Mavzu yuzasidan tayanch iboralar:
Qadimgi Hindiston, braxmanizm, kastalar, braxmanlar, kshatriylar, vayshiylar, shudralar, chandallar, buddizm, qadimgi Xitoy, mafkuraviy jarayonlar, Konfutsiy taьlimoti, legizm, moizm.
Mavzu yuzasidan savollar:
Qadimgi Hindiston siyosiy – mafkuraviy qarashlari nimalardan iborat?
Buddizm va braxmanizm taьlimotda ijtmoiy – siyosiy g’oyalar?
Qadimgi Xitoy mafkurasi va unda siyosiy g’oyalar talqiniga nimalarni misol keltirishingiz mumkin?
Legizm va Moizm taьlimoti, ularning o’zaro farqi nimalardan iborat?
Adabiyotlar ro’yxati:
1. Istorii Filosofii. Rostov na Donu. Izd. « Feniks «» 2000 y.
2. F. Muhiddinova. Siyosiy va xuquqiy taьlimotlar tarixi. T. 2003 y
3. U. A. Cherkasova. Xrestomatiya po istorii drevnogo mira. T. 1991 y
4. A.Chanьshev. Filosofii drevnogo mira. M. 2001 y.
5. Falsafa qomusiy lugat. T. Shark. 2004y
6. M. K. Boboeva. R.S. Kurbangalieva. Qadimgi dunyo tarixidan izoxli lug’at. T. 1992y.
7. F. P. Karovkin. “ Qadimgi dunyo tarixi “ T. “ O’qituvchi “ 1989 y.
8. A. Xo’jaev “ Buyuk ipak yo’li “ T. “ O’zbekiston milliy entsiklopediyasi “ 2007 y
9. ” Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf “. T. 2007 y
10 . U. T. Jo’raev. Y. S. Saidjanov. “ Dunyo dinlari tarixi “ T. 2002 y.
4 -- mavzu: Qadimgi Gretsiyada siyosiy mafkuralar.
Reja:
Yunon-polis mafkuralarining asosiy yo’nalishlari. Quldorlik demokratiyasining mafkurachilari.
Platon va Aristotel ijtimoiy-siyosiy qarashlari.
Suqrot olg’a surgan g’oyalar.
Yunon siyosiy ta’limotlarining qadimgi Rim mafkuralari rivojida tutgan o’rni.
1- masala. Yunon-polis mafkuralarining asosiy yo’nalishlari. Quldorlik demokratiyasining mafkurachilari.
Qadimgi Gretsiya deganda hozirgi Gretsiya, shuningdek Kichik Osiyo, O’rta Er dengizi va qora dengiz sohillaridagi qadimgi yunon shahar - davlatlari, Osiyo, Afrika va Rim imperiyasidagi ellin davlatlarini kiritish mumkin. Dastlabki davlatchilik hozirgi Gretsiya hududida mil.av. I ming yillikda shahar-davlat-polislar sifatida vujudga kelgan. Qadimgi Gretsiyada ilk polislar xakida oz bo’lsa-da ma’lumotlar saqlanib qolgan. Attika, Afina, Sparta, Fiva, Abder, Megara, Sirakuz haqida zarur ma’lumotlarga egamiz.
Ibtidoiy jamoa tuzimining emirilishi natijasida aholining ijtimoiy tabaqalanishi grek jamiyatida turli tabaqalar o’rtasida munosabatlarning keskinlashuviga olib keldi.
Bu kurashlar oqibatida vujudga kelgan grek polislarida o’ziga xos davlat boshqaruvi shakllandi. Polislarda ijtimoiy-siyosiy ta’limotlarning shakllanish jarayoni ro’y berdi. Bir qarashda grek dostonlari, mif, xalq og’zaki ijodida ilgari surilayotgan g’oyalar ilohiy mifologik ruhda ko’rinsada, unda grek jamiyati, turmush tarzi bilan bog’liq ijtimoiy-siyosiy qarashlar, mafkuralarni ham ilg’ash qiyin emas.
Qadimgi Yunoniston davlatchiligining barpo bo’lishi bilan bog’liq g’oyalar grek mutafakkirlari Gomer, Gesiod va “etti donishmand”lar ijodida o’z ifodasini topgan. Pifogar va uning izdoshlari, Graklid mafkuraviy qarashlarida grek davlatining dastlabki taraqqiyotiga doir ijtimoiy-siyosiy va falsafiy g’oyalar keng o’rin egallagan.
Qadimgi Gretsiyaning ilk tarixidan hikoya qiluvchi “Iliada” va “Odessiya” dostonlari rivoyatlarga qaraganda mil. av. VIII asrda ko’r shoir Gomer tamonidan yaratilgan. Dostonlarda Gretsiyaning Troyaga qilgan xarbiy yurishlari tasvirlanibgina qolmay, greklarning urf-odatlari, g’oyaviy-mafkuraviy qarashlari ham o’z ifodasini topgan. Dostonlarda xudo Zevs umumiy adolatning himoyachisi, zo’ravonlik va adolatsizliklarni amalga oshiruvchilarni shafqatsiz jazolovchi sifatida tasvirlanadi. U erda troyaliklarning greklar hujumiga qarash mardonavor kurashlarini tasvirlash orqali ozodlik, tinchlik, vatanparvarlik g’oyalari chiroyli obrazlarda ilgari suriladi.
Qadimgi Gretsiya ta’limotlari tarixiga oid yana bir badiiy asar Gesiodning “Teogoniya” va “Mehnatlar va kunlar” dostonlaridir. “Teogoniya” dostonida Zevs mukammallik timsoli, Femida mangu tabiiy tartib timsoli sifatida tasvirlanadi. Ularning farzandlari Dine (adolat) va Evnomiya (qonuniylik) tda odamlar o’rtasidagi tabiiy-ilohiy adolatni himoya qiluvchi sifatida tasvirlanadi.
Gomer va Gesiod ijodidagi ijtimoiy-axloqiy qarashlar “Etti donishmand”lar ijodida yanada yorqin tarzda o’z ifodasini topdi. Eramiz av. VII-VI asrlarda qadimgi Yunoniston ijtimoiy-siyosiy mafkurasida munosib o’rinni egallagan Fales, Pittak, Periandr, Biant, Salon, Kleobul va Xilon g’oyalari o’z davrida muhim ahamiyatga ega bo’lgan.
“Etti donishmand” ichida eng fa’ol ta’limotchi sifatida ko’proq Fales (mil. av. 625-547 yil) tilga olinadi. U haqda ko’p ma’lumotlar qolmagan. Saqlanib qolgan ma’lumotlardan ma’lum bo’lishicha, Fales o’z davrining o’tkir bilimdon kishisi bo’lgan. U savdogar, siyosiy arbob, munajjim, riyozatchi, geograf, fiziolog, faylasuf va taniqli gidroinjiner bo’lgan.
Yirik faylasuf Fales hayotning boshi ham ibtidosi ham suv, degan g’oyani ilgari suradi. U quyoshning yillik harakati 365 kundan iborat ekanligini isbotlab bergan. Quyosh va Oy tutilishini oldindan bashorat qilgan. Ta’limotchi sifatida Fales garchi Milet shahrida davlat ishlari bilan shug’ullanmagan bo’lsa ham, siyosiy masalalarda fa’ollik ko’rsatib kelgan. Gerodot ta’kidlashicha, Fales Lidiyaga qarshi kurashish uchun Ioniyaning 12 shahri bilan birlashib, ittifoq tuzishlarini taklif etgan. Ioniya podshosi uning taklifiga quloq solmagan. Forslarning Ioniyaga qarshi hujum xavfi tug’ilganda, Fales miletliklarni Krez bilan ittifoq tuzmaslik to’g’risida ogohlantiradi va shahar forslar tamonidan bosib olish xavfidan qutilib qoladi.1
Fales uzoqni ko’raoladigan donishmand faylasuf sifatida grek xalki o’rtasida tanilgan edi.
“Etti donishmand” namoyondalari o’z qarashlarida adolatli qonunlar hayotda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tadilar. Qonun ustuvor mamlakatda jamiyat farovonlik sari yuz tutadi. “Qonunlarga bo’ysin”, degan chaqiriq Delьfadagi Appalon ibodatxonasiga o’yib yozilgan. “O’z o’zingni angla” degan mashhur hikmatli so’z muallifi bo’lmish spartalik Xilonning shiori edi. U qadimgi Yununiston tafakkuri tarixida o’chmas iz qoldirgan. Xilon fuqarolari notiqlardan ko’ra ko’proq qonunlarga ishongan (bo’ysungan) joyni eng yaxshi polis deb hisoblagan.2
Qadimgi Gretsiya tarixida mashhur notiq, jasur janggchi, shoir Salonnning nomi ham alohida tilga olinadi. U yashagan davrda demos va aristokroatlar o’rtasidagi munosabat keskinlashgan edi. Eramizdan avvalgi VI asr boshlarida ular o’rtasida qonli to’qnashuvlar bo’lib turdi. Yalpi qo’zg’alon boshlanish xavfi
kuchaydi. Bundan tashvishga tushib qolgan aristokratlar demosga yon berishga
1. S. A . Yuldashev. Antikfalsafa. T. 1999y. 16 – bet.
2.F. Muxiddinova. Siyosiy va xukukiy taьlimotlar tarixi. T. 2003 y. 44 – bet.
ular o’rtasida qonli to’qnashuvlar bo’lib turdi. Yalpi qo’zg’alon boshlanish xavfi
kuchaydi. Bundan tashvishga tushib qolgan aristokratlar demosga yon berishga
majbur buladi. Xokim Salon zimmasiga demos bilan aristokratlarni yarashtirish vazifasini yuklaydi.
Eramizdan av. 594 yilda Salon demosning ahvoli, manfaatini ifoda etgan, davlatni idora qilishga ko’maklashuvchi ruhdagi reforma loyihasini qabul qiladi va uni amalga oshiradi. Bu Gretsiya tarixida “Salon qonunlari” ham deb ataladi.
Salon qonunlariga ko’ra, dehqonlarning qarzlari bekor qilinadi. Qarzlari evaziga qullikka tushib qolgan afinaliklar erkinlikka chiqariladi. Bundan buyon afinaliklarni qarzlari badaliga qullikka tushirish ta’qiqlab qo’yiladi.
Salon aholining ijtimoiy ahvolini hisobga olib, Afina xalqini to’rt toifaga bo’ladi: pentakosiomedimnlar, suvoriylar, zevgitlar va fetlar. Salon qonunlariga ko’ra dastlabki uch toifa uchun barcha davlat mansablariga yo’l ochiq, fetlar esa faqat xalq yig’inlari va sudlarda ishtirok etishlari mumkin bo’lgan.1
Salon o’tkazgan islohat tufayli Attikada qarzlar va qarz evaziga qul qilish bekor etildi. Bu esa dehqon xo’jaliklarining rivojlanishiga olib keldi. Ammo yangi islohat Afinaga boshqa mamlakatlardan keltiriladigan qullarning ahvolini yaxshilamadi. Qullar soni esa tabora ortib bordi. Endi hatto zodagon bo’lmagan fuqarolar ham qullarga ega bo’lishga va ularning tekin mehnatidan foydalanishga intildi.
Qadimgi Gretsiyaning er.av. VI-V –asriga doir siyosiy mafkurachilari qatoriga Pifagor va uning izdoshlari Arxit, Lizis, Filolay hamda Geraklitni kiritish mumkin.
Bu davrning eng ko’zga ko’ringan namoyondasi Bu-Pifagordir. U mil.av. 576-496 yillarda yashab o’tgan bo’lib, uning “Tabiat haqida”, “Davlat haqida”, “Tarbiya haqida”, “Jon haqida”, “Olam haqida” va “Ilohiy kalom” nomli asarlari ma’lum. U hayoti davomida Misrda tahsil olib, zardushtiylik diniga juda qiziqqan. Bu ilm sirlarini qunt bilan o’rganishga harakat qilgan.
