Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Moldava davlatining iqtisodiy geografik tavsifi



Download 1,28 Mb.
bet57/173
Sana31.12.2021
Hajmi1,28 Mb.
#199298
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   173
Bog'liq
Jahon mamlakatlari 1

Moldava davlatining iqtisodiy geografik tavsifi. Moldava MDH ning janubi-g’arbida, Prut va Dnestr daryolari oralig’ida joylashgan. Maydoni 33 846 km2 . Aholisi-3 550 900 kishi. Pul birligi Moldava leyi. Tarixda Moldava hududi Bessarabiya nomi bilan atalgan. 1924-yili Moldava Avstriya respublikasi, 1940-yildan Moldava Ittifoqdosh Respublikasi, 1991- yildan Moldava respublikasi deb yuritilgan. G’arbdan Moldava Ruminiya respublikasi bilan qolgan barcha tomonlardan Ukraina respublikasi bilan chegaradosh. Moldavani Ruminiya bilan, ayniqsa Ukraina bilan chegaradoshligi muhim o’rin tutadi.

Ukrainadan temir yo’llar orqali ko’mir, neft, metall, mashina va jihozlar, g’alla, gaz quvurlari orqali gaz keladi. Garchi Moldava Qora dengiz bilan tutashmagan bo’lsada, Qora dengizning yaqinligi va Ukrainaning port shaharlari (Odessa, Ilichevsk, Belgorod-Dnestrovskiy) bilan temir yo’llar bilan tutashganligi muhim ahamiyatga ega. Moldava siyosiy-ma’muriy jihatdan 32 ta rayon, 5 ta munitsipalitetlardan iborat-Belts, Bender, Kishinyov, Komrat, Tiraspol, 1 ta Gagauz avtonom hudud va respublikaga bo’ysunuvchi 4 ta shahardan iborat: Kishnyov (723 500), Tiraspol, Belsi, Benderi.

Moldava foydali qazilmalarga juda kambag’al, qisman neft, gaz, faqat ohaktosh, gilmoya, oyna xom ashyosi hisoblangan qum bor. Relefi to’lqinli tekislik, o’rtacha dengiz sathidan balandlik-147 m. Moldavaning asosiy boyligi tuproq iqlim resurslaridar. Uzoq davom etadigan iliq yoz, ko’zning kam yog’inligi va qishning qisqa hamda yumshoq bo’lishi, qora tuproqlari tokchilik, bog’dorchilik, polizchilikni riqojlanishi uchun qulay. XGMT da Moldava – bog’ respublikasi deb nom olgan. Hududining 12 % dan ortig’ini bog’ va tokzorlar tashkil etadi.

Aholisi 3,6 mln (2017 y) kishi. Aholini 75,8 % moldavanlar. Boshqa millat vakillaridan-ukrainlar, ruslar, gagauzlar, ruminlar, bolgarlar. YaMD 6 551 mlrd doll (2015 y). Jon boshiga 1845 dol to’g’ri keladi. Aholisining asosiy qismini moldavianlar tashkil etadi, ulardan tashqari ruslar, ukrainlar va yaxudiylar yashaydi. Aholi zichligi 1 km2 ga – 111,4 kishi. Urbanizatsiya darajasi 45 % ga etadi, aholisining asosiy qismi qishloqlarda yashashiga asosiy sabab qadimdan dehqonchilikni rivojlanganligidir. Millioner shaharlari yo’q, eng yirik shahari – Kishnyov (723 500).

Sanoat tarmoqlaridan intensiv qishloq ho’jaligiga asoslangan oziq-ovqat sanoati muhim ahamiyatga ega. Haydaladigan erlar Moldava hududining 60 % dan ko’pini egallaydi. Ixtisoslashgan tarmoqlari o’zumchilik va bog’dorchilik bo’lib, o’zum, meva, tamaki etishtirganligi va atirgul moyi tayyorlash ajralib turadi. Bog’dorchilikdagi asosiy rayon Moldavaning markaziy qismi, ya’ni Kodra pasttekisligidir. Kodra bog’larida: olma, nok, behi, gilos, o’rik, yong’oq kabi mevalar etishtiriladi.

Donli ekinlardan ko’zgi bug’doy, makkajo’xori, arpa; texnik ekinlardan: kungaboqa, qand lavlagi, tamaki, efir moyli ekinlar ko’p etishtiriladi. Efir moyi parfimeriya va ponditer sanoatida ishlatiladi.

Vinochilik, meva, konserva, sabzavot-konserva, tamaki va qand shakar sanoat korxonalari Moldavaning barcha sanoat mahsulotining yarmidan ko’prog’ini beradi. Qishloq xo’jaligi vqa oziq-ovqat sanoatiga yordamchi ishlab chiqarish korxonalari: bog’-poliz mini traktorlari va moslamalari, vino va konserva sanoati uchun asbob-uskunalar, shisha idishlar va binokorlik materiallari ishlab chiqarish rivojlanib bormoqda. Sanoatida asosan elektrotexnika, asbobsozlik, kun poyabzal, sement sanoatlari rivojlanmoqda. Xo’jalikka Dnestr daryosidagi Dubossari GES i va Moldava GRESi energiya beradi. Bu GRES Ukraina tabiiy gaziga asoslangan. Elektr energiyasini chetdan keltiradi.

Asosiy transporti temir yo’llar bo’lib, asosiy yuklar tashiladi. Avtotransport esa qishloq xo’jaligi bilan sanoat orasidagi yuklarni tashiydi. Asosiy eksporti: oziq-ovqat mahsulotlari, to’qimachilik, bog’ traktorlari, konservalar (meva-sabzavot), vino, shakar-qand, uzum, efir moyi.

Importi: mineral xom ashyo va yoqilg’i, mashina va jihozlar, ximikatlar, to’qimachilik, avtomobillar, traktorlar, kombaynlar (g’alla, makkajo’xori, silos va lavlagi yig’uvchi), neft mahsulotlari, o’g’itlar, yog’och-taxta, yonuvchi gaz, yomg’irlatib sug’oruvchi apparatlar, elektr energiyasi.


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish