sezmaydi. Qaerdaki buyuk bo’lmagan donishmandlar hokim bo’lsa, omma ularga qattiq bog’langan bo’ladi va ularni sharaflaydi. Qaerda pastroq donishmandlar hukumronlik qilsa, xalq ulardan qo’rqadi. Yanada zaifroq donishmandlar hukmdor bulgan joyda esa xalq ulardan hazar qiladi”1. Bunday fa’oliyatsizlik ijtimoiy passivlikni keltirib chiqaradi. Dao ta’limotidagi ijtimoiy passivlik g’oyasi insonni taraqqiyot sari emas, o’tmishga, o’tmishdagi tarqoq qishloq va shaharlardagi patriarxal tuzumga qaytishga, mehnat vositalari va barcha madaniy-maishiy yangiliklar, o’zgarishlardan voz kechishga chaqiradi.
Lao Tszi har qanday bilimni o’rganishni qoralaydi. U insoniyatni borliq, jamiyatni o’rganish va o’zgartirishga bo’lgan barcha hatti-harakatlarini inkor etadi. U aytadiki, agar men hech narsa bilan shug’ullanmasam, bu xalq uchun yaxshidir. Qachonki men xotirjam ekanman, demak men biror-bir yangi narsaga harakat qilmas ekanman, xalq boyiydi.
Lao Tszi ta’limotida podsho hokimiyatini to’rt ulug’likdan biri deb hisoblaydi. Ammo u o’z davridagi hokimiyatni tanqid kiladi. Xalkning chor - nochor yashashiga mavjud tuzum aybdor, soliqlar xalqning tinka - madorini quritayapti, deya o’z munosabatini bildiradi. O’zi ham ana shu narozilik kayfiyatida davlat xizmatidan ketadi. Ammo hokimiyatdagi tartibsizliklardan narozi Lao Tszi odamlarni mavjud tuzumga nisbatan sabr-toqatli va qanoatli bo’lishga ham undaydi. U er yuzida adolatni tiklash qudrati faqat daoga xos deb biladi: “Osmon daosi boylardan ortiqchasini tartib oladi va muhtojlarga beradi. Odam daosi esa aksincha kambag’allardan tartib oladi va boylarga beradi”2. Lao Tszi ta’limoti Hitoyda konfutsiylik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo’lganligini yuqorida aytib o’tgan edik. Olib borilgan tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, Lao Tszi Konfutsiyning zamondoshi bo’lgan va u bilan uchrashganligi to’g’risida ma’lumotlar saqlanib qolgan (qadimgi xitoy yodgorliklarida). Ammo “dao” haqidagi g’oyalar Xitoyda konfutsiylik va
daotsizm shakllanmasligidan oldin ham mavjud bo’lganligini aytib o’tish joiz.
Konfutsiy o’z ta’limotida daoga murojaat etib, uni jamiyatda muayyan tartblarni yaratuvchi samoviy qonunlar majmuasi deb izohlasa, Lao Tszi – daoni tabiiy qonunlar yaratuvchisi sifatida talqin etadi. Ammo Konfutsiy jamiyat taraqqiyotini olg’a suradigan ilm olish, ijtimoiy fa’olik, ijtimoiy mas’ullik g’oyalariga asosiy e’tiborni qaratsa, Lao Tszi odamlarni xotirjam, osoyishta yashashga, dunyodagi barcha narsalar hatto, odamlar hatti-harakati ham
1..Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf. T. “Yangi asr avlodi”. 2007 y. 23 – bet. 2.F. Muxiddinova. Siyosiy va huquqiy taьlimotlar tarixi. T. 2003 y. 35 - 36 - betlar. ulug’ daoga bog’liq, deyish bilan ijtimoiy fa’ollikni samarasiz harakat sifatida talqin etadi. Bu esa Xitoy jamiyatida odamlarning ertangi kun uchun fa’ol kurashini so’ndirishga qaratilgan g’oya, desak to’g’ri bo’lar. Balki shuning uchun ham Konfutsiylik ta’limoti XI asrdan daotsizmni Xitoy jamiyatidan siqib chiqarishiga sabab bo’lgandir.
Daotsizm ta’limoti milod.av. II asrda Xitoyda daotsizm dinining asosiy
g’oyasi bo’lib xizmat qildi. Ayniqsa undagi podshoni to’rt ulug’likdan biri
sifatidagi g’oya daotsizmni V asrda Xitoy davlati diniga aylanishiga sabab bo’ladi, chunki bu g’oya Xitoy imperatorlari manfaatlariga mos kelar edi. Bir necha asrlar davomida daotsizm diniy ta’limot sifatida hukmdorlar manfaatga xizmat qilib keldi.
Daotsizm birinchi ming yillikda buddizm va konfutsiylik bilan rahbatlashib borib, VI asrda konfutsiylikdan keyinga o’ringa tushib qoldi. VIII asrdan esa daotsizm aniq asoslarga ega emasligi va yuksak g’oyalari turli xurofotlar bilan almashganligi oqibatida inqirozga yuz tuta boshladi.
XX asr boshlariga kelib, daotsizm Xitoyda sektalar sifatidagina mavjud bo’lib, daotsizm tarafdorlari juda ozchilikdan iborat edi. Ular manaxlar, targ’ibotchilar va bashoratchilar guruhini tashkil etgan. Ammo bugungi kunda Daotsizm Xitoy jamiyatida o’z mavqeini butunlay yo’qotgan, deb aytaolmaymiz. Bugun Xitoyda daoga itoat qiluvchilar uyushmasi mavjud. Ularning aьzollari Tayvan, Gankong va chet eldagi emigrantlar orasida xam uchraydi. Ta’limot ustidagi ilmiy tadqiqotlar esa hamon davom etmoqda.
Xitoy ta’limotlar tarixining Daotsizm va Konfutsiylik davridan keyin paydo bo’lgan ijtimoiy-siyosiy, diniy-falsafiy ta’limoti bu - Maoizmdir.