Kiniklar stoitsizmi odamlarni foydasiz isyondan ko’ra, tinch-totuv, osoyishta, tabiat qonunlariga monand yashashga undasa, ellinlar stoizmi esa faqat tarki dunyo qilish emas, balki burch va xarakterni tarbiyalashni ham muhim jihatlar sifatida ko’zdan kechiradi.
Masalan, Kinik Diohen Siporskiy bochkada yashagan va tabiiy narsalarni madh etib, sun’iy narsalarni qoralagan. Iskandar Zulqaynayn Diogen haqida shunday degan ekan: “Shoh bo’lmaganimda, Diohenning o’rnida bo’lar edim”. Unga atab vatandoshlari ko’plab misdan ishlangan yodgorliklar bunyod etishadi. Faylasuf tug’ilib o’sgan shahar-Sinopda tiklangan ana shunday yodgorliklardan birida quyidagi mazmundagi yozuvni o’qish mumkin: “Diohen! Yillar to’foni tosh va bronzalarni ham emirib tashlaydi. Ammo sening mangu qolajak. Sen bizni qanoat qilishga o’rgatding hamda baxtga elituvchi yo’lni ko’rsatding”.2 Bundan ko’rinib turibdiki, kiniklar stoitsizmi vakillari odamlarga jamiyatdagi qiyinchilik va ijtimoiy etishmovchilik oldida dovdirab qolmaslik hamda boriga qanoat qilib yashash g’oyasini ilgari suradilar.
Stoitsizm asosan oliy tabaqaning mafkurasiga aylangandan so’ng o’zgarishda davom etdi. Stoiklarning burchning muhimligi va xarakterni tarbiyalash haqidagi g’oyalari, shuningdek, barcha uchun umumiy hisoblangan qonunlarga bo’lgan ishonchlari Rimdagi oliy tabaqa vakillarini o’ziga tortdi va ular oxir
1. F. Muxiddinova. “ Siyosiy va xukukiy taьlimotlar tarixi ”. T. 2003 y. 62 – 63 – betlar. 2. Xakikat manzaralari 96 mumtoz faylasuf . T. «Yangi asr avlodi » 2007 y. 84- bet.
oqibatda stoitsizmni Rim imperiyasining o’ziga xos mafkurasiga aylantira-
dilar. Rim stoiklari greklarning siyosiy tushunchalarini rivojlantirdilar. Ularning fikricha, barcha odamlar qonun oldida tengdilar.
Rimning mashhur notig’i va davlat arbobi Mark Tulliy Tsetseron o’zining “Davlat to’g’risida” asarida stoiklarga xos siyosiy-ijtimoiy qarashlarini ifoda etgan. Tsetseronning fikricha, davlatning mohiyati xalqning xizmatida bo’lishdan boshqa narsa emas. Davlatning paydo bo’lishi kishilarning tug’ma, birgalikda yashash zaruriyatidir. Davlat tuzilishi haqida Tsitseron uch xil shaklni ko’rsatib o’tadi: monarxiya, aristokratiya va demokratiya. Biroq uning fikricha, ularning hech biri mukammal emas. Shuning uchun, tarixda tez-tez davlat tuzimi almashinib turadi. Tsetseron buning oldini olish uchun yuqoridagi uch davlat shakllariga xos xususiyatlarni o’zida mujasslashtirgan va nisbatan barqaror xususiyatga ega to’rtinchi davlat shakli zarur, deb ko’rsatadi. Ammo bu davlat shakli qanday ko’rinishga ega bo’lsa ham, fuqarolar o’rtasida o’zaro tenglik va ijtimoiy adolatga asoslangan bo’lishi kerak. Tsetseronning fikricha, davlat rahbari eng etuk, yuksak fazilatli fuqaro bo’lishi kerak.