Pifogor o’z qarashlarida davlatni axloqli, aql-zakovatli, ezgu niyatli odamlar boshqaruv tarafdori bo’lgan. Pifagor jamiyatda tartib va qonun ustuvor bo’lishini yoqlab chiqdi. Pifagor va uning tarafdorlari qonunlar hukmronlik qilgan polisni ideal polis deb hisoblashgan, qonun amal qilgan mamlakat tez taraqqiy etadi, inson uchun qonunlarga bo’ysunish ajoyib fazilatli ish, degan g’oyani ilgari surgan. Ammo ular mavjud qonunlarga o’zgartirish kiritishni tanqid qilishadi.
Qadimgi Gretsiya ijtimoiy-siyosiy ta’limotlar tarixida o’ziga xos iz qoldirgan ta’limotchilardan yana biri Gereklit. U haqda deyarli kam ma’lumot saqlanib qolgan bo’lib, uning ijtimoiy-siyosiy qarashlari bizgacha etib kelgan “Tabiat haqida” asarida o’z ifodasini topgan.
U aristokratlar oilasiga mansub bo’lganligidan uning fikrlari ham aristokratlar manfaatiga mos keladi. U mamlakatni bir guruh ozchilik –
1. F. Muxiddinova. Siyosiy va xukukiy taelimotlar tarixi. T. 2003 y. 44 – bet.
“yaxshilar” boshqarishi kerak, deb hisoblaydi. “Yaxshilar” uning nazarida axloqli va aqlli kishilar bo’lishi kerak. Xalq hokimiyat boshqaruvida ishtirok etishi shart emas. “Xalq-deydi Greklit, hayvonga o’xshab qornini o’ylaydi”.1 Uning fikricha qabul qilingan qonunni xalq yig’ini ma’qullashining hojati yo’q eng muhimi-qonun mantiqqa mos kelsa bas.
Ammo uning o’zi ijtimoiy-siyosiy fa’oliyatda ishtirok etmagan. Greklitning siyosiy qarashlari uning falsafiy qarashlari kabi o’ziga xos mohiyatga ega. Uning ta’limoti Gretsiyaning keyingi taraqqiyotiga ma’lum ma’noda xizmat qildi.
“... uning falsafiy va ijtimoiy qarashlari Yunonistonning progressiv rivojlanishiga ma’lum darajada yordam berdi. U barcha yunon shahar-davlatlarini rivojlantirish, urug’chilik rasm-rusmlarga qarshi qaratilgan yangi yuridik yo’nalishlarni amalga oshirishni yoqlab chiqdi”.2
Gretsiyaning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo’lgan o’zgarishlar o’sha davrda yashab o’tgan ulug’ mutafakkirlar ijodida o’z ifodasini topgan. Ular Gretsiyaning taraqqiyotiga o’zlarining siyosiy fa’oliyati, ijtimoiy-siyosiy qarashlari orqali g’oyaviy-mafkuraviy ta’sir o’tkazishga intilganlar.
Bu mutafakkirlarning har biri o’z g’oyasiga ega bo’lib, mamlakat rivojiga xizmat qilishga intilganlar. Eramizdan avvalgi 460-370 yillarda hayot bo’lgan buyuk faylasuf Demokrit ham jamiyat, davlatchilik masalalariga o’z munosabatini bildirib o’tgan. U odamzodning uzoq evalyutsion jarayon mahsuli ekanligini bildirib, jamiyat, polis, qonunlar odamlar tamonidan yaratilgan, bular xudo tamonidan berilgan emas, deydi. U ellikka yaqin asar yozib qoldirgan. “Inson tabiati to’g’risida”, “G’oyalar haqida”, “Maqsad haqida” kabi asarlar uning qalamiga mansub.
Demokritning siyosiy qarashlarida Greklit kabi davlatni “yaxshilar” ya’ni aslzodalar va boylar emas, balki yuksak aqliy va axloqiy fazilatli kishilar boshqarmog’i lozim, degan g’oyani ilgari suradi. Davlatdagi mavjud qonunlar polislardagi odamlar hayotining farovonligiga xizmat qilmog’i lozim. Biroq bunday natijaga erishmoq uchun odamlar ham harakat qilishlari kerak, unga bo’ysunishlari, itoat etishlari kerak, deydi.2
Shuningdek, qadimgi Gretsiya siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixida V asrda antik demokraiyaning gullab-yashnagan davrida vujudga kelgan sofistlar fa’oliyatlari ham o’ziga xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |