HANSNING QANDAY TIRIK QOLGANI HAQIDA
U o'sha kuni jangga kirmagan edi.
U buning uchun, awalo, Erik Vandenburgdan yoki, aniqrog‘i, Erik Vandenburg va seijantning tish cho‘tkasidan qarzdor edi.
O‘sha kuni ertalab jang maydoniga otlanmaslaridan biroz oldin ser- jant Stefan Shnayder uxlayotgan askarlarining yoniga kirib, gapini hamma
diqqat bilan eshitishini talab qildi. Askarlar uni nafaqat hazilkashligi va ichakuzdi latifalari uchun yaxshi ko‘rishar, balki jangga doim birinchi bo‘lib otlanishini, hech qachon birovning ortiga bekinmasligini harn yaxshi bilishar va hurmat qilishar edi. U har doim safhing boshida borardi.
Ba’zi kunlari u jangdan so‘ng hordiq chiqarayotgan askarlar oldiga kirib “Oralaringda kirn Pasing shahridan kelgan?”, “Kim matematikani yaxshi biladi?” yoki Hansning taqdirini o‘zgartirib yuborgan “Kimning husnixati chiroyli?” degan savollami berardi.
Seijant dastlab shunday savollar bergan paytda uning oqibati nima bilan tugaganiga guvoh bo‘lgan askarlamingbirortasi keyinchalik ko‘ngilli ravishda qiziqish bildirmaydigan bo‘lishdi. O‘shanda Filipp Shlink ismli g‘ayratli yosh askar mag‘rurlik bilan o‘midan turib: “Ha, ser, men Pasing- danman”, — deb javob bergan zahoti uning qo‘liga tish cho‘tkasi tutqa- zilib, hojatxonani tozalashga jo‘natilgan edi.
Tabiiyki, seijant bo‘Iinmada kimning husnixati eng chiroyli ekan- ligini so‘raganda hammaning mum tishlab, og‘iz ochmaganining sababi ham sizga tushunarli bo‘lsa kerak. Sho‘rpeshona askarlar jangga kirish- maslaridan oldin to‘liq gigiyenik tekshiruvdan birinchi bo‘lib o'tishlari yoki qiziq tabiatli leytenantning axlatga botgan etiklarini tozalash majburi- yati yuklanishidan yurak oldirib qo'yishgandi.
—Xo‘sh, nega jimsizlar? — Shnayder ular bilan o‘ynasha boshladi. Seijantning qunt bilan moylanib, bir tomonga silliq taralgan sochlari yalti- rar, lekin boshining tepa qismidagi bir tutam sochi hech taroqqa bo‘ysun- may doim tikka turib qolar edi. — Shuncha bekorchi, ishyoqmas yaramas- lar ichidan nahotki bittangiz odam tushunadigan qilib yozuv yoza olma- sangiz-a?
Uzoqdan miltiqlardan otilayotgan o‘q ovozi eshitildi. Barakdagi askarlar qo‘zg‘ala boshlashdi.
Menga qaranglar, — yana ularga murojaat qildi Shnayder, — bu odatiy hazil emas. Hozirgi ishga yarim kun, balki undan ham ko‘proq vaqt ketadi, — serjant lablaridagi kulgini jilovlab turolmadi. — Shlink hojatxonani tozalab o‘tirganida qolganlar karta o‘ynash bilan band bo‘ldi,
lekin bu safar jangga kiramiz.
Hayot yoki g‘urur.
Seijant shuncha odamlaming ichidan bittasi hayotni tanlaydigan darajada aqlliroq bo‘lib chiqishidan umid qilardi.
Erik Vandenburg va Hans Huberman bir-birlariga ma’noli qarab qo‘yishdi. Agar oralaridan hozir kimdir chiqqudek bo‘lsa, u butun vzvod1 oldida “qo‘rqoq” degan nom orttirib, kulgiga qoladi, boshqalar bilan barak- dagi hayoti tirik do‘zaxga aylanadi. Qo‘rqoqlami hech kim yoqtirmaydi. Boshqa tomondan qaraganda, kimnidir tanlash kerak bo‘lsa...
Shunday qilib, hech kim oldinga qadam tashlamadi, lekin kimdandir sado chiqib seijantning qulog‘iga yetib keldi va zarba berilishini kutib, uning oyoqlariga o‘tirib oldi.
— Huberman, ser!
Bu ovoz Erik Vandenburgga tegishli edi. U qadrdon do‘stining nari- gi dunyoga ravona bo‘lishi uchun hali vaqtli deb o‘ylagan ko‘rinadi.
Serjant darrov askarlar orasidan yurib, gapirgan odamning yoniga yo‘l oldi.
— Kim aytdi bu gapni?
Jussasi kichikroq bo‘lsa ham Stefan Shnayder bir vaqtning o‘zida ham gapirib, ham yuradigan va boshqa ishlami ham shunday shoshilinch bajarib tashlaydigan a’lo darajadagi qadam tashlovchi edi. Seijant ikki saf oralab oldinga va orqaga qadam bosayotganida Hans Huberman uning qanday ish buyurishini tusmollay boshladi. Ehtimol, hamshira kasal bo‘lib qolgan va kimdir yarador askarlaming oyoq-qo‘llarini yangidan bog‘lab chiqishi zarur bo‘layotgandir. Yoki mingga yaqin xatjildni yalab, muhrlab, o‘lim haqidagi maxsus belgi bilan o‘z manzillarga yuborish kerakdir.
Shu payt yana bir ovoz eshitilib, unga bir necha askarlaming ovozi hamjo‘r bo‘ldi.
— Huberman, — deyishdi ular bir ovozdan. Erik hatto: “U xatosiz va benuqson yozadi, ser”, — deb qo‘shib ham qo‘ydi.
1 Vzvod (ruscha: b3boahtb — yuqori ko‘tarish) — rota, batareya tarkibidagi kichikroq bo‘linma.
— Unda masala hal, — kichkina og‘iz doira shaklini hosil qilib jilmaydi. — Huberman. Seni tanladim.
Bo‘shashgan yosh askar oldinga bir qadam qo‘yib, uni qanday vazi- fa kutayotganini so‘radi.
Seijant xo‘rsindi.
— Kapitan uchun ellikka yaqin xat yozib berish kerak. O‘zining barmoqlari revmatizm1 bilan og‘riyapti yoki artritmi1 2 *, ishqilib, kasal. Shu- ning uchun xatlarini sen yozib berasan.
Bahslashishdan foyda yo‘q edi, chunki Shlink hojatxona tozalashga yuborilgan edi, yana bir Pflegger ismli askar esa konvertlami yalab chiqa- man deb o‘lishiga bir baxya qoldi. Bechoraning tili xuddi infeksiyatush- gandek ko‘m-ko‘k bo‘lib qolgandi.
— Xuddi shunday, ser! —Hans Huberman bosh irg‘adi va shu bilan muhokama tugadi.
Uning husnixat bilan yozish mahorati a’lo darajada bo‘lmasa-da, lekin u omadli ekanligini tushundi. Xatlami iloji boricha yaxshilab yozish- ga urinayotgan paytda boshqalar jangga ketishdi.
Ulaming hech biri tirik qaytib kelmadi.
Hans Huberman o‘shanda — Buyuk urush davrida birinchi marta meni chetlab o‘tgan edi.
Ikkinchi bor qutulishi esa hali oldinda — 1943-yilda Essenda yuz beradi.
Ikkita qonli urushdagi ikkita uddaburonlik.
Birinchi martasida yosh bo4Isa, ikkinchisida keksalik ostonasida turgandi.
Meni ikki marta aldash juda kam sonli omadli insonlarga nasib etadi.
Hans butun urùsh mobaynida akkordeonni o‘zi bilan birga olib yurdi.
Frontdan qaytib kelganidan so‘ng Hans Shtutgartdagi Erik Vanden-
1 Revmatizm (yunoncha: rheumatismos—(tana bo‘ylab) tarqalish, yoyilish)—yurak-tomir sistemasi, bo‘g‘in va paylaming keng tarqaladigan yallig‘lanishi natijasida yuzaga keladigan og‘ir kasallik.
2 Artrit (yunoncha: arthron — bo‘g‘im) — bo‘g‘imlaming yallig1 lanishi.
—“^^=3! $ —
burgning oilasini qidirib topdi, ammo beva ayol musiqa asbobini Hansning o‘zi olib qolishi mumkinligini aytdi. Vandenburglaming uyi turli-tuman akkordeonlarga to‘lib toshgan va Erik urushga o‘zi bilan olib ketgan akkor- deonni ko‘rish rafiqasini battar iztirobga solib qo‘ygan edi. Shundoq ham boshqalari unga en bilan birgalikda kechgan hayotini har kuni eslatib turar- di. Vandenburg xonim ham xuddi eridek musiqa va akkordeon chalish ma- horatidan dars berardi.
— Erik menga ham akkordeon chalishni o‘rgatgan edi, — dedi Hans g‘amboda ayolning ko‘nglini ko‘tarish maqsadida.
Balki, uning gapi bevaning ko‘nglini ko‘targandir, chunki u Hans- dan o‘zi uchun birorta musiqa chalib berishni iltimos qildi va Hansning barmoqlari “Moviy Dunay valsi” musiqasiga monand tarzda tugmachalar bo‘ylab harakatlanar ekan, ayol unsiz yig‘ladi, chunki u erining eng se- vimli musiqasi edi.
— Bilasizmi, — dedi Hans musiqa tingach, — Erik mening hayo- timni saqlab qoldi. — Agar biron bir yordamga ehtiyoj sezsangiz...
Ular o‘tirgan xonaga yorug‘lik juda kam tushar, havo ham bo‘g‘ilib qolgandi. Hans stolga ustiga o‘z ismi-sharifi va manzili yozilgan qog‘oz- chani qo‘ydi.
— Mening kasbim — bo‘yoqchilik. Qachon chaqirsangiz, kelib uyingizni bepul bo‘yab berib ketaman, — Hans bu befoyda tovon ekan- ligini tushunib tursa-da, baribir, o‘z xizmatini taklif qildi.
Ayol qog‘ozchani olib qo‘ygach, xonaga kichkina bolakay kirib, onasining tizzasiga chiqib o‘tirdi.
— Bu — o‘g‘lim Maks, — dedi ayol. Bolakay juda yosh va tortin- choq edi, Hansga qarata ham hech narsa demadi. O‘zi ozg‘in, sochlari ma- yin, ko‘zlari qoramtir Maks notanish odamning katta xonada yana bir mu- siqani chala boshlaganini tomosha qildi. Bola taajjub ichida musiqa cha- layotgan yuzdan qo‘zini olib, yosh to‘kayotgan yuzga qarar, onasining yig‘lashiga nima sabab bo‘layotganini anglamasdi. Beva ayolning ko‘z- laridan turli-tuman qadrdon notalar yosh oqizardi. Hans chuqur qayg‘uga cho‘mgan xonadonni tark etdi.
— Sen hech qachon menga bu haqda aytmagan eding, — xayolan xitob qildi u marhum Erik Vandenburgga va Shtuttgart osmoniga qarata. — O‘g‘ling borligini biron marta aytmagansan.
Hans: “Bu odamlardan endi hech qachon xat-xabar kelmasa kerak”, — degan o‘yda birozdan so‘ng Myunxenga qaytib ketdi. Vaholanki, u Erikning oilasi oradan yigirma yilcha o‘tgach, o‘zining yordamidan umid- vor bo‘lishini, ammo buning bo‘yoqchilik bilan zig‘ircha aloqasi bo‘lmas- ligini hali bilmasdi.
Bir necha hafta o‘tgach, Hans yana ishiga qaytdi. Ob-havo yaxshi kelgan oylarda ish jadal davom etdi, hatto qahraton qishda ham u Rozaga ish yomg‘ir bo‘lib yog‘masa ham o‘qtin-o‘qtin shivalab turishini aytardi.
O‘n yildan oshiq vaqt davomida hamma narsa binoyidek davom etdi. Bu orada kichik Hans va Trudi dunyoga keldi. Ular voyaga yetgan- laridan so‘ng otasining ish joyiga kelib, devorlarga bo‘yoq chaplashar va cho'tkalarini yuvib berishadigan bo‘lishdi.
1933-yilda Gitler hokimiyat tepasiga kelganida Hansning ishlar bir- dan orqaga keta boshladi. Ko‘pchilikdan farqli o‘laroq, Hans natsistik par- tiyaga qo‘shilmadi. U uzoq mulohazalardan so‘ng shu qarorga kelgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |