MAVZU: SADT VA SWOT METODLAR
REJA:
SWOT ANALIZ VA UNING IJTIMOIY KORXONALAR FAOLIYATIDAGI ROLI
SADT METODLAR
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
SADT - bu structured analysis and design technique ya'ni loyihalash va strukturali tahlil metodologiyasi, asosan yirik loyihalarni bajarishda kalavani uchini yo'qotib qo'ymaslik va butun tizimni kaftdek ko'rib turishni ta'minlashga yordami tegadigan ishlash uslubi xolos. ITda bu xaqda birontasi biron marta foydalanganini xali eshtganim yo'q shu paytgacha.
SWOT - umuman marketing sohasiga aloqador tushuncha. Tavsifini izohlarda yozishdi...
Bu masalada shaxsiy fikrim, umuman olganda bu tushunchalarsiz xam ITda projectlarni successful amalga oshirish mumkin. Ma'lumot uchun ko'z yugurtirib chiqsa bo'ladi, krugozorni kengaytirish uchun, amaliyotda, ITda bizni sharoitda qo'llash esa turgan bitgani zarar bo'ladi, ko'p resurs talab qiladi xamma shartlarini bajarish uchun...
Начало формы
Конец формы
SWOT analiz va uning ijtimoiy korxonalar faoliyatidagi roli
Seshanba, 15/12/2015 kuni joylandi
Hozirgi kunda jahon miqyosida amal qilayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatini uzoqni mo‘ljallangan holda amalga oshirishini taqoza qilmoqda. Ma’lumki bozor iqtisodiyoti tizimini to‘rtta dastak – talab, taklif, narx va raqobat tartibga solib turadi. Har bir korxona o‘z mahsulotining hayotiyligini oshirish uchun ushbu to‘rtta dastakni qo‘llagan holda o‘rganishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada korxonalarda marketing hamga boshqaruv tizimi qay tarzda yo‘lga qo‘yilganligi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ushbu omillarni o‘rganishda va tahlil qilishda korxonalarda marketing faoliyati va tahlil usullaridan biri SWOT analiz usulidan keng foydalaniladi.
SWOT analiz tahlil usuli birinchi marta 1960-yilda AQShning Stenford Universiteti iqtisodchi olimi Albert Humphrey tomonidan yaratilgan. SWOT analiz – bu korxonalarning kuchli (Strengths) va kuchsiz (Weakness) tomonlarini aniqlaydigan, shuningdek bozor imkoniyatlari (Opportunities) va xatarlari (Threats) ni o‘rganadigan yoki boshqacha qilib aytganda, korxonaning ichki (Strengths or Weakness) va tashqi (Opportunities or Threats) omillarini hisobga olgan holda mahsulot turlarini raqobatga bardoshligini baholaydigan tahlil usulidir. Ushbu usul ayrim manbalarda matritsa usul deb ham nomlanadi, chunki tahlil chizmasi ko‘rinishi 2x2 ko‘rinishdagi matritsani eslatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |