Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak


RUDI VA LIZEL 0‘RTASIDAGI BOSHQA



Download 1,76 Mb.
bet97/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

RUDI VA LIZEL 0‘RTASIDAGI BOSHQA BIR SUHBAT




Tez-tez bo‘lsang-chi, hoy cho'chqa, o‘n marta bo‘ldi-ku.
Yo‘q, hali endi sakkizta bo‘ldi. Yana ikkita qoldi.
Xo‘p, tezlasha qol. Senga pichoq olib chiqib, ikkiga




bo‘lganimiz ma’qulroq, degandim... Mana, ikkitasi ham bo'ldi.




Xo‘p. Mana, ola qol. Ehtiyot bo‘l, yana yutib yuborma.
Nima, men ahmoqqa o'xshaymanmi?
(qisqa sukunat)
Shirin-a?
Nimasini ay tasan, cho'chqa.


Yoz oyoqlagan avgust oyining oxirida Rudi va Lizel yerda yotgan bir pfennignil topib olishganda shunchalar xursand bo‘lishdiki, asti qo‘ya- verasiz. Pfennig yo‘l chetida — ulaming kirlami tashib kelish va qaytarib olib borish yo‘nalishida — yarmiga loy chaplangan holda yotgan edi. Zang bosgan sof tanga.
— Mana bunga bir qara!
Rudi tanga yotgan tomonga yalt etib qaradi. Ikkovlon uni yerdan olib Frau Dilleming do‘koni tomon yugurib ketishayotganlarida xursand- likdan hatto bir pfennigga nima sotib olishlari mumkinligini ham o‘ylab ko‘rishmadi. Ular do‘kon eshigidan otilib kirib, qat’iy nigohi bilan ularga ko‘z tikkan oriy sotuvchining oldida haykaidek turib qolishdi.
Men kutyapman, — dedi ayol. U sochlarini orqasiga bitta qilib yig‘ib olgan, qora libosi tanasini bo‘g‘ib turar edi. Devorga ilingan fyurer- ning hoshiyali surati ham ulardan ko‘z uzmasdi.
Hayl Gitler! — Rudi boshlab berdi.
— Hayl Gitler! — do‘kon egasi peshtaxta ortida qaddini biroz ko‘tarib javob qaytardi. — Sen-chi?
U Lizelga tikilib qolgach, qiz ham unga xushmuomalalik bilan: “Hayl Gitler”, dedi.
Rudi vaqtni ketkazmay darhol cho‘ntagidan boyagi tangani chiqarib, ishonch bilan peshtaxtaga qo‘ydi va Frau Dilleming ko‘zoynak ortidagi yaltiragan ko‘zlariga tik qaradi:
— Aralash ta’mli qand bering, iltimos.
Frau Diller jilmayib qo‘ydi, shu paytda og‘zida joy yetishmasligidan bir-birini itarayotgan tishlari ko‘rinib ketdi. Uning kutilmagan mehribon- ligidan Rudi va Lizel xursand bo‘lib tabassum qilishdi. Ammo bu uzoqqa cho‘zilmadi.
Frau Diller engashib, pastdan nimanidir qidirdi va yana ulaming oldida paydo bo‘ldi.
— Mana, — dedi u bir bo‘lak qandni peshtaxtaga uloqtirib. — O‘z-


1 Pfenning — nemis pul birligi. 1 pfenning=100 marka


laring aralashtirib olaverasizlar.


Do‘kondan tashqariga chiqishgach, ular qandni tishlab, ikkiga bo‘lishga urinishdi, ammo qand shunchalik qattiq ediki, hatto Rudining o‘tkir tishlari ham uni ikkiga bo‘la olmadi. Shundan so‘ng ular qandni navbatma-navbat o‘n marta so'rishga kelishishdi: Rudi o‘n marta so‘radi, Lizel ham o‘n marta so‘rgach, Rudiga beradi.
— Hayot yaxshi, — dedi Rudi qand yuqi qolgan tishlarini iijaytirib.
Lizel ham uning gapiga qarshilik bildirmadi. Qand tugaguniga qadar ikkalasining og‘zi ham qip-qizil rangga bo‘yalib qolgandi. Uyga qaytisha- yotganlarida bir-biriga ko‘zlarini yerdan uzmay ketishni eslatishdi. To‘sat- dan yana bitta tanga chiqib qolishi mumkin, axir.
Tabiiyki, ular hech narsa topa olishmadi. Hech kimning ham bir kun u yoqda tursin, yiliga ikki marta, ustiga-ustak bir kunning o‘zida omadi kelmaydi.
Shunga qaramay, tillari va tishlari qizil tusga kirgan ikkovlon umid- sizlikka berilmasdan “Himmel” ko‘chasi bo‘ylab yurishayotganida oyoq ostlarini diqqat bilan tekshirib ketishdi.
Darhaqiqat, o‘sha kun ajoyib kun bo‘lgan edi, fashistik Germaniyani ta’riflashga hatto so‘z ojizlik qilardi.
XXIIBOB
JANGCHI. KURASHNING DAVOMÍ
Endi esa sovuq kechadagi tungi olishuvga boramiz. Kitob o‘g‘risi bizga sal keyinroq yetib oladi.
O‘sha kuni 3-noyabr edi va uning oyoqlari poyezd vagonlarining polini mahkam ushlab turar edi. U oldida ochiq turgan “Mayn Kampf’ni — o‘z najotini o‘qir, kaftidan ter sizib chiqib, ho‘l barmoq izlari kitobga yuqardi.



Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish