2-masala. Rimning respublika va imperatorlik davri ideologiyasi. Rimdagi respublika quldorlik va aristokratik respublika edi. Chunki boy rimliklar o’z imeniyalarida endi o’zlari ishlamasdilar, ularning erlarida yollanma mardikorlar yoki boshqa mamlakatlardan olib kelingan ko’p sonli qullar ishlar edi. Boy patritsey va plebeylar yuqori lavozimlarga har yili saylanar edi. Senat ham ana shulardan iborat edi. Rimliklar ichida er va qullarga ega bo’lgan va davlatni idora qilgan bir necha o’n patritsiy va plebeylar ajralib turgan. Ular Rimdagi aholining yuqori pog’onasini –Rim zadogonlarini tashkil etardi.
Rimning respublika davri ideolgoiyasi quldorlik jamiyatini mustahkamlash va zodogonlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan.
Rimning istilochilik yurishlari va armiyaning yollanma armiyaga aylanishi mamlakatda lashkarboshilar mavqeini ko’tarilib ketishiga olib keldi. Legionlar endi faqat o’z lashkarboshisiga bo’ysunar edi. Hatto quldorlar ham g’ayratli lashkarboshi qullar va kambag’allarning qarshiligini konsullarga qaraganda yaxshiroq bostiradi, deb ishonardilar.
Galliya ustidan sakkiz yillik urushda g’alaba qozongan Yuliy Tsezar tolmas jangchi va sarkarda sifatida Rimda shuhrat qozongan lashkarboshilardan edi. Tsezar o’zining obro’sini yanada oshirish maqsadida o’z askarlariga beriladigan haqni oshirdi, shuningdek, askarlarga er bo’lib berishga va’da berdi, Rimda uning nomidan tomoshalar qo’yilib, kambag’allarga non ulashildi. U endi oliy xokimiyatni egallashni va senatni o’ziga bo’ysundirishga kirishdi. Butun Rim va Italiyani bo’ysundirgan Yuliy Tsezar o’zning sodiq qo’shiniga tayangan holda cheklanmagan xokimiyatga ega bo’ldi. U o’zini imperator deb e’lon qildi. Shundan boshlab Rimning imperiya davri boshlandi.
Rim imperiyasi mafkuraviy hayotini, Mark Tulliy Tsetseron Gay Yuliy Tsezar, Gay Krisak Sallyustiy va boshqalarning asarlaridan, ular amalga oshirgan ishlar tarixi orkali bilishimiz mumkin.
Rim tarixida qisqa davr hukmronlik kilgan Yuliy Tsezar mamlakatda bir qator islohatlarni amalga oshirishga ulgurdi. “Jasur va buyuk ishlarni o’ylab, mulohaza etavermay, amalda qilmoq kerak” der edi u.
Tsezar Rimda o’tkazgan islohatlari Rim imperiyasini mustahkamlashga qaratilgan edi. U endi o’z soldatlariga samimiylik bilan ko’p narsalar ulashar edi-yu, mamalakat aholisiga non ulashishni esa to’xtatib qo’ydi.
Senatorlarning bir qismi Tsezar tanxo hukmronligidan norozi edi: Ular Rimda aristokratik respublikani saqlab qolish tarafdorlari edi. Natijada ular tamonidan uyushtirilgan fitna tufayli Yu.Tsezar mil.av. 44 yilda o’ldirildi.
Rim tsvilizatsiyasining bunyod etishda rimliklarga xos siyosiy ziyraklik, erk -sevarlik, vatanparvarlik g’oyalari katta rol o’ynadi.
Rim imperiyasi rivoji va inqirozi davrida yashab ijod etgan faylasuflar, ta’limotchilar qarashlarida o’z davrining ijtimoiy-siyosiy g’oyalari o’z aksini topgan. Rim mafkurachilari Yunon mutafakkirlari g’oyalariga suyangan holda, o’z ta’limotlarini yaratdilar.
Rim mafkuraviy hayotida, shuningdek Rim davlati tarixida Tsitseronnning tutgan o’rni muhim ahamiyatga ega.
U yirik notiq davlat rahbari, yozuvchi. U o’zining “Davlat to’g’risida”, “Qonunlar to’g’risida”gi asarlarida davlat va huqu mavzusidagi qator muoammolarni ilgari surdi. Va ularni echimini topishga harakat qildi.
Tsitseron davlat va huquq sohasida Grek donishmandlari bo’lgan Aflotun, Arestotel, Polibiy va stoiklarning qarashlari ta’siri bo’lgan. Ularning fikriga xayrixoh edi.
Uning nazarida davlat odamlarning oddiy birikuvchi emas, balki manfaat va o’zaro bog’liq huquqiy soxalarda juda ko’plab odamlarning o’zaro kelishuvi asosida tashkil topgan kelishuvdir.
Tsitseron qarashlarida Aristotelning fikrlari yaqqol o’z aksini topgan masalan u ham oila jamiyatning asosiy yacheykasi va u asosida davlat paydo bo’ladi, deb hisoblanagan.
U davlat boshqaruvining uchta shaklini ko’rsatib o’tgan. Ular podsholik xokimiyati, aristokratlar (optimatlar ) va xalq xokimiyati (demokratiya)dir, deb ko’rsatgan.
U o’zi ko’rsatib, boshqaruv shakllarini yaxshi tamonlarini ko’rsatib, podshoxlik – o’zining muruvvatliligi, aristokratiya, o’zining donishmandligi, demokratiya esa o’zining erkinligi bilan bizni o’ziga tortadi” deydi. Biroq, u har uchala davlat boshqaruvi shakllarining qiyinlashuvi, ya’ni aralash boshqaruv shakli eng yaxshi usuldir, degan fikrga kelib, davlat masalalarining bir qismi podshoh tamonidan, bir qismi aristokratiya va yana bir qismi xalq tamonidan xal qilinsa yaanada yaxshiroq bo’ladi, degan fikrni ilgari suradi.
Tsitseron o’zining bu qarashlarini Rim davlatining evalyutsiyasi, deb izoxlaydi. Va unda podshohlik boshqaruvi shaklini Rim kontsullari (magistratlar), aristokratlar xokimiyati-Rim senati vakolatlarida, xalq xokimiyati-xalq yig’ini va xalq tribunlari vakolatidir, deb hisoblaydi.
Uning fikricha, Rim davlati boshqaruvi shakli qaysi bir qonunlarda belgilandek maxsus, ayrim odamlar tamonidan o’ylab topilmagan. Balki, ota-bobolar tamonidan qadimdan shakllantirilib kelingan.
Tsitseron mamlakat rivojida, uning barqaror yashashida geografik sharoitni o’rni ham beqiyos deb bilgan. Rimni uch tamondan suv bilan tutashganligi uni tashqi tamondan bo’ladigan xujumlardan saqlashga muhim ahamiyat kasb etgan. Gretsiyada bo’layotgan urushlar uning geografik jihatdan qo’lay sharoitda joylashmaganligida, deb hisoblagan.
Tsitseron yashayotgan paytda Rimda xokimiyatni yo’lga kiritish uchun turli kuchlarning o’zaro ayovsiz kurashlari avj olgan edi. Buni esa u ko’rmasligi va u haqda o’z fikrini aytmasligi mumkin emas edi. U Rimda senatorlar respublikasi boshqaruvini ilgari surdi. Bu bilan mamlakatda bo’layotgan turli ziddiyatlarni oldini olish mumkin, deb xisoblar edi.
Tsitseron qullikni muayyan ma’noda qo’llab-quvvatladi. Uning fikricha, bunday ishlar, ya’ni qullik ayrim odamlar uchun foydali. Qaysi kim bir siqim nohaq odamlar qonunsizlik ishlarini amalga oshirar ekan, xo’rlangan odamlar qullikda yaxshi ahvolda bo’ladilar. U qularga “yollanma” kishilar sifatida munosabatda bo’lishni va ularga nima mumkin bo’lsa shuni berishni ilgari suradi.
Tsitseronga tabiiy huquq masalasida Aflotun, Aristotel va stoiklarning ta’siri kuchli bo’lgan. Tabiiy huquq esa o’z-o’zidan adolat so’zini paydo qiladi. Uning fikricha adolat boshqalarga zarar etkazmaslik va begonalar mulkiga xilof ish tutmaslikni talab qiladi.