Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak


ROZA HUBERMANNING BA’ZI XISLATLARI



Download 1,76 Mb.
bet111/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

ROZA HUBERMANNING BA’ZI XISLATLARI
U qaltis vaziyatda o‘zini yaxshi tutdi.
Maksning “Himmel” ko‘chasiga kelishidan bir oy o‘tgach, qo‘llari- dagi bo‘g‘imlari yallig‘langan Helena Shmidt yuvish va dazmollash uchun kir berishni to‘xtatganda ham Roza shunchaki joyiga o‘tirib idishini oldiga surdi.
— Bugun sho‘rva totliroq chiqibdi, shekilli.
212


Aslida no‘xat sho‘rvaning ta’mi doimgidek rasvo edi.




* * *
Lizel har kuni ertalab maktabga ketayotganda va fútbol o‘ynashga yoki qolgan kirlami yig‘ish va yetkazib berish ishini yakunlashga otlan- ganida Roza unga jimgina eslatib qo‘ydi:
— Esingda tut, Lizel, — u barmog‘ini lablariga olib kelib jim bo‘- lishni ishora qilardi. Lizel bosh irg‘ab tasdiqlagach esa: “Sen yaxshi qizsan, urg‘ochi cho‘chqa. Endi boradigan joyingga ketaver”, — derdi.
Otasining, endilikda esa onasining ham aytishi bo‘yicha Lizel, haqi- qatdan ham, yaxshi qiz edi. U hamma joyda va har doim og‘zini yopib yurar, bu sir uning ich-ichiga chuqur singib ketgan edi.
Har doimgidek, Rudi uni kiyimlar va choyshablari bilan shahar bo‘ylab kuzatib ketdi va tinimsiz javradi. Ba’zida ular o‘zlari a’zo bo‘lgan “Gitleryugend” bo‘linmalari haqida o‘zaro fíkr almashardilar. Rudi birin- chi marotaba Frans Doycher ismli zo'ravon maslahatchi haqida eslatib o‘tdi. U Doycheming odatlari haqida gapirmagan payti odatdagi mavzu- siga o‘tar, yuzlari gul-gul yonib “Himmel” ko‘chasidagi fútbol maydonida urgan so‘nggi golini tasvirlab ketardi.
— Bulami yaxshi bilaman, axir o‘zim ham o‘sha yerda edim-ku, — deya Lizel uning og‘zini yopishga urinardi.
— Nima bo‘pti shunga?
— Demak, men aytayotgan hamma narsangni o‘z ko‘zim bilan ko'rgan bo‘laman-da, ahmoq.
— Ko‘rgan-ko‘rmaganingni men qayerdan bilaman? Gol urayotgan paytim, sen, ehtimol, yerga yotib olib men yugurgan joylardagi loylami yalayotgan bo‘lgandirsan.
Ehtimol, Rudi o‘zining ahmoqona gaplari, apelsindek tovlanuvchi sochlari va qaysarligi bilan uni aqldan ozishiga yo‘l qo‘ymagandir.
Rudi uchun hayot fútbol o‘yinidagi cheksiz gollar, hiyla-nayranglar, ma’no-mazmunsiz gap-so‘zlar va hazil-huzullardan boshqa narsa emasli-





giga nisbatan ishonch bordek edi go‘yo.


Bundan tashqari, Lizel hanuzgacha burgomistming rafiqasi bilan uchrashib turar va ayolning eriga tegishli kutubxonada ba’zi kitoblami olib o‘qib turardi. Hozir u yer ilgarigidan ham sovuq bo‘lib ketgan va qiz har tashrif buyurganida sovuqdan tanasi battar junjikar, lekin Lizel hali ham kelmasdan turolmasdi. Qiz har kelganida bir nechta kitoblarni tanlab, bir kun qo‘lidan hech qo‘ya olmaydigan kitobini topgunicha har bir kitobdan kichikroq parchalami o‘qib ko‘rdi. Kitobning nomi “Hushtakboz” edi. U Lizelga, birinchi navbatda, “Himmel” ko‘chasidagi ora-sirada uchratuvchi Pfiffikus ismli mahalliy hushtakbozni eslatib yuborgani uchun qiziq tuyui- di. Uning fyureming tug‘ilgan kunida paydo bo‘lganini, eski paltoga bur- kangancha ikki bukilib egilib turgan holatini esladi.
Kitobdagi birinchi voqea qotillikdan iborat edi. Vena ko‘chasida — asosiy maydondagi Avliyo Stefan cherkovi yaqinida pichoq bilan sodir etilgan qotillik.


HUSHTAKBOZ”DAN KICHIK BIR PARCHA


U o‘z qon bilan to‘lgan hovuzda qo'rquvdan titrab yotar, quloqlarida g'alati bir kuy yangrardi. U pichoq o'z tanasiga tiqilgan va chiqarib olingan lahzalami va uning tabassumini esladi. Hushtakboz
esa har doimgidek, qorong'i va qotil tun bag'riga qochib ketayotib jilmayib qo‘ydi...


Lizel aynan kitobdagi so‘zlardanmi yoki derazadan kirayotgan so- vuqdanmi titrayotganini bilmas edi. U har safar burgomistming choyshab- larini olib kelib, topshirganida shu kitobdan uch sahifani o‘qib titrar, ammo bu abadiy davom etishi mumkin emas edi.


Maks Vandenburg ham endi yerto‘ladagi hayotga chiday olmayot- gandi. U shikoyat qilmas (uning biron nimadan shikoyat qilishga haqqi ham yo‘q edi), lekin o‘zining sovuqdan asta-sekin parchalanayotganini his qilib turardi. Keyinchalik u taqdirga tan berib, o‘ziga yolgfiz najot o‘qish va yozishdan, “Yelka qisish” deb nomlangan kitobdan kelishini tushundi.


— Lizel, — deb chaqirdi bir kuni kechqurun otasi, — bu yoqqa kel.


Maks paydo bo‘lganidan so‘ng, Lizel va Hansning mutolaa darslari- da ancha vaqt tanaffus bo‘lgandi. Hans endi o‘qitishni qayta boshlashning mavridi keldi deb o‘yladi.
— Na, komm, — dedi u qizga. — Sening boshqalardan ortda qolib ketishingni istamayman. Bitta kitobingni olib kel. “Yelka qisish” asari bor edi-ku.
Amino Lizelni chalkashtirib yuborgan hodisa keyin yuz berdi: u qo‘lida kitob bilan qaytib kelganida, otasi eski darsxonalariga, ya’ni yer- to‘laga yo‘l olish uchun unga ishora qildi.
— Lekin, dada, — Lizel unga nimadir aytmoqchi bo‘ldi, — biz u yerda o‘qiy olmayiniz...
— Nimaga o‘qiy olmas ekanmiz? U yerda birorta yirtqich hayvon bormi?
O‘shanda dekabr oyining boshi, kun ham tundan farq qilmaydigan darajada qahraton sovuq bilan chulg‘angan edi. Yerto4laga qadam tash- langani sari zinalar uning dushmanga aylandi.
— Dada, bu yer juda sovuq.
— Ilgari hech bunday demasding-ku.
— Ilgari lari qish u qadar sovuq bo‘lmagandi...
Ular pastga tushishgach, Hans pichirlagancha Maksdan so‘radi:
— Chiroqni olib tursak bo‘ladimi?
Qog‘ozlar va bo‘yoqdan bo‘shagan qutilar harakatlanib, yorug‘lik ko‘rindi. Hans olovga qarab turib, boshini chayqadi va ta’na qilgan ohang- da shunday dedi:
— Es ist ja Wahnsinn, net1? — ichkaridan uzatilgan qo‘l qog‘oz devomi to‘g‘rilashga uringanida otasi uni ushlab oldi. — O‘zing ham bu yoqqa chiq. Iltimos, Maks.
Shundan keyin qog‘ozlar asta-sekin harakatlanib, Maks Vanden- burgning ozib suyagi chiqib ketgan yuzi va tanasi paydo bo‘ldi. Namchil


1 Es ist ja Wahnsinn, net (nemischá) — bu ahmoqlik-ku, to‘g‘rimi?


chiroq yorug‘ida u hayratlanarli darajada noqulaylikni his qilar, dag‘-dag‘ titrardi.


Hans uni yoniga tortib olish uchun qo‘liga tegdi.
— Yo Iso, Bibi Maryam va Yusuf! Sen bu yerda yana bir kun tur- sang muzlab o‘lib qolishing aniq, — Hans orqasiga o‘girildi. — Lizel, Hammomga issiq suv to‘ldir. Juda issiq qilib yuborma. Biroz sovitib tur.
Lizel yuqoriga chopib ketdi.
— Yo Iso, Bibi Maryam va Yusuf!
Lizel dahlizga chiqqanida shu xitob yana bir bor yangradi.
Maks chog‘roqqina hammom ichida o‘tirganida, Lizel eshikning tashqarisida turgancha iliq suvning bug‘ga aylanib, Maksning tanasidagi “aysberg”ning erishini tasawur qildi. Bu paytda o‘gay ota-onasining meh- monxona va yotoqxona vazifasini o‘tovchi xonasida tortishuv avjiga chiq- qan, ulaming sekin aytilgan so‘zlari dahliz devoriga kelib urilardi.
— U yerda Maks o‘lib qoladi, mana ko‘rasan.
— Agar kimdir uni ko‘rib qolsa-chi?
— Yo‘q, u faqat tunda chiqadi. Kunduzi hamma narsani ochiq qoldiramiz. Shundoq ham yashirish uchun hech narsamiz yo‘q-ku. Oshxo- nada emas, mana shu xonada o4tiramiz. Uning old eshikdan panaroqda bo‘lgani yaxshi.
Sukunat.
Keyin Roza tilga kirdi:
— Mayli... Ha, to‘g‘ri. Sen haqsan.
— Agar yahudiy ustidan pul tikadigan bo‘lsak, men tirik yahudiyga pul tikishni ma’qul ko‘raman, — dedi Hans va o‘sha kundan boshlab uyda yangi tartib o‘matildi.
Har kuni kechqurun Hans va Rozaning xonasida olov yoqilar, Maks ham indamay ko‘rinish berardi. U mezbonlaming ko'rsatayotgan mehri- bonligi, omon qolishning azoblari va ayniqsa, issiq uy tufayli bir burchak- da qimtinib o‘tirardi.
Pardalar mahkam yopilgach, u yostiqni boshi ostiga qo‘yib, polda uyquga ketar, shu orada alanga ham asta-sekin so‘nib, kulga aylandi. Erta-


lab esa yana yerto‘lasiga qaytib ketardi.


Soqov odam, yahudiy kalamush yana iniga kirib ketardi.
“Rojdestvo” yangi xavf hidi bilan birga kirib keldi. Kutilganidek, kichik Hans ota uyiga kelmadi (harn yengillik, ham mash’um umidsizlik), lekin odatdagidek Trudi bayram munosabati bilan kelib ketdi. Xayriyatki, hammasi silliq o‘tdi.
£

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish