HANSNING YASHIN TEZLIGIDAGI TASAWURLARI
Dastavval u Lizelning “Go'rkovlar uchun qoilanma”, “Faust laqabli it”, “Mayoq”, va hozirgi “Yelka qisish” degan kitoblarini ko‘rdi.
Keyin esa oshxonani va stol ustidagi Lizel o'qishga odatlangan kitoblami nazarda tutib zahrini sochayotgan kichik Hans ko'z oldiga keldi.
U: “Mana bu qiz qanday be’mani kitoblami o'qiyapti?” — deb so'radi va bu savolini uch marotaba takrorlab, shundan so'ng Lizelning o'qishi uchun ma’qul asaming nomini aytdi. — — - /
— Lizel, meni ikki qulog‘ing bilan ham yaxshilab eshit, — otasi qo‘lini uning yelkasiga qo‘yib teng qadam tashlay boshladi. — Bu kitob bizning sirimiz bo‘lib qoladi. Awalgidek uni tunda yoki yerto‘lada o‘qiy- miz, lekin menga bir narsani va’da berishing kerak.
— Siz nima desangiz shu, dada.
Oqshom mayin va sokin edi. Atrofdagi hamma tinglar edi.
— Agar sizdan bitta sirimni saqlashni so‘rasam, hech kimga aytib qo‘ymaysanmi?
— Aytmayman, va’da beraman.
— Barakalla. Endi tezroq uyga boraylik. Agar biroz kechiksak, onang ikkimizni ham oMdiradi, ammo biz o‘lishni istamaymiz, to‘g‘rimi? Endi bitta ham kitob o‘g‘irlamagin, xo‘pmi?
Lizel ayyorona jilmaydi.
U yaqin kunlarda o‘gay otasining sigaretalarini yana bir kitobga ayirboshlab kelishini bilmasdi, lekin bu safar kitob Lizel uchun emasdi. Hans natsistlar partiyasining Molkingdagi bo‘limi eshigini taqillatdi va ba- honada arizasining ahvoli haqida surishtirdi. Partiya a’zolari bilan shu haq- da gaplasha turib ularga so‘nggi chaqalarini va o‘ndan ortiq sigaretalarini berdi. Buning evaziga esa “Mayn Kampf’ning o‘qilgan nusxasini oldi.
— Yoqimli mutolaa tilayman, — dedi partiya faoli.
— Rahmat, — Hans bosh irg‘adi.
U binodan tashqariga chiqqan bo‘lsa ham ichkaridagi suhbatni yax- shi eshitdi. Bir ovoz, ayniqsa, juda tiniq eshitildi.
— Hatto “Mayn Kampf’ning yuzta nusxasini sotib olsa ham uni hech qachon partiyaga qabul qilmaymiz, — dedi o‘sha o‘tkir ovoz. Bosh- qalar bu fikmi bir ovozdan ma’qullashdi.
Hans kitobni o‘ng qo‘lda mahkam qisib, pochta jo‘natmasi uchun zarur bo‘ladigan pul, tamakisiz hayot va unga bu ajoyib g‘oyani bergan asrandi qizi haqida o‘ylardi.
— Rahmat, — beixtiyor takrorladi u.
Yonidan o‘tib ketayotgan o‘tkinchi esa tushunmay undan nima deganini so‘radi.
Hans odati bo‘yicha xushmuomalalik bilan: “Hech narsa, aziz do‘stim, shunchaki aytdim. Hayl Gitler!” — dedi va qo‘lida fyureming sahifalarini tutgancha Myunxen ko‘chasi bo‘ylab yurib ketdi.
Hansning o‘sha lahzalarda boshdan kechirgan chalkash his-tuyg‘u- lami tashqariga chiqarishiga o‘sha g‘oyaning yuzaga kelishiga nafaqat Lizel, balki o‘z o‘g‘li ham hissa qo‘shganligi sabab bo'lgandir. Hans endi
o‘g‘li bilan hech qachon uchrashmasligini oldindan ko‘ra olganmidi? Ku- tilmaganda miyasiga kelgan g‘oyadan bag‘oyat zavqlangan Hans uning qay darajada murakkablik, xavfli va mash’um ekanligini tasawur qilishga jur’at etmadi. Hozircha g‘oyaning o‘zi borligi yetarli edi. U daxlsiz edi. Biroq uni haqiqatga ko‘chirish mutlaqo boshqa narsa. Mayli, Hans Huberman hozircha xursand bo‘lib yuraversin. Unga yetti oy muhlat beramiz. Keyin unga zarba beramiz. Qanday qilib zarba berishm esa o‘ylab ko‘rish kerak.
XVIII BOB
Do'stlaringiz bilan baham: |