XXVI BOB
AJOYIB QIZALOQ
1940-yil noyabr oyida, ya’ni Maks Vandenburg “Himmel” ko‘cha- sidagi 33-uyning oshxonasida paydo bo‘lganida yigirma to‘rt yoshda edi. Kiyimlari gavdasiga juda og‘irlik qilayotganday tuyular, o‘zi ham shu qa- dar holdan toygan ediki, kimdir bexos tegib ketsa bo‘lsa, ikki qismga bo'li- nib ketadigandek edi. Uy egalarining o‘takasini yorgan qo‘rquvga solgan yigitning o‘zi ham qo‘rquvdan dag‘-dag‘ titrab eshik oldida turardi.
— Siz hali ham akkordeon chalyapsizmi?
Albatta, savol aslida bunday edi:
— Siz hali ham menga yordam berishga tayyormisiz?
Hans Huberman old eshikka tomon ildam yurib uni ochib atrofga ehtiyotkorlik bilan qaradi va uyga qaytdi. Chamasi, hech qanday “dum” yo‘qligiga ishonch hosil qilgandi.
Yahudiy Maks Vandenburg najot izlab battar egildi va ko‘zlarini yumdi. Hatto bu g‘oya haqida o‘ylash ham kulgili edi, ammo, baribir, Maks shunday qilishga majbur bo‘ldi.
Hans pardalaming ham tortilgan yoki tortilmaganligini tekshirib chiqdi. Hech qanday yoriq qolishi mumkin emas edi. Hans tekshirayot- ganda Maks ortiq chiday olmay cho‘kkalab o‘tirib qoldi va qo‘llarini qisdi.
Zulmat uning boshini silab qo‘ydi. Maksning barmoqlaridan chama- don, metall, “Mayn Kampf’ va omon qolish singari hidlar anqir edi.
U boshini ko‘tarib qaraganidan so‘nggina dahlizdagi xira yorug‘lik- ni payqadi, tap tortmasdan oldida unga baqrayib turgan yotoq kiyimidagi qizga e’tibor qaratdi.
— Dada?!
Maks chaqilgan gugurtday sakrab o‘midan turdi, atrofini yana zulmat qoplab oldi.
— Hammasi joyida, Lizel, — dedi Hans. — Xonangga borib uxlay qol.
Lizel bir necha soniya ikkilanib turgach, oyoqlari istar-istamas uning orqasidan ergashdi. U yana to‘xtab, oshxonaning o‘rtasida toshday qotib turgan notanish yigitga yana bir bor yashirincha nazar tashlaganida, stol ustidagi kitobni tanidi. Otasining yigitga qarata: “Qo‘rqma! U ajoyib qizaloq”, — deb shivirlashi qulog‘iga chalindi.
Shundan keyingi o‘tgan bir soat davomida karavotda yotgan “ajoyib qizaloq”ning ko‘zlariga uyqu kelmadi, qulog‘ini ding qilib oshxonadan uzuq-yuluq kelayotgan pichirlashlami eshitishga urindi.
Yowoyi karta endi chiylanib, o‘yin boshlanayotgan edi.
XXVII BOB
MUSHTUMZO‘R YAHUDIYNING QISQACHA
TARIXI
Maks Vandenburg 1916-yilda tug‘ilgan, Shtutgartda o‘sib-ulg‘ay- gan.
Bolaligidanoq mushtlashuvlarga qattiq mehr qo‘ydi, unga dunyoda shundan boshqasi bekor edi.
Maks ilk jangini o‘n bir yosh paytida o‘tkazgandi. O‘shanda u sinay- sinay deb turgan supurgi dastasiday oriq edi.
Venzel Gruber — Maks mana shu tili zahar, sochlari jingalak bola bilan jangga kirgan edi.
O‘yin maydonchasidagilar ulamingjang qilishlarini istadi va ikkala- si ham rad etishga jur’at etmadilar. Ular chempionlardek kurashdilar, lekin jang atigi bir daqiqa davom etdi.
Jang endi qiziy boshlagan bir pallada ikkala bolaning ham sergak onalari yoqalaridan tortib ajratib qo‘yishdi.
Maksning labidan qon oqayotgan edi. U qonni tatib ko‘rgach, o‘sha ta’mni yoqtirib qoldi.
* * *
Makslaming mahallasida uning o‘ziga o‘xshagan jangchilar kam edi, borlari ham musht bilan urishishmasdi. O‘sha paytlarda yahudiylar hamma azob-uqubatlarga dosh beraverishadi, indamay jabr-u zug‘umlami qabul qilib, keyin yana o‘z ishlarida g‘ayrat bilan davom etaverishadi de- gan tushuncha keng tarqalgandi. Holbuki hamma yahudiylar ham bir xil emasdi.
Otasi maysazor tepalikda bo‘laklarga bo‘linib o‘ lib qolganida Maks hali ikki yoshni ham to‘ldirmagan edi. To‘qqiz yoshiga yetganida onasi
butunlay xonavayron bo‘ldi. Pulga muhtoj bo‘lib, ham musiqiy studiya, ham uy vazifasini o‘tayotgan uyni sotib Maksning tog‘asining uyiga ko‘- chib o‘tishdi. U yerda Maks o‘zini kaltaklagan, jig‘iga teggan va yoqtirgan olti nafar shumtaka tog‘avachchalari bilan birga o‘sdi. Eng yoshi katta tog‘avachchasi Ayzek bilan to'qnashuvlar Maksni ko‘cha janglari uchun pishitdi. Ayzek deyarli har oqshom uni yengardi.
Maks o‘n uch yoshga kirganda boshqa bir fojia yuz berdi — tog‘asi vafot etdi.
Ehtimollik nazariyasiga tayanib ayta olamanki, marhum tog‘a Maks singan jasur va hech narsadan tap tortmas odam bo‘lmagan. U eng kichik miqdordagi mukofot uchun jonini jabborga berib ishlaydigan mehribon odam edi. U o‘zining yeyish-ichishidan ayab, oilasi uchun hamma narsa- sini qurbon qildi va oxir-oqibat oshqozonida paydo bo‘lgan noma’lum, hajmi bouling koptogidek keladigan zaharli o‘sma tufayli vafot etdi.
Odat bo‘yicha tog‘asining oilasi va qarindoshlari bemoming to‘sha- gini o‘rab olishdi va uning taslim bo‘lishini kuzatib turishdi.
Boshqalar chuqur qayg‘u va suyukli insonni abadiy yo‘qotish azobi orasida o‘rtanayotgan bir mahalda qo‘llari qattiq, ko‘zlari tim qora, tishlari singan o‘spirin — Maks Vandenburg o‘spirin ham biroz xafalikni boshdan kechirdi. Hatto bezovta ham bo‘ldi. Tog‘asi to‘shakda asta cho‘kib keta- yotganini ko‘rib, o‘zining hech qachon bunday o‘lim topishga yo‘l qo‘ymaslikka qaror qildi.
Garchi tog‘asining sarg‘aygan, shakl-shamoyilsiz yuzi oxiri ko‘rin- maydigan uzunchoq jag‘, turtib chiqqan chakka suyaklari va ichiga botgan ko‘zlaridan iborat bo‘lsa ham o‘sha kuni juda sokin tus oigan edi. Shuncha- lar sokin ediki, bola uni so‘roqqa tutishga tayyor bo‘Idi.
— Qani uning kurashi? Qani uning metin irodasi? — ajablandi Maks.
Qarshilik qilish irodasi qayerda?
Albatta, o‘n uch yashar Maks cho‘rtkesarlikni haddan oshirib yubor- gan edi. U hali menga o‘xshaganlaming yuziga qaramagan. Hozircha qaramagan.
Boshqalar bilan birga u ham karavot yonida turib, tog‘asining ko‘z yumishini — tiriklikdan o‘liklikka o‘tishini kuzatdi. Derazadagi yorug‘lik kulrang va yozgi tenga monand to‘q sariq nurlar taratar, tog‘asi esa nafas olmay qo‘yishi bilan azoblardan xalos bo‘lgandek xotiijam tortib qolgan edi.
— Agar o‘lim meni bir kun qo‘lga tushirsa, yuzida mushtimning ta’mini tatib ko‘radi, — deya qasam ichdi Maks.
Shaxsan menga uning ahmoqona jasorati juda yoqdi. Ha, chindan ham, juda yoqdi.
Qasam ichgan lahzasidan boshlab Maks janglarda ko‘proq qatna- shib, to holdan toyguncha kurash tusha boshladi. Qadrdon do‘stlari va raqiblari Shteber ko‘chasidagi kichikroq maydonga yig‘ilib, quyosh so‘na boshlagan kezda kurashishga tushib ketardilar. “Oliy” maqomli nemislar bo‘ladimi yoki “ortiqcha” yahudiylarmi, sharqdan kelgan bolalarmi — bunisi muhim emasdi. O‘smirlik kuch-quwatini namoyish qilishga to‘g‘ri kelganda, jangga yetadigani yo‘q o‘zi. U yerdagi ashaddiy raqiblar ham ba’zan apoq-chapoq bo‘lib ketishardi.
Maks tor doirani va mavhumlikni yaxshi ko‘rardi.
Noaniqlikning shirinligi va achchiqligi shunday edi: yo sen g‘alaba qozonasan, yo seni mag‘lubiyatga giriftor qilishadi.
Uning qalbida shunday hissiyot paydo bo‘lgandiki, sabr kosasi to‘ lib endi boshqa chiday olmasligini anglaguncha aylanaverdi, aylanaverdi. Yagona chora olg‘a yurib musht tushirish edi. Maks cheki yo‘q o‘ylarining tagiga yetolmay o‘lib ketadigan bola emas edi.
* * *
Maksning o‘tmishiga nazar tashlar ekanmiz, unga eng yoqqan 5- raqamli jangni eslab o‘tish joiz. Valter Kugler ismli uzun bo‘yli, baquwat va ozg‘in bola bilan jang qilganida ulaming ikkalasi ham o‘n besh yoshda edi. Valter awalgi to‘rtta jangda g‘alaba qozongan edi, ammo bu safar Maks boshqacha kayfiyatda kurashga tushgan edi. Unda yangi qon —
g‘alaba qoni jo‘sh urib oqar, bu qon bir vaqtning o‘zida raqibiga dahshat qolar va egasiga zavq ato etar edi.
Har doimgidek olomon ulami doira qilib o‘rab oldi. Yalang‘och yer iflos edi. Tomoshabinlaming yuzlari tabassum bilan o‘ralganga o‘xshar, irkit barmoqlar pulni changallab oigan, qichqiriq va shovqin-suron shu da- rajada ko‘p ediki, shundan boshqa boshqa hech narsani anglab bo‘lmasdi.
Ey Xudo, u yerda juda katta quvonch va qo‘rquv, nihoyasiz qiy- chuvlar mujassam edi.
Ikkala jangchi vaqt o‘tgan sayin oraliq masofani kamaytirib borar, yuzlarida turli ifodalar uyqashib ketgan, kattargan ko‘zlar diqqat bilan bir- biriga tikilardi.
Bir daqiqa davomida bir-birlarini sinab ko‘rishgach, xavfli harakat- lar qilib yaqinlasha boshladilar. Ulaming kurashi chempionlik kamari uchun kechadigan biror soatlik jang emas, shunchaki ko‘cha jangi edi. Ulaming kun bo‘yi quvlashmachoq o‘ynab qulay fursatni kutib yurish- lariga imkon yo‘q edi.
— Qani, Maks! Olg‘a! — qichqirdi uning do‘stlardan biri.
U so‘zlami bitta ham nafas olmasdan talaffuz qildi.
— Bo‘la qol, Maksi-Taksi, uning jagrini ezib, zarba bcrsang-chi! Hoy kichkina yahudiy, kurash u bilan! Sindirib tashla!
Sochlari mayin, bumi singan va ko‘zlari ichiga botgan kichkina Maksning bo‘yi raqibidan salgina pastroq edi. Uning jang uslubi beo‘xshov edi: egilib, oldinga sakraydi va Kugleming yuziga tezkor mushtlarini yo‘llaydi. Undan kuchliroq va mohirroq raqibi egilmay tik turdi va Maksning yonoqlari yoki iyaklariga kelib teggan zarbalar bilan javob qaytarib turdi.
Maks oldinga qarab kelaverdi.
Kuchli zarbalar va tepkilarga nishon bo‘layotganiga qaramay, oldinga intilishda davom etdi. Qon lablarining rangini o‘zgartirdi, birozdan keyin tishlari orasida qurib qoladi. Maks to‘satdan yerga yiqilganda, tomo- shabinlar uvullab yuborishdi. Garovga tikilgan pullar boy berilishga shay holatga keldi.
Maks o‘midan turdi.
Ikkinchi marta yerga yiqilgach, Maks jang uslubini o‘zgartirishga qaror qildi va Kuglemi o‘ziga biroz yaqinlashtirib oldi. Kugler tuzoqqa tu- shib unga yaqin kelganida Maks uning yuziga keskin va qisqa zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Zarba aniq mo‘ljalga — burunga kelib tegdi.
Bir zumda ko‘zi tinib qolgan Kugler orqasiga suyandi, Maks esa qu- lay imkoniyatni boy bermadi. U Kugleming orqasidan o‘ng tomonga yurib, yana bir marta urdi va keyingi musht Kugleming qovurg‘alari orasiga tush- di. O‘ng qo‘l zarbasi iyagiga kelib tushgach, Valter Kugler yerga qulab tushdi, malla sochlari tuproqqa qorishib ketdi. Oyoqlari ikki tomonga kech ochilib otgandi. U yig‘lamayotgan bo‘lsa-da, yuziga marvariddek ko‘z yoshlar dumaladi. Bu ko‘z yoshlar ich-ichidan tan oigan mag‘lublik zarba- sining natijasi edi.
Davradagilar sanay boshlashdi. Ular har doim nimanidir hisob- lashardi. Ovozlar va raqamlar.
Urf-odatga ko‘ra jangdan so‘ng mag‘lub bo‘lgan bola g‘olibning qo‘lini havoga ko‘tarishi shart edi. Nihoyat Valter Kugler oyoqqa turdi va istar-istamas Maksning yoniga kelib uning qo‘lini baland ko‘tardi.
— Rahmat, — dedi Maks unga qarata.
Valter esa ogohlantirish bilan javob berdi:
— Keyingi safar seni o‘ldiraman.
Keyingi bir necha yil ichida Maks Vandenburg va Valter Kugler umumiy hisobda o‘n uch marta jang qilishdi. Valter har doim maydonga tushganida Maks undan tortib oigan ilk g‘alaba uchun qasos olmoqchi bo‘lar, Maks esa o‘sha ulug‘vor onni takrorlashga intilardi. Axiyri, eng so‘nggi natija 10:3 hisobida Valter foydasiga hal bo‘ldi.
Ular 1933-yilgacha, o‘n yetti yoshga kirgunlariga qadar jang qildi lar. Beixtiyor paydo bo‘lgan hurmat hissi chin do‘stlikka aylandi va ku- rashga chanqoqlik ulami tark etdi. 1935-yilda Maks ham qolgan yahudiy- lar bilan birga Yederman mexanik zavodidan haydab chiqarilgunga qadar ikkalasining ham ishi bor edi. Bu hodisa yahudiylami Germaniya fúqaro- ligidan mahrum qilgan va yahudiylar bilan nemislar o‘rtasida nikohni ta-
qiqlovchi Nyumberg qonunlari1 qabul qilinganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘l- di.
— Ey iso> — dedi Valter bir kuni kechqurun ular ilgari jang qila- digan burchakda uchrashganlarida. — O‘sha paytlar qanday yaxshi edi-a? Bunday bema’niliklar ham yo‘q edi, — u Maksning yengidagi yulduzga qoTining orqasi bilan urib qo‘ydi. — Afsus, endi hech qachon o‘shanday zavq bila jang qila olmaymiz.
Maks norozilik bildirdi:
— Yo‘q, hech ham unaqa emas. Sen yahudiy qizga uylana olmay- san, ammo qonun yahudiy bilan jang qilishni taqiqlamaydi.
Valter jilmaydi:
— Ehtimol, uni ham taqiqlaydigan qonun ishlab chiqilsa kerak hali. “Nemis yahudiy ustidan g‘alaba qozongan taqdirdagina u bilan kurash tushishi mumkin”, — degan.
Shundan so‘nggi bir necha yil ichida ular bir-birlarini onda-sonda ko‘rishdi. Maks ham boshqa yahudiylar singari asta-sekin hamma joylar- dan quvib chiqarilayotgan, doimiy ravishda toptalayotgan bir paytda Valter boshi bilan bosmaxonadagi ishiga ko‘milib ketgandi.
Agar Maksning ayollar bilan munosabatlariga qiziqayotgan boT- sangiz, aytib beraman. O‘sha yillarda Maks ikkita qiz bilan munosabat o‘matishga urindi. Lekin na Tanya va na Hilda bilan baxti chopib ketmadi, chunki ertangi kun vahmi va bosimning kuchayishi qizlar bilan uchrashib yunshga imkon ham, vaqt ham qoldirmagan edi. Maksning o‘zi ishsiz arang tirikchilik qilayotgan og‘ir zamonda qizlarga nima ham va’da qila olardi? 1938-yilga kelib hayot bundan-da yomonlashib ketishi hech kim- ning xayoliga ham kelmagan edi.
Keyin 9-noyabr keldi. Mash’um “Billur kecha” — chil-chil bo‘lgan
1 Nyurnberg qonunlari — Reyxstag tomonidan 1935-yil 15-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolik va irq to'g'risidagi Nyumberg qonunlari” (getto qonunlari). Bu qonunlar ikki qismdan iborat bo‘lgan/ Birinchisi — odamlardan “Reyx fuqarolari” va “davlatga qarashli” ekanliklari to‘g‘risida fuqarolardan irqiy sofliklarini hujjatlashtirishni talab qilgan. Ikkinchisi — “nemis qoni va nemis sharafini himoya qilish” to‘g‘risida — yahudiylar va nemislar o‘rtasida nikoh va jinsiy aloqa taqiqlangan.
shishalar tuni yuz berdi.
Xuddi shu baxtsizlik Maksning ko‘plab millatdoshlarining yosti- g‘ini quritdi, ammo yigirma ikki yoshli Maks Vandenburg uchun qochish- ga turtki vazifasini bajardi.
Vandenburglar eshigi davomli taqillagan lahzada son-sanoqsiz ya- hudiy uylari allaqachon buzib tashlangan va talon-taroj qilingan edi. Maks, onasi, xolasi va tog‘avachchalari mehmonxonada bir-birining pinjiga tiqilishib o‘tirishardi.
— Aufmachen1!
Shu so‘z yangrashi bilan oila a’zolari bir-biriga qarashdi. Boshqa xonalarga chiqib yashirinishga istak kuchli bo‘Isa ham ammo hadiksirash undan ustun chiqdi. Ular joylaridan jilishga botina olishmadi.
Yana taqillash, yana qichqiriq.
— Och!
Ayzek o‘midan turib, eshik tomon yurdi. Yog‘och eshik hamon tirik, tashqaridan berilgan zarbalardan hanuzgacha g‘uvullab turardi. Ayzek qo‘rquv qoplagan yuzlariga bir qarab qo‘yib, qulfni buradi va eshikni ochdi.
Kutilganidek, eshik ortida maxsus kiyim kiygan fashist turardi.
— Hech qachon! — bu Maksning birinchi javobi edi. U onasi va tog‘avachchalari orasida o‘ziga eng yaqini bo‘lgan Saraning qo‘llaridan ushlab oldi.
— Men sizlami tashlab ketmayman. Agar hammamiz keta olmas ekanmiz, men ham ketmayman.
Maks yolg‘on gapirayotgan edi.
Oilaning qolgan a’zolari uni boshqa eshikdan itarib yuborishganda, behayolarcha uning ichiga yengillik kirib keldi. U buni his qilishni xohla- magan bo‘lsa ham, baribir, shunchalik kuchli ishtiyoq bilan his qildiki, ko‘ngli ozib qusgisi keldi. U qanday jur’at etdi? Qanday qilib shu ishni qildi? Lekin u uddalagandi.
1 Aufmachen (nemischa) —eshikni och.
— Hech narsa olma, — dedi Valter unga. — Bir sidra kiyimingni ol. Qolganini o‘zim topib beraman.
— Maks! — onasi tortmadan eskirgan bir parcha qog‘ozni olib, o‘g‘lining ko‘ylak cho‘ntagiga solib qo‘ydi.
— Agar zarur bo‘lsang... — onasi oxirgi marta uni tirsaklaridan quchoqladi. — Balki, bu bir kuningga yarab qolar, balki, so‘nggi umiding bo‘lar.
Maks onasining keksayib borayotgan yuziga qarab, lablaridan qattiq o‘pdi.
— Qani, Maks, ketdik, — Valter u bilan xayr-xo‘shlashib, pul va boshqa qimmatbaho narsalami tutqazayotgan oilasi bag‘ridan tortib oldi. — Hamma yoqda tartibsizlik, it egasini tanimaydi. Bu esa bizga qo‘l keladi.
Ular orqalariga qaramasdan chiqib ketishdi. Bu hodisa uning qalbini timadi. O‘shanda atigi bir marta ortiga o‘girilib, yaqinlariga so‘nggi marta nazar tashlaganda, balki, vijdoni bunchalik qiynalmagan bo‘larmidi. Alvi- dolarsiz, so‘nggi bor termilishlarsiz ketdi-qoldi.
Maks keyingi ikki yilni quvg‘inda, Valter ilgari ishlagan binoning bo‘m-bo‘sh omborxonasida o‘tkazdi. Ozuqa juda kam, qo‘rquv va shubha esa mo‘l-ko‘l edi. Talafotda omon qolgan puli bor yahudiy qo‘shnilari boshqa mamlakatlarga ko‘chib ketishayotgan edi, nochor yahudiylar ham ketishga harakat qilishsa-da, ko‘pincha urinishlari muvaffaqiyatsiz tugardi. Maksning oilasi ikkinchi toifaga mansub edi. Valter ortiqcha e’tibomi jalb qilmaslikka harakat qilib ora-sirada yashirincha kelib ulardan xabar olib ketardi. Biroq bir kuni unga eshikni begona kishi ochdi.
Maks bu yangilikni eshitgach, butun vujudi g‘ijimlanib koptokka aylanib qolgandek, ichi xatolar bilan to‘lgan varaqdek tuyuldi, o‘zini axlat kabi his qildi. Shunga qaramay, kundan kunga u nafrat va minnatdorchilik bilan o‘zini o‘nglab olishga majbur bo‘ldi. U abgor bo‘lgan, ammo hali bo‘laklarga parchalanmagan edi.
1939-yil o‘rtalarida — Maks olti oydan ko‘proq vaqt bekinib o‘tir- ganidan so‘ng— ular tirik qolishning boshqacha yo‘lini tutish kerak degan
to‘xtamga kelishdi. Maksning esiga oilasini tashlab ketayotganida onasi tutqazgan qog‘oz keldi. To‘g‘ri, u nafaqat fashistlardan qochdi, balki oilasini ham tashlab ketgandi. U o‘sha paytda sharmandalarcha tuygan halovat hissidan ham ko‘ra ko‘proq shu aybi uchun o‘zini kechira olmasdi. O‘sha bir parcha qog‘ozga nima yozilganligidan biz allaqachon xabardormiz: £
Do'stlaringiz bilan baham: |