_ 160
——"«3 &ss«s-«=-
“KITOB 0‘G‘RISI” RASMAN NAMOYON ETADI:
“Mayn Kampf”
(“Mening kurashim”)
Muallif: Adolf Gitter
Maks Vandenburgning ortida qolayotgan Shtutgart shahri istehzo bilan qo‘llarini boshqa mehmonlarga ochib turardi. Uni bu shaharda xush kayfiyat bilan kutib olishmagan edi, shu bois ham u orqasiga qaramaslikka harakat qildi. Bu paytda oshqozonida suvi qochgan non asta parchalanardi. Ikki-uch marta u sabrsizlanib shahar chiroqlarining bir hovuchga siqqudek bo‘lib qolganini va birozdan keyin butunlay g‘oyib bo‘lganini ko‘rdi.
— Atrofga qo‘rqoqlik bilan emas, balki mag‘rurlik bilan boq. Kitobingni o‘qi, unga qarab jilmayib qo‘y. Bu umring bino bo‘lib o‘qigan kitoblaring orasida eng yaxshisi, eng mazmunlisi. Qarshingda o‘tirgan ayolga e’tibor berma, u, baribir, uyquga ketib bo‘lgan. Qani, Maks, yana bir necha soat chida, — uqtirdi u o‘ziga o‘zi.
* * *
Zulmat xonasiga va’da qilingan navbatdagi tashrif kelishiga kunlar emas, balki bir yarim hafta kerak bo‘ldi. Keyingi safar yana bir hafta, keyin yana, Maks kunlar va soatlaming hisobidan tamomila adashib ketguncha nihoyasiz kutish shu taxlitda davom etaverdi. Shu vaqt oralig‘ida u yorug‘- lik, tashriflar va oziq-ovqat ko‘proq bo‘lgan ikkinchi omborga ko‘chirildi. Holbuki uning vaqti tugab borayotgandi.
— Men tez orada ketaman, — dedi do‘sti Valter Kugler unga. — Armiyada tartib-intizom qanaqaligini yaxshi bilasan.
— Bundan afsusdaman, Valter.
Maks bilan bolalikdan birga o‘sgan Valter Kugler qadrdon destining yelkasiga qo‘liiri qo‘ydi.
— Bundan ham yomoni bo‘ lishi mumkin edi, — Valter do‘stirring yahudiy ko‘zlariga qaradi. — Men ham sening o‘mingda bo‘lib qolishim
mumkin edi.
Bu ulaming so‘nggi uchrashuvi bo‘ldi. Valter olib kelgan oxirgi tugun xona burchagida qoldirilgan va uning ichida bu safar chipta ham bor edi. Valter “Mayn Kampf’ni ochib, kitob bilan birga olib kelgan xaritaning yoniga chiptani solib qo‘ydi.
— O‘n uchinchi sahifa, — dedi u jilmayib. — Omadli son, shunaqa emasmi?
— Ha. Ikkalamizning ham omadimizni bersin, — dedi Marks. Ikki do‘st quchoqlashib xayrlashishdi.
Eshik yopilganda Maks kitobni ochdi va chiptani ko‘zdan kechirdi. Bu aynan ikki kundan keyin tunda yuruvchi “Shtutgart — Myunxen — Pasing” yo‘nalishidagi poyezd uchun olingan chipta edi. U yog‘iga yayov yurib yetib oladi. To‘rt marta buklangan xaritani u allaqachon xotirasiga joylashtirgan edi. Kalit hali kitob muqovasining ichki qismiga yopish- tirilgan holda turardi.
Maks yana yarim soat o‘tirdi, so‘ng xaltani olib, ichiga qaradi. Uning ichida ovqatdan tashqari ba’zi narsalar ham bor edi.
: q
■A VALTER KUGLER BERGAN BOSHQA SOVG'ALAR
Bitta kichkina ustara.
Oynaga o'xshab ketadigan qoshiq.
Soqol uchun surtma.
Qaychi.
- - J
Maks ketgach, polni yotgan nimanidir hisobga olmaganda ombor- xona bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoldi.
— Alvido, — pichirladi u ketish oldidan.
Maks u yerda ko‘rgan eng so‘nggi narsa devor ostida qolgan soch uyumi edi.
Xayr.
Soqolini olgach, yuzi archilgan tuxumday yaltiragan va sochlarini bir tomonga chiroyli tarab olgan Maks o‘sha binodan tamoman boshqa
—U6U-.
odam qiyofasida ko‘chaga chiqdi. Aslida u nemis sifatida chiqdi. Bir daqi- qa — u nemis edi. Aniqrog‘i, bir marta nemis bo‘lishiga to‘g‘ri kelgan edi. Qomida to‘qlik va ko‘ngil aynishining shiddatli kurashi davom etar ekan, Maks bekat tomon yurdi. Chiptasini va guvohnomasini nazoratchiga ko‘r- satgach, poyezdning qutidek tor kupesida — xavf-xataming markazida o‘tirdi.
— Hujjatlaringizni ko‘rsating.
Maks eshitishdan qo‘rqayotgan vahimali so'zlar yangradi. Perronda1 shu sabab bilan to‘xtatishgandayoq adoyi tamom bo‘lgan, ikkin- chi martasiga chiday olmasligini bilar edi.
Uning qo‘llari titradi. Ustidan oddiy hid emas, balki aybdorlikning qo‘lansa hidi anqirdi.
Yo‘q, u yangi sinovga dosh berolmaydi, irodasi yetmaydi.
Maksning baxtiga ular chaqqon-chaqqon harakatlanib faqat chipta- lami ko‘rib ketishdi. U derazadan kichkina shaharchalaming manzara- larini, qatorasiga bir tekis porlagan chiroqlami va qarshisidagi o‘rindiqqa suyangancha xurrak otayotgan ayolni tomosha qilib ketdi.
Butun sayohat davomida u boshini ko‘tarib yuqoriga qaramaslikka harakat qilib, oldidagi kitobga ko‘z yugurtirib ketdi. Kitob sahifalarini varaqlar ekan, tilida so‘zlar betartib aylanardi.
Ajablanarlisi shundaki, u kitobni varaqlab, boblardan ildamlab borsa-da, miyasida faqat ikkita so‘z aylanar, boshqa so‘zlami qabul qila olmasdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |