1942-yilda va 1943-yilning boshlarida har kuni ertalab mazkur shahar osmoni toza choyshabdek oppoq oqarib turardi.
Kun bo‘yi osmon bo'ylab jorilami ko'tarib o'tganimda choyshab qonga bo‘kib ketar, to‘lgach yerga sochilib ketardi.
Kechqurun qizillik yo‘qolib sahar paytiga qadar yana oqarib qolardi.
Bulaming barchasi jang kunduzpayti bo'lgandagi holat, xolos.
Hans Huberman to o‘g‘li ko‘zdan g‘oyib boTgunicha bir necha daqiqa kutib turdi. Ko‘cha juda katta ko‘rinardi. Va nihoyat oshxonada yana paydo boTganida, Roza unga tikilib qoldi, lekin bir-birlari bilan gap- lashishmadi. Roza odatiga xilof tarzda uni o‘zining “shirin” so‘zlari bilan qoralamadi. Ehtimol, u Hansning yakka-yu yolg‘iz o‘gTidan “qo‘rqoq” degan tamg‘ani olishi yetarlicha azob berayotganini sezgandir.
Ovqatlanib bo‘lishgach, Hans indamay stolda o‘yga cho‘mib o‘tira- verdi. U, haqiqatan ham, o‘g‘li shunchalik qo'pollik bilan aytadigan dara- jada qo‘rqoqmi? Albatta, birinchi jahon urushida Hans o'zini qo‘rqoq deb hisoblagan. Ya’ni o‘zining tirik qolganini qo‘rqoqlikka bog‘lagandi. Ammo qo‘rqayotganini tan olish qo‘rqoqlikmi? Tirik qolganligidan xursand bo‘lishi qo‘rqoqlikmi?
Shu kabi fikrlar u razm solib o‘tirgan stol usti bo‘ylab bir-birini kesishib o‘tardi.
— Dada? — u Lizelning chaqirig‘ini eshitsa ham qayrilib qaramadi. — U nima haqida gapirdi? U nimani nazarda tutgan edi?
— Hech narsani, — otasi ohista va xotiijamlik bilan stoldan ko‘zini uzmay gapirdi. — U hech narsa demadi. U haqida o ylama, Lizel, Hans yana gapirguncha bir daqiqa o‘tdi. Endi u Lizelga qarab turardi. Ko cha- ga chiqishga tayyorgarlik ko‘rmaysamni? Gulxan bazmiga borishimiz kerak-ku.
— Xo‘p, dada.
Kitob o‘g‘risi xonasiga borib, o‘zining “Gitleryugend” kiyimini eg- niga kiyib chiqdi. Gradan yarim soatcha vaqt o‘tgach, ular tashqariga chiqib, “Nemis qizlar ittifoqi” binosi tomon yurishdi. O‘sha yerdan bola- lami guruh-guruh qilib shahaming markaziy maydoniga olib borishadi.
Otashin nutq so‘zlanadi.
Olov yoqiladi.
Kitob o‘g‘irlanadi.
XIVBOB
YUZ FOIZ ORIY NEMISNING TERLASHI
“Gitleryugend” a’zolari shahar hokimligi va markaziy maydonga qarab safda ketishayotganlarida odamlar ko‘chalarda bir chiziq bo‘lib ku- tib turishdi. Lizel ba’zi paytlari onasi haqidagi o‘ylaridan uzoqlashgandek bo‘lar, ayni damda o‘zini qiynayotgan boshqa barcha muammolami ham unutardi. Ko‘chalarda odamlar qarsak chalishni boshlaganlarida uning yu- ragi hapriqib ketdi. Safdagi ba’zi yosh bolalar ota-onalariga qisqa qo‘l siltab qo‘yishdi, chunki ularga faqat oldinga qadam qo‘yish va tomosha- binlarga qaramaslik yoki qo‘l silkitmaslik haqida aniq ko‘rsatmalar beril- gandi.
Rudining jamoasi maydonga kirib kelib, to‘xtash buyrug‘ini olgani- da Tommi Myuller sababli safda tartibsizlik yuz berdi. Ulardan oldinda
г®»»"—-~
ketayotgan saf birdan to‘xtagani uchun Tommi o‘zining oldidagi bolaga urilib ketdi.
— Dummkopf! — oldindagi bola o‘girilib qaramasdan chirt etib tupurdi.
— Uzr, eshitmay qolibman, — dedi Tommi qo‘llarini uzrli alpozda havoga ko‘tarib. Uning yuzi titrab ketgandi.
Bu shunchaki kichik bir to‘qnashuv bo‘Isa ham, Tommi va Rudi uchun kelajakdagi muammolaming debochasi edi.
Safda yurish tugagach, “Gitleryugend”ning barcha bo‘linmalarining tarqalishiga ruxsat berildi. Aks holda, ko‘z oldilarida gulxan alangalangan chog‘da hayajonga tushgan bolalami safda ushlab turish deyarli imkonsiz boTardi. Hammasi birgalikda bir ovozdan: “Hayl Gitler!” — deb baqi- rishdi va shundan so‘ng erkin yurish imkoniyatiga ega boTishdi. Lizel Rudini qidira boshladi, lekin olomon har tarafga tarqalib ketgan, qiz max- sus kiygan tengdoshlarining shovqini va baland pardada aytilayotgan so‘z- lar ichida adashib qoldi. Bolalar har tomondan bir-birlarining ismini aytib chaqirishardi.
Soat to‘rt yarimda havo sezilarii darajada sovib ketdi. Yig‘ilganlar tezroq gulxan yoqilib, ozgina isinib olishsa yaxshi boTishini aytib bir- birlari bilan hazillashishardi.
— Bu to‘plangan tog‘-tog‘ axlatlar shundan boshqasiga yaramaydi ham.
Axlatlar aravachalarda tashib keltirilib maydon o‘rtasiga uyib qo‘- yilgan va qandaydir shirin narsa bilan sug‘orilgan edi. Kitoblar, qog‘ozlar va boshqa narsalar uyumdan sirpanib tushgudek bo Tsa, darhol yana uyum- ga irg‘itilardi. Uyum uzoqdan qaraganda xuddi otilishga shaylanayotgan vulqon kabi ko‘rinardi. Yoki boTmasa g'ayritabiiy tarzda maydonning o‘rtasiga qayerdandir tushib qolgan, imkon qadar tezroq darhol daf etilishi kerak bo‘lgan g‘alati va tushunarsiz narsaga o'xshardi.
Uyumdan taralayotgan hid undan anchagina narida turgan olomon- ning ham bumiga yetib bordi. Yo‘lakda, shahar hokimligi binosining zina- poyalarida, maydonni o‘rab turgan uylaming tomlarida mingdan ortiq
odam tomoshaga yig‘ilgandi.
Lizel surilib-qoqilib oldinga o‘ta boshlaganida chirs-chirs ovozi eshitilib gulxanga o‘t qo‘yish allaqachon boshlanganidan darak bergandek tuyuldi. Lekin hali o‘t yoqilmagandi. U eshitgan ovoz shov-shuvga toMgan jonli olomondan chiqayotgan edi.
Ular mensiz boshlab yuborishdimi? Yo‘q!
Qandaydir ichki ovoz unga bu jinoyat deb pichirlayotgan bo‘Isa-da (uchta kitobi uning eng katta xazinasi edi), u gulxanning alangalanishini ko‘rishni juda xohlar, bu manzarani ko‘rmasdan turolmasdi. Fikri ojizim- cha, insonlar vayronagarchiliklami tomosha qilishni xush ko‘rishadi. Hammasi qumdan yasalgan qasrlar, qog‘oz uylardan boshlanib kattarib ketaveradi. Insonga ato etilgan eng buyuk qobiliyatlardan biri ham uning doimo o‘sib borishidir.
Lizel oiomon orasidan arang bitta teshik topib, u orqali gunohlar tepaligini ko‘rganida asosiy voqeani ko‘rolmay qolishdan qo‘rqish hissi yo‘qoldi. Tepalikka suv purkashgan va hatto unga qarata tupurishgan edi. U Lizelga hech kimga nafí tegmaydigan tashlandiq va sarosimaga tushib qolgan, taqdirini o‘zgartirishga ojiz boladek tuyuldi. Uni hech kim yoqtir- maydi. Uning boshi xam, qo‘llari cho‘ntaklarida. Abadiy.
Yonayotgan tepalik parcha-parcha bo‘lib oyoq ostiga qulab tusha- yotganida Lizel zo‘r berib Rudini izlardi. Bu cho‘chqa qay go‘rga g‘oyib bo‘ldi ekan-a?
Lizel boshini ko‘tarib qaraganida osmon endi cho‘kkalab o‘tira- yotgan edi.
Fashistlaming bayroqlari va bir xil formalari ufq bo‘ylab suzib yu- rar, Lizel kichikroq bolaning boshi uzra ularga boqmoqchi bo‘lganida bu manzara maydalashib ketar edi. Hammasi behuda edi. Oiomon qanday bo‘lsa shunday. Uni qo‘zg‘atish, siqib chiqarish, kelishish mumkin emas edi. Oiomon bilan birga nafas olasan va u kuylayotgan qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lasan. Uning gulxani yoqilishini kutasan.
Minbarga chiqqan bir kishi hammadan sukut saqlashni talab qildi. U yorqin jigarrang, yangi dazmollangan kiyim kiyib oigan edi. Sukunat bosh-
landi.
Uning birinchi so‘zlari “Hayl Gitler!”, birinchi harakati esa fyurerga salom yo‘llash bo‘ldi.
— Bugun go‘zal kun, — deya davom etdi o‘sha odam. — Bugun nafaqat buyuk yo‘lboshchimizning tug‘ilgan kuni, balki biz dushman- larimizni mag‘lub qilgan kundir. Biz ulaming ongimizga kirib borishiga yo‘l qo‘ymadik...
Lizel hamon oldinga chiqishga intilardi.
— So‘nggi yigirma yil davomida Germaniya bo‘ylab tarqalgan yuqumli kasallikka chek qo‘ydik, agar undan ham ko‘proq bo‘lmasa! — notiq “Schreierei” deb nomlanuvchi ehtirosli qichqiriqlarga o‘tdi, tinglov- chilami hushyor va ogoh bo‘lishga, maqsadlari vatanni vayron qilish bo‘l- gan yovuz fitnalami vaqtida payqashga va to‘xtatishga .chaqirdi.
— Axloqsizlar! Kommunisten1^. — yana o‘sha so‘z yangradi. O‘sha eski so‘z. Qorong‘i xonalar. Kostyum-shim kiygan ishbilarmon odamlar. — Die Juden — Yahudiylar!
Lizel otashin nutqning o‘rtasida olomon bilan kurashishdan to‘xtab, taslim bo‘ldi. “Kommunist” so‘zi uning quloqlariga yetib kelgan zahoti natsistning bayonotini unutdi, uning davomi o‘tmishda, yon atrofda, Lizel- ni o‘rab turgan nemis oyoqlarining ichida yo‘qolib ketdi. Pala-partish so‘z- lar, oqimda qalqib ketayotgan qiz. Lizelning xayolini yana “Kommunisten” so‘zi band etdi.
Hozirga qadar “Nemis qizlar ittifoqi” yig‘inlarida ularga nemislar eng oliy irq ekanligi uqtirib kelinadi, ammo ular boshqalami alohida tilga olishmagandi. Albatta, hamma yahudiylar kimligi haqida bilar edi, chunki ular barkamol nemis millatiga putur yetkazuvchi birinchi raqamli dush-
1 Kommunizm (lotincha: communis — umumiy, ommaviy) — 1) xususiy mulkchilikni inkor etish va moddiy boyliklami barchaga teng taqsimlashni talab qilib qo'yishra asoslangan turlicha qarashlar, nuqtayi nazarlaming umumiy nomi; 2) kapitalizm o‘mini egallovchi va o‘z rivojlanishi tarixida ikki bosqich (faza)ni: sotsializm deb ataluvchi quyi hamda to‘liq kommunizm deb ataluvchi yuqori bosqichni o'tuvchi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya. Sobiq Ittifoqda 1991 -yilgacha, Xitoy, Vetnam, Kuba va Shimoliy Koreyada hozir ham mavjud bo‘lgan tuzumning faollarining umumiy nomi. Kommunist — sotsializmning va kommunizmning ashaddiy tarafdori, kommunistik partiyaning a’zosi.
manlardan edi. Ammo shu paytgacha biron marta bunday siyosiy qarash- larga ega odamlar ham jazoga tortilgan bo‘lishiga qaramay kommunistlar haqida hech qachon eslatilmagan edi.
Lizel bu yerdan chiqib ketishi kerak. Uning oldida o‘rtasidan farq ochilib, ikkita kokil qilib tugilgan malla sochlari yelkasida mutlaqo hara- katsiz o‘tirgan qiz turardi. Lizel unga tikilib, yana o‘tmishdagi o‘sha qo- rong‘i xonalami kezib chiqdi va savollariga onasining faqat birgina sondan iborat javobini oldi. Lizel hammasini juda aniq ko‘rdi. Ochlikdan silla- si qurigan ona, dom-daraksiz ketgan ota. Kommunisten. Marhum ukasi.
— Va endi biz ushbu axlat bilan, ushbu zahar bilan xayrlashamiz!
Lizel Meminger o‘qchib yuborgudek bo‘lib zich olomon orasidan chiqib ketishga intilayotganida yaltiroq jigarrang libosli mavjudot minbar- dan nari ketdi va bir yigitdan mash’alani olib, ulkan tog‘ga o‘t qo‘ydi. Bu harakati uni barcha ayblari oldida mitti odamga aylantirib qo‘ydi.
— Hayl Gitler!
Tomoshabinlar ham baralla qichqirishdi:
— Hayl Gitler!
Minbardan bir to‘da erkaklar tushib, barchaning intiq kutayotgan ishini amalga oshirishdi — gulxanni battar alangalatib yuborishdi. Yelka- lar osha turli-tuman tovushlar chinqirar, awaliga ozgina sezilgan toza nemis terining hidi katta kuch bilan maydonni qoplab oldi. U burchakdan burchakka o‘tib hammani o‘z hidiga g‘arq qildi. So‘zlar, terlar va tabas- sum. Tabassumni unutmaylik.
“Hayl Gitler”ning navbatdagi ommaviy to‘lqinidan so‘ng o‘zaro hazil-huzullar va so‘zlar yomg‘iri yog‘di. Bilasizmi, men shu yerda bitta narsaga hayron qoldim: shuncha odam yig‘ilgan tiqilinchlikda kimdir ko‘zidan ayrilishi, barmog‘i yoki qo‘lini jarohatlashi mumkin-ku. Shun- chaki noqulay vaziyatda noto‘g‘ri tomonga yuzni burish yoki boshqa odamga haddan ziyod yaqin turishning o‘zi yetarli. Ehtimol, kimdir shun- day jarohat olgandir. O‘z kuzatuvimga asoslanib shuni aytishim mumkin- ki, o sha kuni bu yerdagilaming hech biri o‘lmadi, to‘g‘rirog‘i, jismonan o‘lmadi. Albatta, barcha tartibsizliklar tugaguniga qadar qirq millionga
yaqin jonni olishga ulgurgandim, animo bu shunchaki o‘xshatish. Mayli, gulxanga qayta qolaylik.
Ichida qog‘ozlar jizg‘anak bo‘lib eriyotgan qip-qizil alanga olomon- ga do‘stona qo‘l silkir, yetim so‘zlar gaplardan uzilib-uzilib tushardi.
Gulxanning xira tañí ortida qo‘l ushlashib turgan jigarrang liboslar va svastika nishonlari elas-elas ko‘zga tashlanib turardi. Odamlar emas, faqat kiyim va nishonlar ko‘rinardi.
Qushlar gulxan ustida charx urib aylanishar, bir-birining izidan qu- vib gulxandan taralayotgan issiqqa yaqinlashishga urinar, patlari kuyib qolishidan qo‘rqib juda yaqin kelishga botina olishmasdi. Yoki ular inson- larmidi? Shubhasiz, bu yerda gap iliqlik haqida ketmayotgan edi.
Olomon orasidan qochib qutulmoqchi bo‘layotgan Lizelni bir ovoz ushlab oldi.
— Lizel!
Ovoz qizga yetib kelishi bilan u kimning ovozi ekanligini tanidi. Bu Rudi emas, lekin tanish o voz edi. Lizel boshini burib, ovoz kelgan tomonga qaradi va o‘sha yuzni qidirib topdi. Jin ursin, bu Lyudvig Shmeykl ekan. Lizel kutganidan farqli o‘laroq, Lyudvig uni masxara ham qilmadi, hazil- lashmadi ham. Bir so‘z demasdan Lizelni o‘ziga tortib, qonayotgan to‘pi- g‘iga ishora qildi. Xaloyiq hayajon ta’sirida qo‘zg‘algan paytda bexosdan uning oyog‘i lat yegan, paypog‘i ostidan tinmay qon ketayotgan edi. Malla soch bolaning yuzidan yordamga muhtoj ekanligi yaqqol sezilib turardi. U beozor kiyik emas, balki o‘z to‘dasi tomonidan toptalgan va ezilgan yirt- qich hayvonga ko‘proq o‘xshardi. Lizel bir ilojini qilib Lyudvigga o‘midan turishga yordam berdi va uni orqa qatorga, toza havoga sudrab chiqdi. Ular cherkovning zinapoyasiga tomon yo‘l olishdi. O‘sha yerda biroz xoliroq joy topib, dam olishdi, yengil nafas ola boshlashdi.
Lyudvig yutoqib nafas olar, havo bo‘g‘zidan sirg‘alib tushib tana- siga yoyilardi. Nihoyat, u gapira boshladi. U zinapoyada qulay o‘mashib olib, to‘pig‘ini ushladi va Lizel Memingeming yuziga tikildi.
— Rahmat, — dedi u Lizelning ko‘ziga emas, balki og‘ziga qarab. — Va... — Lyudvig yana chuqur nafas oldi. Ikkalasining ham ko‘z oldida
maktabdagi ahmoqona qiliqlari, so‘ngra kaltak manzarasi gavdalandi. — Meni kechir o‘shanda...o‘zing bilasan-ku.
Lizelning qulog‘iga qayerdandir “Kommunisten” degan so‘z yana chalindi, ammo u e’tiborini Lyudvig Shmeyklga qaratdi:
— Sen ham meni kechir.
Shundan so‘ng ikkalasi ham sukut saqlab toza havodan to‘yib nafas olishga e’tibor qaratishdi, chunki gaplashadigan boshqa hech narsa yo‘q edi. Ular orasidagi dushmanlik munosabati nihoyasiga yetgandi.
Lyudvig Shmeyklning to‘pig‘idan halqob-halqob qon oqardi. Lizel- ga o‘sha bitta so‘z suyanib oldi.
Ulaming so‘l tomonida olomon hamon alanga va yonayotgan kitob- lami xuddi qahramonlardek olqishlashardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |