101
* * *
1940-yil yanvar oyining qolgan qismida va fevral oyi davomida bir necha bor Lizel o‘z maktubiga javob kelgan-kelmaganligini bilish uchun pochta qutisini tekshirganida, o‘gay otasining yuragi ham chil-chil bo‘lar- di.
— Kechir, Lizel! Bugun ham yo‘q a? Balki, erta-indin kelib qolar- a, nima deding?
Keyinchalik Lizel kutishdan ma’no yo‘qligini tushundi. Agar onasi- ning imkoni bo‘lganida, uni vasiyligiga olgan odamlar, Lizelning o‘zi yoki Hubermanlar bilan aloqaga chiqqan bo‘lardi. Ammo shuncha vaqt o‘tsa ham undan sas-sado yo‘q edi.
Fevral oyining o‘rtalarida doimiy mijozlaridan biri Hayde ko‘cha- sida yashovchi Pfaffelxurferlar oilasining Lizelning qo‘liga xat tutqazishi dard ustiga chipqon bo‘ldi. Er-xotin bor bo‘y-bastini namoyish etib eshik oldida turgancha unga ma’yus nigoh bilan qarashdi.
— Bu onangga, — dedi erkak xatjildni uzatib. — Bizni ma’zur tutsin, aytib qo‘y.
O‘sha kuni Hubermanlar xonadonidagi oqshom xayrli bo‘lmadi.
Lizel onasiga beshinchi maktubini yozish uchun yerto‘laga uzlatga chekinganida (jami yozgan beshta maktubidan faqat bittasini jo‘natgan edi) Rozaning qarg‘ishlari qulog‘iga chalindi: u eshak Pfaffelxurfer va hamma yog‘ini bit bosgan Emst Fogelni tinmay yomonlab, haqoratlar edi.
— Feuer soll ’n 's brunzen für einen Monat! — bu gap Lizelga aniq eshitildi. Taijimasi: “Ilohim, o‘sha ikkalovining ham bir oy qovuqlari olov bo‘lib yonsin!”
Lizel maktubini yozishda davom etdi.
Uning tug‘ilgan kuni kelganida, bironta ham sovg‘adan darak bo‘l- madi, chunki sovg‘a olishga pul yo‘q edi. Aksiga olib o‘sha paytda otasining ham tamakisi tugab qolgandi.
— Men senga aytgandim, — Roza barmog‘ini eriga nuqdi. — “Rojdestvo”da bitta kitobni bermay tur degandim. Lekin sen ko‘nmading.
Sen quloq soldingmi? Albatta, yo‘q!
— Bilaman, bilaman! — Hans xotiijamlik bilan Lizelga yuzlandi. — Bizni kechir, LizeL Hozir senga sovg‘a olib berishga qurbimiz yet- maydi.
Lizel bundan asió xafa bo‘lmadi, yig‘lab-siqtab ñola qilmadi, oyoq- lari bilan polni depsinib turib ketmadi. U shunchaki bor xafaligini ichiga yutdi va bitta tavakkal ishga qo‘l urishga, ya’ni o‘ziga o‘zi sovg‘a berishga qaror qildi. Rejaga ko‘ra, u onasiga atab yozgan barcha maktublarini to‘plab, bitta xatjildga soladi va ulami kerakli manzilga jo‘natish uchun kir-chir tarqatganda berilgan pulning ozginasini olib ishlatadi. Keyin, albatta, o‘gay onasidan o‘z nasibasini oladi, katta ehtimol bilan u oshxo- naning o‘zidayoq savalaydi, lekin Lizel g‘ing deb ovoz chiqarmay barcha- siga chidaydi.
Uch kundan so‘ng, rejasi o‘z mevasini berdi.
— Bu yerda jami pul kam chiqyapti-ku! — onasi Lizel bilan pechka yonida turib to‘rtinchi marta pulni sanadi. Pechkaning issiq taftidan Lizel- ning yuz-ko‘zlari, tanasi qiziy boshladi.
— Pulning qolgani qani, Lizel?
Lizel yolg‘on gapirdi:
— Ular odatdagidan kamroq berishgan bo‘Isalar kerak.
— Sanab olmadingmi, axir?
Lizel axiyri rostini aytib qo‘ya qoldi:
— Men ulami ishlatib qo‘ydim, oyijon.
Roza qizga yaqinroq keldi. Bu yaxshilik alomati emas edi. U yo- g‘och qoshiqlarga juda yaqin edi.
— Nima qildim deding?
Lizel bir so‘z aytishga ulgurmasdan oldin yog‘och qoshiq zarb bilan kelib tushdi. Badanida oyoq izlaridek qip-qizil qontalash izlar paydo bo‘- lib, lov-lov yona yona boshladi. Kaltaklash tugagach, polda yotgan Lizel nihoyat yuqoriga qarab hamma narsani tushuntirib berdi.
Gapirayotganida Lizelning kipriklari pirpiradi, ko‘z oldida sariq chaqmoqlar zohir bo‘lib, yurak urishi tezlashib ketdi:
— Pulni maktublarimni pochtadan yuborish uchun ishlatgandim.
Keyingi lahzalarda chang bosgan polni his qildi, kiyimlari egnida emas, balki yonida yotgandek tuyuldi va eng ayanchlisi — to‘satdan barcha harakatlari behuda ekanligini, onasidan hech qachon javob xati kelmasligini, ular endi bir-birlari bilan hech qachon ko‘risha olmasligini angladi. Bu dahshatli haqiqat unga ikkinchi zarba bo‘lib tushdi. Og‘riq Lizelning suyak-suyagidan o‘tib ketdi va bir necha daqiqagacha to‘xtamadi.
Uning tepasida turgan Roza dastlab o‘zini e’tiborsiz tutdi, lekin tez- da karton qutiga o‘xshash yuziga tashvish ifodasi yoyildi. Ruhan ezilgan va yog‘och qoshiqni tayoqdek mahkam ushlab oigan Roza egilib, undan kechirim so‘radi:
— Meni kechir, Lizel.
Lizel Rozani yaxshi bilganligi uchun onasining kaltak sababli kechirim so‘ramayotganini tushunib turardi.
U hanuz chang va kir aralashgan polda, xira nur sochayotgan chiroq ostida yotar, ozg‘in badanidagi qizil dog‘lar kattarib shishib ketgandi. Uning nafasi bo‘g‘ilib, bittagina sariq ko‘z yoshi yuzidan dumalab tushdi. Lizel ostidagi polni his qildi. Qo‘l. Tizza. Tirsak. Yonoq. Boldir suyagi. Polning, ayniqsa, chakkasini qo‘yib yotgan qismi juda sovuq edi, lekin u qimirlay olmasdi.
U endi haqiqiy onasini boshqa hech qachon ko‘rmaydi.
Lizel taxminan bir soat davomida oshxona stoli ostida yotdi. Otasi uyga kelib akkordeon chala boshlagandan keyingina turib o‘tirib, o‘ziga kela boshladi.
Lizel o‘sha oqshom haqida yozishni boshlaganida, na Roza Huber- manga va na o‘z onasiga nisbatan g‘azabda edi. Uning fikricha, ikkala ayol ham faqat vaziyat qurbonlari bo‘lishgan. Faqat sariq ko‘z yosh haqidagi fikr uning miyasida tinimsiz takrorlanardi. “Agar odam qorong‘ilikda yig‘ - lasa, ko‘z yoshlari ham qora bo‘lishi kerak”, — deb o‘ylardi Lizel.
— Axir, o‘shanda ham qorong‘i edi-ku, — dedi o‘ziga o‘zi.
U o‘zi bilganicha o‘sha yerda nur taratib turgan sariq chiroq ostidagi —¡oá—--
o‘sha manzarani tasawur qilishga qancha urinmasin, xayolida hamma tasvirlar chuvalashib ketaverardi. U zulmatda kaltaklangan, o‘sha sovuq va qorong‘i oshxona polida yotdi. Hatto otasi chalgan musiqada ham zulmat- ning rangi mujassam edi. Yagona g‘alati jihati shunda ediki, bu fikrdan Lizel zarracha xafa bo‘lmadi, aksincha bu unga bilvosita tasalli berdi.
Zulmat va yorug‘lik. Ulaming orasida nima farq bor?
Qo‘rqinchli tushlar uni zulmatda ham yorug‘likda ham birday ta’qib qilar, faqat kitob o‘g‘risi hamma narsa aslida qanday ekanligini va endi qanday bo‘lishini tushuna boshlagandi. Agar boshqa tanlov qolmasa, hech bo‘lmaganda u o‘zini tayyorlab olishi mumkin edi. Lizel shuning uchun ham onasining boshiga tushgan ko‘rgiliklar haqidagi savolga to‘liq javob oigan o‘sha fyureming tug‘ilgan kunida o‘zidagi har qanday chalkashlik va g‘azabga qaramay, javob qaytarishga qodir edi.
Lizel Meminger shay edi.
Tug‘ilgan kuningiz bilan, Herr Gitler.
Dunyo turguncha turing.
Do'stlaringiz bilan baham: |