mavzu: Xristianlik mafkurasining vujudga kelishi.
Reja:
Xristian ta’limotining paydo bo’lishi asosiy aqidalari va mafkuraviy funktsiyalari. Cherkov institutining qaror topishi va Xristian ideologiyasining rasmiy hokimiyat bilan kelishuvchanligi.
Avreliy Avgustinning teokratik ta’limoti va xristian davlati.
Xristian mafkurasining yo’nalish va oqimlari
Xristian ideologiyasi taraqqiyotida erkinlik g’oyasining ahamiyati.
1- masal. Xristian ta’limotining paydo bo’lishi asosiy aqidalari va mafkuraviy funktsiyalari. Cherkov institutining qaror topishi va Xristian ideologiyasining rasmiy hokimiyat bilan kelishuvchanligi.
Xristianlik ( yunoncha «Xristos» , - xudo yorlakagan iakil, xaloskor ), milodning I asr boshida Falastinda paydo bo’lgan. Uning paydo bo’lishi Falastindagi kichkinagina Iduey kishlog’ida (Vifleem deb ataladi bu qishloq) yashovchi duradgor Iosif va uning xotini Maryamdan dunyoga kelgan Isus nomi bilan bog’liqdir.
Xristianlik ham boshqa dinlar singari kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichida, ijtimoiy hayot sohasida ro’y bergan o’zgarishlarning diniy qarashlar sohasida ifodalanishi sifatida paydo bo’lgan. Tarixiy dalillar shuni isbotlaydiki, Rim quldorlik imperiyasi emirila boshlagan, feodal munosabatlar endigina shakillanayotgan bir vaqtda xristianlikning dastlabki kurtaklari paydo bo’lgan. Milodning dastlabki kunlarida ulkan Rim saltanatida uzoq yillar hukm surib kelayotgan quldorlik munosabatlarining inqirozi kuchayadi. Hukmdorlik quroli bo’lgan quldorlik munosabatlarining inqirozi mamlakatning nafaqat iqtisodiy, ayni paytda siyosiy hayotida ham o’zining yaqqol ifodasini topdi.
Biroq, Rim imperiyasi har qanday oshkora chiqishni bostirish uchun hali etarli kuchga ega edi. Azob-uqubatlar chekayotgan va ezilayotganlarning ojizligi ularni diniy tasalli axtarishga olib keladi. Kishilar boshidan kechirayotgan mislsiz azob-uqubatlar, zulm olami “bag’ritosh dunyoning qalbi”ga aylana oladigan yangi din uchun qulay vaziyatni yuzaga keltiradi.
Hukmron tabaqalar imperiya inqirozining oldini olishga harakat qilib, yangi-yangi hududlarni bosib olishni davom ettirganlar. Mazlumlarni ezishni yanada kuchaytirganlar. Biroq, bular imperiyani yanada holdan toydirgan, xolos. Chunki yangi hududlarni bosib olish, ularni va mazlumlarni doimo itoatda tutish uchun katta mablag’ talab etar edi.
Bundan tashqari, mahalliy an’analar va diniy qadriyatlarni inkor etadgan ajnabiy hukmronlikdan norozilik, Rimga qarshi qo’zg’alonlarning bostirilishidan vujudga kelgan umidsizlik, ijtimoiy va mulkiy tabaqalanishning o’sib borishi, ichki ziddiyatlarning kuchayishi ishonchsizlik loqaydlik, mistik kayfiyatlarni keltirib chiqardi.
Mazlumlar kurash yo’li bilan o’z zolimlari zulmidan ozod bo’lishdan umidlarini butunlay uzib qo’ygan edilar. Ularga hatto imperiya dini ham madad beraolmagan. Chunki imperiya rasmiy iudaizm diniy e’tiqodi qullikni mustahkamlashga qaratilgan aqidalarga asoslangan bo’lib, hech bo’lmasa u dunyoda yaxshi yashashni ham va’da qilmagan. Ana shunday murakkab bir paytda insonlarni asriy zulmdan ozod etish goyasi bilan boglik yangi g’oya - xris stianlik g’oyasi paydo buldi.
Dastlabki davrda Iso izdoshlari o’zlarini xristianlar va ta’limotlarini xristian deb ataganlar bu nom dastlab ularga qarshi tamondan haqorat sifatida xam qo’llanilgan.
Xristianlik ta’limoti mafkurasi uning muqqadas kitobi “Bibliya”da o’z ifodasini topgan. «Bibliya»-grekcha-«kitob» demakdir. Uning asosini iudaizm ta’limoti tashkil etadi. Xristianlik paydo bo’lmasdan oldin yaratilgan “Eski Ahd” (Tavrot) va xristianlik bilan bog’liq bo’lgan ikkinchi qismi “Yangi Ahd” (Injil) Bibliyaning yaratilishiga asos qilib olingan.
Bibliyada Isoning dunyoga kelishi va uning olib borgan targ’iboti hamda odamlar tamonidan jazolanishi voqealari aks etgan. Insonning hayoti bilan bog’liq voqealar asosida odamzod Xudoning oldida zaif mavjudod ekanligi, dunyoning yaratuvchisi-xudoning qudrati, uning odilligi va oxiratda barcha yaxshi va yolg’on amallarning hisob-kitobi borligi xakidagi g’oyalar ushbu kitobda o’z ifodasini topgan.
Xristian taьlimotining asosiy mafkurasini insonlarni zulmdan ozod qilish haqidagi “haloskorlik” g’oyalari tashkil etadi. Umidsizlik kayfiyatidagi, tushkunlik xolatidagi millionlab qullar xristian dinining haloskorlik g’oyalariga maxliyo bo’ldilar. Shu ma’noda xristian dini (xaloskorlik dini) dastaval qullarning dini sifatida paydo bo’lganligini ta’kidlamoq kerak.
Frantsuz tarixchisi Sharlь Enshel bunday degan edi: “Spartak mag’lubiyatga uchraganligi tufayli Iso g’alaba qildi”.
Iso haqida rivoyatlarning Rim imperiyasidagi tushkunlikka uchragan qullar orasida keng taraqaganligining ma’lum sabablari ana shular edi.
Vaqtlar o’tishi bilan bu din xukmron tabaqalar diniga ham aylana borgan. Buning albatta sabablari bor edi: birinchidan imperiya zaiflasha borgan sari hukmron doiralar (imperatorlar) Rim imperiyasi xalqlarini bo’lib, ajratib yuboradigan emas, ularni birlashtiradigan, bir-biriga yaqinlashtiradigan goyalarga muxtojlik seza boshladilar. Imperator Konstantin bu dinni qabul qildi va Rim dunyosining mutloq hukumdorimi darajasiga ko’tarilishi uchun ham 324 yilda xristianlikni davlat dini deb e’lon qildi. 325 yilda Konstantinning ko’rsatmasi bilan jahon xristianlarining birinchi yig’ini-Nikey sobori chaqirilgan. Bu soborda episkoplar va iloxiyotchilar xristianlikning asosiy aqidalarini tasdiqlaganlar. Xristianlik aqidala-
1. Falsafa komusiy lugat. T. « Shark ». 2004 y. 443 – bet.
rini tasdiqlash 451-yilgacha davom etgan. Buning uchun uch marta (381,431,451 y.) Xristianlar soborlari chakirildi. Shu tariqa cherkov qonun-qoidalari yozilgan kitoblar qabul qilingan hamda cherkov tashkiloti tugal holga keltirilgan. Xristian cherkovi endi davlatning rasmiy chekovi, deb e’tirof etildi. Cherkov Rim imperatorini xudo yarlaqagan, deb e’lon qilgan va dunyoviy podsho cherkov yordamida xudoning noibiga aylangan. Xristianlik diniy ta’limot sifatida asosan quyidagi goyalardan iborat:
Xudo muqqadas uchlikda (troitsa) namoyon bo’ladi.Ya’ni, xudo uch qiyofali, lekin yagonadir. Bu degani, xudo-Ota, Xudo-O’g’il, Xudo-muqqadas Ruhdan iboratdir. Biroq, bu uch qiyofali Xudolar Ayni paytda shaxslarga ko’ra farq qiladilar. Masalan, xudo-Ota tug’ilish yo’li bilan paydo bo’lgan, u xudo emas, uni hech kim yaratgan emas. Xudo-o’g’il esa tug’ilgan. Xudo-Muqaddas Ruh esa Xudo-Otadan paydo bo’lgan. Xristianlikning asosiy aqidalari quyidagilardir:
-Xudo-o’g’il (Iso) haloskor missiya, ya’ni Xudo yarlaqagan vakil. U iloxiy haloskor. Iso-xristianlikning asoschisi.
-Iso o’ldirilgandan keyin osmonga ko’tarilib ketgan, u kelajakda tiriklar va o’liklar ustidan xukm chiqarish uchun oxirat kuni erga qaytib keladi.
-Iso ham ilohiy ham insoniy tabiatga ega.
-Bibi Maryam – Xudoning onasi, u qizlik iffati saqlangan holda ilohiy homilador bo’lgan va Isoni tuqqan.
-Xudo hamma narsadan ustun turadi va abadiydir. Uni hech kim yaratgan emas. Xudo dunyoning yaratuvchisidir. U dunyoni 6 kunda yaratgan.
- Odamzot tug’ilgan paytidan boshlaboq gunohkordir: Xudo yaratgan barcha mavjudotlarning gultojisi inson edi. Chunki xudo insonni o’ziga o’xshash qilib yaratgan. Bu o’xshashlikning asosiy qirralari-bu insonga berilgan aql-idrok, iroda abadiy o’lmasliklarida edi.
Xudo butun kosmik tartibni insonga bog’liq qilib qo’ydi, biroq inson o’zining irodasini, erkini xudo irodasiga, erkiga qarama-qarshi qilib qo’yiganligi uchun xudo uni abadiy gunohkorlikka mahkum etgan. Uning mazmuni shunday:
- Dastlabki odamlar, ya’ni Odam Ato (Adam) va Momo Havo (Eva) tomonidan Xudo amri buzilgan: ular jannatda yashayotgan edilar. Ular xudo man etgan “donishmand”lik daraxtining mevasini eb qo’yganlar va o’zlarining biri erkak, biri ayol ekanligini tushunib olganlar hamda qovushganlar. Bu ishlari uchun Xudo ularni jazolagan, jannatdan quvib yuborgan, abadiy o’lmaslikdan mahrum qilgan va og’ir dunyoviy hayotga mahkum etgan. Xudo Odam Atoga-endi sen o’z risq-ro’zingni qora terga botib mexnat qilib topib eysan: Momo Havoga esa-endi sen azob-uqubat bilan bola tug’ishga mahkumsan, degan. Er va unda yashovchilar la’natlangan, kasallik va o’lim hammaning peshonasiga yozilgan.
Xristianlik taьlimotining payg’ambari Iso alayxissalomning tug’ilgan yili anqk emas. Eng ishonarli manbalarga ko’ra, u taxminan milodning boshlanishidan 4 yil avval dunyoga kelgan. Isoning tug’ilishi qator samoviy hodisalar bilan bir vaktga to’g’ri kelganligi tufayli uni masih va yaxudiylar mamlakatning yangi shohi deb hisoblashgan.
Rivoyatlarga ko’ra, Iso o’z taьlimotini 3 yil davomida targ’ib - tashviq etgan. Quddus kohinlari va ruohniylari uni sudga berishga qaror qiladilar. U o’z shogirdlaridan birining xoinligi natijasida dushmanlari tamonidan ushlab olinadi. Rim xukumdori Pontiy Pilatning farmoni bilan dahshatli va azobli o’lim jazosiga hukum qilinadi
Iso o’z taьlimotini ko’prok masallar orkali bayon etgan. Uning chuqur, maьnodor va o’ta mukammal tarzda ifodalangan fikrlari, har bir iborasi, so’zlari hammani hayratga solib , maftun etgan. U o’z taьlimotida hayot va borliq, odamlar va ular o’rtasidagi munosabatlarga asoslangan g’oyalarni ilgari surgan. U o’z so’zlari bilan odamlarni bu dunyoga teran ko’z bilan qarashga chaqirar edi: « Siz so’rang olarsiz, izlang - toparsiz, eshikni qoqing va u ochilgusidir. Har bir so’rovchi oladi, izlovchi topadi va keluvchiga eshik ochiladi.» 1 Sabr - toqatli bo’lish bilan bog’liq g’oyasida « Qalbingizni sabr bilan qutkaring», deydi. «… ibtidoni topgan odam saodatmanddir. Chunki u intihoni anglaydi va mangulikka doxil bo’ladi» kabi falsafiy mushohadasi orqali o’zi ham mangulikka doxil insonga aylandi.
Xristianlik keng xalk ommasi tamonidan o’rganildi. 68 – 69 yillarda yaratilgan « Ionn Bogaslov vahiylari» ( « Apokalipsda »)da « yo’ldan ozgan » Rimning xalokati bashorat kilinadi. Unda Rim « barcha xalklarga o’z buzuqligining qahrli sharobini ichirdi va er podshohlari u bilan huzurlandi, savdogarlari uning buyuk hashamatidan boyidilar» deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |