JONLI BUYUMLAR
Yarmi kuygan qizil bayroq, yahudiy shoiri haqidagi ikkita plakat, uchta kitob va ustiga yahudiy tilidagi so'zlar yozilgan yog'och belgi.
Balki, bu narsalar nam tortib qolgandir yoki olov tili ular yotgan chuqurlikkacha yetib bormay o‘chib qolgandir. Nima bo‘lishidan qat’iq nazar, ular kullaming pinjiga tiqilib omon qolishgan edi. Ular tirik qolishni
1 Pass auf, Kind (nemischa) — ehtiyot bo‘l, bolam.
uddalashgan edi.
— Uchta kitob, — Lizel jimgina shunday kul tashiyotgan odam- larga qaradi.
Qani, bo‘la qol, — dedi ulardan bittasi. — Qomim tatalab ketdi, ketaylik.
Ular yuk mashinasi tomon ketishdi.
Kul ichidagi kitoblar hamon mung‘ayib qarab turishardi.
Lizel asta ularga yaqinlashdi.
Kultepadan hamon kuchli darajadagi issiqlik taralar, kul uyumining etagida Lizelning badanini qizdirib yuborgandi. U qo‘lini cho‘zganida issiq qo‘lini tishlab oldi, lekin ikkinchi urinishda hammasini tezda baja- rishga muvaffaq bo‘ldi. U o‘ziga eng yaqin turgan, chekkalari xiyol kuy- ganini aytmasa umuman zarar ko‘rmagan issiq va namchil kitobni oldi. Uning moviy muqovasi qatorasiga yuz martalab to‘qilgan kashtadek qalin edi. Qizil harflar ipga tizilgan maijondek naqshli muqova ustiga terilgandi. Lizel “Yelka” degan so‘zni o‘qishga arang ulgurdi. Qolganini o‘qib turish uchun fursat yo‘q edi, bundan tashqari, yangi muammo paydo bo‘lgandi.
Lizel qaynoq kitobni bir qo‘lidan ikkinchisiga olib shoshilgancha ketar, muqovadan burqsib tutun chiqardi. U boshini solintirib ildam yurib ketar, qadam bosgani sari asab tolalari bo‘shashi borardi. Lizel o‘n to‘rt qadam otgach, kutilmaganda orqasidan ovoz eshitildi.
O voz egasi uning orqasida turardi.
— Hoy!
Yuragi taka-puka bo‘lgan Lizel, sal qolsa, orqasiga qaytib borib kitobni kulga tashlab kelmoqchi edi, lekin bunday qilishga jur’at topol- madi. Jur’ati faqat ortiga burilib, gapiruvchiga ko‘z tikishga yetdi.
— Mana bu yerda yonmay qolgan bir nimalar bor ekan! — dedi kulni tozalayotgan erkaklardan biri. U qizga emas, aksincha shahar hoki- miyati binosi panasida turgan odamlarga qarab gapirardi.
— Unda qaytadan yondir! — javob keldi ikkinchi tomondan. — Yonib kul bo‘lguncha ko‘zingni uzmay qarab tur!
— Lekin bular nam tortib qolgan ko‘rinadi.
— Yo Iso, Bibi Maryam va Yusuf! Shuni ham mendan so‘rab o‘tira-
sanmi? Yoq degandan keyin yoq-da!
Lizelning yonidan gurs-gurs oyoq tovushlari o‘tib ketdi. Bu odam
natsistik kiyimi ustidan qora pal to tashlab olgan shahar hokim edi. U
o‘zidan sal nariroqda butunlay harakatsiz qotib turgan qizni payqamadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |