KICHIK, AMMO E’TIBORGA MOLIK IZOH
O'tgan yillar davomida urushlarda: “O'zlariga o'xshagan askarlarga qarshi jangga kiryapmiz”, — deb o'ylaydigan son- sanoqsiz yosh yigitlami ko'rdim. Lekin ular yanglish o'ylaydilar. Aslida ular menga qarshi jangga kirishadi. — ■ J
Hans deyarli olti oy davomida kurash olib borgach, axiyri Fransiyada tin oldi va o‘sha yerda bitta g‘alati g‘alati voqea uning hayotini asrab qoldi. Bir tomondan qaraganda bema’ni urushlar ichida o‘sha voqeani eng mazmunli hodisa deb atasak ham bo‘ladi. Umuman olganda, Hans armiya- ga kelib qo‘shilgan birinchi kunidan boshlab to Buyuk urush davri (birin- chi jahon urushi) va undan keyingi ko‘rgan-kechirganlariga ishongisi kel- masdi. Ular xuddi oxiri ko‘rinmaydigan serialga o‘xshar, kun tunga, tun
kunga ulansa ham tugamas, o‘qlar har kuni bearmon suhbat qurishardi. Tirik qolgan askarlar esa ortlariga qaytib dam olishar, dunyodagi eng beparda hazillami aytishardi. Qo‘ltiq ostlaridan va shimlardan irkit mitti do‘st sharafiga sazovor bo‘lgan sovuq ter o‘rin olardi.
Hans hammasidan ham qarta o‘ynashni yaxshi ko‘rar, uquvsiz bo‘l- sa ham ora-sirada shaxmat o‘yinlariga ham aralashib turardi. Musiqa esa hech qachon yonidan jilmasdi.
Bo‘linmada Hansdan bir yosh katta Erik Vandenburg ismli nemis yahudiysi ham bo‘lib, Hansga akkordeon chalishni o‘sha yigit o‘rgatgan edi. Ikkalasi ham jang qilishga hafsalasiz bo‘lgan Hans va Erik asta-sekin qalin do‘stlarga aylana bordilar. Ularga qor va yomg‘irda yerda dumala- gandan tinch o‘tirib sigareta o‘ragan, o‘q otgandan ko‘ra karta o‘ynagan ma’qulroq edi. Kuchli do‘stlik qimor, tamaki va musiqa bilan juda mustah- kamlangan, ikkalasi ham tirik qolishni istashardi. Biroq bitta baxtsizlik yuz berdi — maysazor tepalikdan Erik Vandenburgning parcha-parcha bo‘lib ketgan tanasi topildi. Uning ko‘zlari ochiq qolgan, barmog‘idagi nikoh uzugi o‘g‘irlab ketilgan edi. Men uning jonini sug‘urib, boshqalaming yoniga qo‘shib qo‘ydim-da, yo‘lga tushdim. O‘sha kuni ufq yangi sog‘il- gan sutdck oppoq va sovuq edi, tomchilari jonsiz tanalar ustiga to‘kilardi.
Erik Vandenburgdan bir nechta shaxsiy buyumlar va barmoqlari teggan akkordeon meros bo‘lib qoldi. Akkordeondan tashqari hamma narsa marhumning oilasiga yuborildi, chunki musiqa asbobi juda katta va noqulay edi. Akkordeon xuddi gina qilganday mung‘ayib Erikning harbiy barakdagi karavotida ancha yotdi va bo‘linmadan omon qolgan yagona odam — Hans Hubermanga nasib etdi. ß
Do'stlaringiz bilan baham: |