ANGLASH
Hovlida kitob o‘g‘risi hay kali turardi...
O‘zi mashhur bo'lmasidan oldin hay kali pay do bo'lgan odamlar kamdan kam uchrasa kerak, shunday emasmi?
Lizel yengil tortib, e’tiborsiz qolish baxtidan xursand bo‘ldi.
Kitob biroz sovigandek tuyulganligi uchun uni kiyimining ichiga yashirib qo‘ydi. Dastlab, ko‘ksidagi kitob yoqimli va iliq edi, ammo Lizel yurishda davom etishi bilan yana qiziy boshladi.
Lizel otasi va Volfgang Edelning oldiga qaytganida, kitob allaqa- chon uning badanini kuydira boshlagan, lov-lov yonib alangalanayot- ganday tuyuldi. Ikkala erkak ham qizga qarashganida, Lizel jilmayib qo‘y- di. Lablaridan tabassum so‘ngan lahzada yana bir narsani sezdi. To‘g‘riro- g‘i, boshqa bir odamning borligini payqadi. Uni yana kimdir kuzata- yotganiga mutlaqo ishonchi komil edi. Boshqa birovning diqqatini jalb qil- ganini qiz allaqachon his qilgan, shahar hokimligi binosi yaqinidagi shar- palarga qarashga jur’at etganida, uning shubhasi tasdiqlangan edi. G‘ira- shira sharpalardan picha uzoqda, bir necha metr narida turgan noma’him odam haqida Lizel ikkita narsani fahmladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |