XIXBOB
JANGCHINING KURASHGA KIRISHI
Manzaralami o‘zgartirish vaqti keldi.
Qadrli do‘stim, to bugungi kungacha ikkalamiz uchun ham hammasi
juda oson kechdi, shunaqa emasmi? Keling, Molkingni bir-ikki daqiqaga
unutib turamiz.
Ishonavering, bu biz uchun foydali bo‘ladi. Hikoyamiz uchun ham
muhimdir.
Picha yo‘l turib maxfiy omborxonaga boramiz va oldimizdan chiq-
qan narsalarni bir-bir ko‘ramiz.
AZOB-UQUBATLAR OLAMIGA SAYOHAT
Chap tomoningizda, ehtimol o'ng tomoningizda yoki qarshingizda tor va qorong'i xona bor.
Uning ichiga kirsangiz, bir yahudiyga ko'zingiz tushadi.
U isqirt bo‘lib ketgan, ocblikdan sillasi qurigan va qattiq qo‘rquv ostida.
Iltimos, undan nazaringizni olib qochishga urinmang.
Kitob 0‘g‘rilari, burgomistrlaming rafiqalari-yu “Himmel” ko‘cha- sidan ancha olisda, ulardan bir necha yuz kilometr shimoliy g‘arbdagi Shtutgart degan joyda bir kishi zulmat qo‘ynida o‘tirardi. Ular shu yemi ma’qul ko‘rishdi, chunki zulmatda yahudiyni topish juda mushkul.
U chamadonini ostiga qo‘ygancha kutib o‘tirardi. U necha kundan beri shu alpozda o‘tiribdi ekan-a?
Yahudiy bir necha haftadan beri oshqozoniga och nafasidan chiqqan qo‘lansa hiddan boshqa hech narsa kirmagan edi. O‘qtin-o‘qtin yonidan g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovozlar o‘tib ketar, shu pallalarda u eshikni taqillatib, ochishlarini va uni ko‘zni qamashtiruvchi nur tomon tortib olib chiqish- larini qattiq istar edi. Hozir esa u o‘rindiq vazifasini o‘tayotgan chama- donining ustida, iyagiga kaftlarini qo‘ygancha jim o‘tirishga majbur edi. Qanchalik uzoq o‘tirgan sari tirsaklarining tafti sonlarini kuydirardi.
Uning bisotida uyqu, to‘g‘rirog‘i, ochlikdagi uyqu, yarim uyg‘oq holdagi bezovtalik va toshday qattiq pol bor edi.
Oyoqlaming qichishini unut.
Tovoningni qashlama.
Haddan ortiq qimirlama.
Hamma narsa qanday bo‘lsa, shundayligicha tursin. Ehtimol, tez orada ketishga imkon tug‘ilib qolar. Shu tobda to‘pponchadan otilgan o‘qdek mitti yorug‘lik ko‘rinib darhol yo‘qoldi. Ehtimol, vaqti-soati kelib bu yerdan ketar. Uyg‘onish vaqti keldi. Uyg‘on, la’nati! Uyg‘onsang-chi!
Eshik ochilib darhol yopilganda ichkariga kirgan bir sharpa uning ustiga egilib turardi. Yahudiy egnidagi kiyimning sovuq oqimida bitta qo‘l paydo bo‘lib, irkit to‘lqinlar ichiga shaloplab ketdi. Sharpadan nihoyat bir ovoz eshitildi:
— Maks, — pichirladi u, — Maks, uyg‘on.
U ko‘zlarini qattiq cho‘chigan odamdan farqli ravishda butunlay boshqacha ochdi. Hech qanday baqir-chaqir, tarsaki yoki xursandchilik bo‘lmadi. Bu singari holat qo‘rqinchli tushdan uyg‘onib ketganingizda sodir bo‘ladi. Yo‘q, uning ko‘zlari ochilmadi, balki bir zulmatdan ikkinchi bir zulmatga o‘tdi, xolos. Ovozga uning faqat tanasi javob berib, o‘midan
turib o‘tirdi va havoni ushlamoqchidek qo‘lini oldinga cho‘zdi. Boyagi ovoz uni tinchlantira boshladi.
— Seni kuttirib qo‘yganim uchun uzr. Ular mening izimdan kuza- tishyapti, shekilli. Shaxsni tasdiqlovchi guvohnomani olib kelaman degan yigit men o‘ylagandan ko‘ra ancha hayallab qoldi, muhimi... — u biroz tin oldi. — Muhimi endi sening guvohnomang bor. To‘g‘ri, eng sifatlisi emas, lekin u o‘sha yerga xavfsiz yetib olishingga yordam beradi deb umid qi laman.
Sharpa egilib chamadon tomonga qo‘l uzatdi. Kaftida og‘ir va yassi bir narsani ushlab turardi.
— Qani, tura qol endi, Maks.
Maks itoatkorlik bilan o‘midan turdi va badanini qashidi, suyak- larining taranglashayotganini sezdi.
— Guvohnoma shuning ichida, — sharpa unga kitob uzatgan edi. — Xarita va ko‘rsatmalami ham kitob ichiga bilintirmayjoylashtir. Buning ichida muqova qatiga mahkam bekitilgan kalit ham bor, — u iloji boricha shovqin chiqarmasdan chemodanning qulfini “chirt” etib ochdi va kitobni ichiga bomba singari avaylab qo‘ydi. — Men bir necha kundan keyin yana qaytib kelaman.
Sharpa ichiga non, pishloq va uchta maydaroq sabzi solingan kich- kina sumkani ham qoldirdi. Uning yonida bir idishda suv ham qo‘ydi. Hech qanday uzr so‘rashlar bo‘lmadi.
— Qo‘limga nima yegulik tushsa, shuni solib kelaverdim.
Eshik ochilib, qayta yopildi.
U yana yolg‘iz qoldi.
Shundan keyingi lahzalarda u bir ovozni, keyinchalik esa o4nlab ovozlarni eshitdi.
Zulmatda yolg‘iz o‘zi o‘tirganida hamma narsa juda baland ovozda shovqin qilardi. U tanasini qimirlatgan zahoti shitirlash eshitilar, o'sha paytda u o‘zini qog‘ozdan ust-bosh kiygan odam kabi his qilardi.
Aytgancha, ovqat yeb olish esdan chiqmasin.
Maks nonni uch qismga bo‘lib, ikkitasini chetga surib qo‘ydi. Qo'li-
da qolgan uchinchi bo‘lakni nomiga chaynagan bo‘ldi-da, tomog‘ining qu- ruqshab qolgan yo‘lagiga itarib yubordi. Sovuq va qattiq pishloq oshqozo- niga darrov tushavermay zinapoyada tiqilib qoldi. Bir necha yutinishlar uni tomog‘ining devorlaridan yulib, pastga tushirib yubordi.
Endi navbat sabziga keldi.
U boyagidek ikkita sabzini bir chetga olib qo‘yib, uchinchisiga hamla qildi. Sabzini chaynaganida chiqayotgan shovqinni tasawur qilib bo‘lmasdi. Maksning og‘zidagi to‘q sariq sabzining maydalanishini hatto fyurer ham eshitgan bo‘lsa kerak. Har luqma tishlaganida tishlari zirqirab sinib ketgandek tuyulardi. Suvni ichar ekan, uni osongina yutayotganidan hayron bo‘ldi va keyingi safar ovqatlanishni, albatta, birinchi bo‘lib suv ichishdan boshlashni ko‘ngliga tugib qo‘ydi.
* * *
Maksning qomi to‘yib biroz o‘ziga kelgach, yoqimsiz aks-sadolar yo‘qolib, jasoratini yig‘di-da, barmoqlari bilan tishlarini paypaslab ko‘rib hammasi bus-butun ekanligiga ishonch hosil qildi. U tabassum qilishga urindi, ammo bu ish bermadi. U o‘z xayolidagina singan tishlarga to‘la og‘zining tiijayishini tasawur qilib qo‘ya qoldi. Soatlar mobaynida faqat shulami his qilib o‘tirdi.
Birozdan so‘ng chamadonini ochib, ichidan kitobni chiqardi. Zul- matda kitobning nomini o‘qiy olmadi, gugurt yoqish esa juda xavfli ish bo‘lib tuyuldi.
Uning gapirishi shivirlashdan farq qilmasdi.
— Iltimos, — dedi u. — Yolvoraman, iltimos.
U umnda ko‘rmagan odam bilan g‘oyibona gaplashayotgan edi. Boshqa muhim tafsilotlar qatorida u bu odamning ismini bilar edi: Hans Huberman. Unga, o‘sha olisdagi begona odamga yana murojaat yo‘lladi, unga yukundi.
— Iltimos.
XXBOB
YOZ FASLINING XUSUSIYATLARI
Xo‘sh, endi ozgina bo‘lsa ham nimanidir bilasiz.
1940-yil oxiriga kelib “Himmel” ko‘chasida nima bo‘lishidan yax- shi xabardor bo‘ldingiz.
Men bilaman, siz ham bilasiz. Lekin Lizel Meminger haqida bunday deb bo‘lmaydi.
Kitob o‘g‘risi uchun bu yilgi yoz odatdagidan farq qilmas edi. U to‘rtta muhim qismdan yoki xususiyatlardan iborat edi. Lizel ba’zan ulardan qaysi bin kuchliroq ekanligi haqida o‘ylab qo‘yardi.
NOMZODLAR QUYIDAGILAR:
Har oqshom “Yelka qisish”ni muntazam o‘qib borish.
Burgomistr kutubxonasiningpolida kitob o‘qish.
“Himmel” ko'chasida fútbol o'ynash.
0‘g‘rilik uchun yangi imkoniyatlami ochish.
Lizelning fikricha, “Yelka qisish” asari ajoyib edi. Har oqshom qo‘rqinchli tushlaridan qutulganida, o‘zining uyg‘oqligi va kitob o‘qiy olishidan tasalli topardi.
— Xo‘sh, yana bir nechta sahifa o‘qiymizmi? — o‘gay otasi har safar shunday deb so‘raganida Lizel sevinib bosh irg‘atardi. Ba’zan tuni bilan o‘qib, ertasi kuni tushga yaqin navbatdagi bobni tugatishar edi.
Ushbu kitob nima uchun rasmiylarga ma’qul kelmasligi aniq edi. Asardagi bosh qahramon yahudiy bo‘lib, u ijobiy xislatli to‘la odam ko‘ri- nishida tasvirlangan va buni asió kechirib bo'lmasdi. U toshqin daryodek o‘tib ketayotgan hayotidan charchagan boy-badavlat odam edi. O‘zining ta’biri bilan aytganda, odamning Yer yuzidagi barcha muammolari va quvonchlariga yelkalarini qisib qo'yish joniga teggan edi.
Molkingga yoz kirib kelgan dastlabki kunlarda Lizel va otasi asami
o‘qishda ildamlab, bosh qahrarnonning Amsterdamga ish bilan boradigan joyiga yetib kelishdi. Amsterdamda o‘sha vaqtda qahraton sovuq hukmron bo‘lib, “Hatto ko‘chadagi qorlar ham izg‘irindan dir-dir titrashardi”. Lizel- ga shu jumla ayniqsa juda yoqdi — “Qoming izg‘irindan dir-dir titrashi”.
— Qor yog‘ganda shunaqa bo‘lib tushadi-da o‘zi, — dedi Hans Huberman uning zavqlanishidan taajjublanib. Ular karavotga yonma-yon o‘tirishar, Hansning ko‘zlari yarim yumuq bo‘lgani holda Lizel ko‘zlarini katta-katta ochib kitobga tikilardi.
Ba’zan u otasining o‘tirgan joyida uxlayotganini tomosha qilar, shu tariqa u haqida ikkalasi tasawur qilganidan ham ko‘proq narsalami bilib olardi.
Lizel bir necha bor er-xotin Hubermanlaming Hansning doimiy ish- siz yurishi haqidagi bahs-munozaralarini eshitib qolar, ba’zan esa Roza- ning Hansdan o‘g‘lining oldiga borib xabar olib kelishini so‘rab yolvora- yotgani qulog‘iga chalinardi. Vaholanki, ulaming o‘g‘illari allaqachon ijaraga olingan uyidan chiqib ketgan va katta ehtimol bilan frontga yo‘l olgan edi.
Otasining ko‘zi ilingan payti Lizel: “Schlafgut\ dada”, — deb aytar va karavotidan sirg‘alib tushib, chiroqni o‘chirib qo‘yardi.
Navbatdagi xususiyat, yuqorida aytganimdek, burgomistming kutubxonasi edi.
O‘sha vaziyatning ko‘z oldingizda yaqqolroq namoyon bo‘lishini istasangiz, iyun oyining nihoyasidagi salqin bir kunni tasawur qiling. O‘shanda Rudi, yumshoq qilib aytganda, juda g‘azablangan edi.
Lizel Meminger bugun kirlami xonadonlardan bitta o‘zi to‘plab chiqmoqchi ekanligini e’lon qilgan kezda Rudi boshqacha bo‘lib ketdi. Uning qayeri yomon? Ko‘chada unga hamrohlik qilsa, nima bo‘pti?
— Nolishni bas qilsang-chi, hoy cho‘chqa, — uni jerkib berdi Lizel. — Shunchaki o‘zimni yomon his qilyapman, bor-yo‘g‘i shu. Borib futbo- lingni o‘yna, kechikyapsan.
1 Schlaf gut (nemischa) — yaxshi uxlang.
Rudi unga yelkasi osha bir qarab qo‘ydi:
— Mayli, sen nima desang shu. Menga desa, shu kirlaringga yopi- shib qolmaysanmi?! — Rudi tez orqasiga chopib ketdi va vaqtni boy ber- masdan jamoasiga qo‘shildi. “Himmel” ko‘chasining boshiga yetib bor- gach, Lizel ortiga burilib qaradi va Rudini vaqtinchalik darvoza oldida turganini ko‘rdi. Rudi unga qo‘l silkidi.
— Cho‘chqa! — Lizel xandon otib kulib yubordi va qo‘lini silkitish uchun ko‘targanida Rudining ham uni “cho‘chqa” deb atayotganini pay- qadi. O‘ylaymanki, bu holatni: “O‘n bir yoshli bolalar orasidagina uchrashi mumkin bo‘lgan eng beg‘ubor muhabbatning bir ko‘rinishi”, — deb atasam, asió yanglishmagan bo‘laman.
Lizel Grande ko‘chasidagi burgomistming uyi tomon yugurib ketdi.
Albatta, u har safar halloslab, terlab-pishib o‘sha uyga kirib borar, animo, baribir, kitob bilan oshno bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lardi.
Burgomistming rafiqasi qizni to‘rtinchi marotaba uyiga kiritib, o‘zi yozuv stoliga o‘tirdi va kitoblami beparvo tomosha qila boshladi. Lizel ulamikiga ikkinchi bor tashrif buyurganida, u qizga javondan kitob olib o‘qishga ruxsat berdi va shu ondayoq u bir kitob izidan ikkinchisini, so‘ngra uchinchisini ochko‘zlik bilan olib, ba’zilarini qo‘ltig‘i ostiga qistir- di, qolganlarini bo‘sh turgan qo‘liga tog‘dek qilib uydi.
Bugun ham Lizel salqin xonaning o‘rtasida turganida, birdan oshqo- zoni o‘kirib yubordi, lekin indamas va ma’yus ayoldan hech qanday sas- sado ham chiqmadi, u hatto qizga nigohini ham qaratmadi. Ayol egniga o‘sha tanish xalatini kiyib oigan edi. Lizelga zimdan bir necha bor nazar tashlab oigan bo‘lsa ham, uzoq qadalib turmadi. Ko‘pincha, u Lizel o‘qiyotgan kitobga razm solib o‘tirardi. Xonadagi deraza tabaqalari keng ochib qo‘yilgan, dam-badam shabada oqimi bostirib kirib kelardi.
Lizel pol ustida muk tushib o‘tirar, atrofida kitoblar sochilib yotardi.
Qirq daqiqadan keyin u ketishga tushdi, har bir kitob qaytarib o‘z joyiga qo‘yildi.
— Xayr, Frau Hermán. Katta rahmat! — bu so‘zlar har safar burgomistming rafiqasini hushyor torttirardi. Shundan so‘ng u Lizelga kir
yuvish haqini berar va qiz xonadan chiqib ketardi. Kitob o‘g‘risi to uyiga chopib ketguncha uning har bir harakati kuzatuv ostida bo‘lardi.
Yoz yaqinlashgani sari kitoblar bilan to‘lgan xona iliqlasha boshladi va Lizel kirlami olib ketish yoki topshirish uchun kelganida pol endi uning badanini qaqshatmay qo‘ydi. Qiz yoniga bir uyum kitobni to‘plagancha polda o‘tirar va har biridan bir nechta xatboshi o‘qib ko‘rardi. Uyga bor- ganida ma’nosini otasidan so‘rab olish uchun kitoblarda uchragan noma’ him so‘zlami yodlab qolishga harakat qilardi. Keyinchalik — Lizel vo- yaga yetib o‘sha kitoblar haqida yozganida — bitta ham nom esiga kelma- di. Harchand urinmasin, bitta kitob nomini ham eslay olmadi. Ehtimol, o‘sha kitoblami ham o‘g‘irlaganida, nomlari xotirasida yaxshiroq qolar- midi.
Holbuki bitta narsa uning xotirasida mustahkam joylashib qolgandi: rasmlar bilan to‘la bir kitob muqovasining ichki yuzasiga qiyshiq harflar bilan shunday ism yozilgan edi: q -A YIGITNINGISMI
Yohann Herman
Lizel labini tishladi, ammo oxir-oqibat o‘zidagi qiziquvchanlikka qarshilik ko‘rsata olmadi. Polda o‘tirgan joyidan xalat kiygan ayol tomon- ga o‘girilib savol berdi: — Yohann Herman degan odam kirn?
Ayol qizning ko‘ziga emas, yon tomoniga, tizzalariga yaqin joyga qaradi.
Lizel noto‘g‘ri savol benb qo‘ydim, shekilli, degan o‘yda darrov kechirim so‘radi:
— Meni ma’zur tuting. Bunday narsalami so‘rashga haqqim yo‘q edi... — u gapining davomini deyarli ming‘irlab aytdi.
Ayolning yuzi o‘zgarmadi, lekin u qayerdandir kuch topib gapirish- ga muvaffaq bo‘ldi:
— U bu dunyoda endi hech kim emas, — deya tushuntirdi u. — U mening...
—— c
Do'stlaringiz bilan baham: |