KURASHIM”
Bu qism quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:
Uy да qaytish — ma’yus ayol — aktyor —jonglyor — yozning fazilatlari — oriy baqqol — xurrak otuvchi — ikkita makkor — va aralash qand shaklidagi qasos.
XVII BOB
UYGA QAYTISH
“Mayn Kampf ’ fyureming o‘zi yozgan kitob edi.
U Lizel Memingerga yetib kelgan uchinchi muhim kitob bo‘lsa-da, Lizel bu kitobni o‘g‘irlamagan edi. Kitob “Himmel” ko‘chasidagi 33-uyda Lizel navbatdagi qo‘rqinchli tushidan keyin yana uxlab qolgan paytda paydo bo‘ldi. Ba’zilar Lizelda Gitler yozgan kitobning borligini mo‘jizaga tenglashtirishlari mumkin. Ushbu kitobning sayohati Lizel va otasi tungi kechasidan so‘ng uyga qaytayotganlarida boshlangan edi.
Ular “Himmel” ko‘chasiga qadar yarim yo‘lni bosib o‘tgan kezda Lizel ortiq ichini qizdirayotgan kitobga dosh bera olmay ikki bukilib kiyi- midan tutayotgan kitobni tortib oldi va xijolatdan qip-qizargancha kaftidan kaftiga ota boshladi.
Kitob qo‘lni kuydirmaydigan darajada sovigach, ikkalasi ham bir- birining og‘zidan gap kutib birnecha soniya kitobga termilib turishdi. Hans axiyri: “Bu yana nima balo bo‘ldi, Lizel?” — deb so‘rab qo‘lini uzatdi va “Yelka qisish” asarini ushladi. Hech qanday tushuntirish va izohlarga hojat yo‘q edi, chunki Lizelning kitobni olov ichidan o‘g‘irlab olgani aniq edi. Kitob issiq va nam, muqovasi moviy va Lizaning yuzidek qizil edi. Hans Huberman uni ochib, o‘ttiz sakkiz va o‘ttiz to‘qqizinchi sahifalarini varaq- ladi:
— Yana bittasini topibsan-da.
Lizel achishib azob berayotgan qovurg‘alarini ishqaladi.
Ha, u yana bir bor kitob o‘g‘irladi.
— Añidan, endi sigaretalami lo‘lilarga ayirboshlab yurish shart emasga o‘xshaydi, shunaqami? Kitobni sotib olgandan ko‘ra uni o‘g‘irlash tezroq va osonroq ekan-da, — dedi Hans.
Otasidan farqli ravishda Lizel miq etib so‘z qotmadi. Ehtimol, bu safargi jinoyati allaqachon uning nomidan gapirayotganini ilk marta angla- gandir. Bu rad etib bo‘lmaydigan haqiqat edi.
Hans bu kitob nemis xalqining ongi va ruhi uchun qanday xavf tug‘- dirishi mumkinligi haqida o‘ylagqncha kitob nomini xayolan tahlil qilib, ichini bir sidra ko‘z yugurtirdi. Keyin kitobni Lizelga qaytarib berdi. Ni- madir bo‘lganiga shak-shubha yo‘q edi.
— Yo Iso, Bibi Maryam va Yusuf! — Hansning har bir so‘zi cher- tilib chiqdi.
Jinoyatchi boshqa chiday olmadi:
— Nima, dada? U yerda nimadir yozilgan ekanmi?
— Albatta, albatta.
Qo‘qqisdan haqiqatning ustidan chiqqan aksariyat odamlar singari Hans Huberman ham hayratdan lol va karaxt turardi. U shundan keyingi so‘zlarini yo baralla qichqirib aytishi yoki hech qachon tishlari orasidan chiqarmasligi lozim edi. Yo‘q, u bir necha soniya oldin aytgan eng so‘nggi so‘zini aynan takrorladi.
— Albatta.
Bu safar otasining ovozi stolni gurs etib tushgan mushtdek jaranglab chiqdi.
Hans Hubermanning nigohi bir nuqtaga qadalgan ko‘yi qotib qol- gan, u otlar poygasini berilib kuzatayotgan tomoshabindek ko‘zini o‘sha nuqtadan uzmas, bu nuqta Lizel uchun anchayin baland hamda juda olisda edi. Qiz Hansga yalinishga tushdi:
— Dada, iltimos, ayting, nima yozilgan ekan bu kitobda? — u otasining onasiga kitob o‘g‘irlanishi haqida aytib berishidan chuqur xavotirda edi. Insonlarga xos ravishda o‘sha paytda Lizelni faqat shu qiziqtirardi. — Aytasizmi, yo‘qmi?
— Nima deganding?
— Juda yaxshi tushunib turibsiz-ku. Onamga aytib berasizmi?
Baland bo‘yli Hans Huberman hanuzgacha qarab turardi.
— Nimani?
— Mana buni, — Lizel kitobni yuqoriga ko‘tarib, to‘pponchadek havoda silkitdi.
— Nega aytar ekanman? — Hans taajjubini yashira olmadi.
Lizel bu kabi savollardan nafratlanardi, chunki ular uni dahshatli haqiqatni tan olishga, o‘zini qo‘li egri jirkanch odam sifatida ko‘rishga majbur qilardi.
— Chunki men yana kitob o‘g‘irladim.
Hans Lizelga tomon biroz engashdi, keyin qaddini rostlab qo‘lini qizning boshiga qo‘ydi. Uzun va qavargan barmoqlari bilan Lizelning sochlarini silab “Hech ham aytmayman, Lizel. Men senga umuman xiyonat qilmayman. Xavotirga o‘rin yo‘q”, — dedi.
— Unda nima qilmoqchisiz?
Bu nishonga aniq borib teggan savol edi.
Xo‘sh, Hans Huberman Myunxen ko‘chasining shaffof havosida qanday karomat ko‘rsata olardi?
Uning qanday karomat ko‘rsatishini bayon qilib berishimdan oldin, Hans o‘sha to‘xtamga kelmasidan biroz awal ko‘z oldidan o‘tgan narsa- larini ko‘rib chiqishimiz kerak.
q
Do'stlaringiz bilan baham: |