strelkalarni o’tkazish vazifasini shakllantirish;
- strelkalar haqiqiy holatining berilgan marshrutga muvofiqligini nazorat qilish.
Ijro etuvchi guruhi relelarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: