XXX BOB
UYQUCHI
Maks Vandenburg naq uch kun o‘midan turmay uxladi.
Ushbu uzoq davom etgan uyquning ba’zi qismlarida Lizel uni obdan tomosha qildi. Aytish mumkinki, uchinchi kuni Maksni tekshirish, uning nafas olayotgan yoki olmayotganini tekshirib turishga mukkasidan ketdi. Endi Lizel allaqachon uning hayotiy alomatlarini lablaming harakati, soqo- lining quyuqlashishi, uyqusiragan boshidagi sochlarining yengil titrashiga qarab izohlay olardi.
Lizel tez-tez uning tepasida tikilib turar, o‘sha lahzalarda miyasiga yigitning allaqachon uyg‘onib qovoqlari orasidagi mitti yoriqdan uning o‘zini tomosha qilyapti degan fikr kelardi. Qo‘lga tushib qolish xavfi bir vaqtning o‘zida Lizelni ham qo‘rqitar, ham ruhlantirardi. Uning o‘zi dah- shatga tushishni xohlardi. Faqatgina onasining chaqiruvi ostida Lizel istar- istamay oyoqlarini yerdan ko‘tarishga majbur bo‘lar, bir vaqtning ham tinchlanib, ham bu odamning uyg‘onganini ko‘rmasligidan g‘azablanardi.
Ba’zan Maks uxlash marafonining oxiriga yaqin qolganda uyqusirab gapirar, ming‘irlab ismlami aytib chiqardi. Mana o‘sha ro‘yxat: Ayzek, Ruf xola, Sara, oyijon, Valter va Gitler — qarindoshlar, do‘st va dushman.
Ulaming hammasi Maks bilan birga choyshab ostida yotar, ba’zi paytlari u o‘zi bilan janjallashayotganday tuyulardi.
1 Alles gut, Saumensch (nemischa) — hammasi joyidami, cho‘chqacha.
— Nein, — deb pichirlardi u. va bu safar shu so‘zni yetti marta takrorladi.
Kuzatishlar mobaynida Lizel o‘zi bilan notanish kishi o‘rtasida ba’zi o‘xshashliklami payqashga ham muvaffaq bo‘lgandi. Ulaming ikkalasi ham “Himmel” ko‘chasida notinch zamonda paydo bo‘lishdi, ikkalasini ham qo‘rqinchli tushlar ta’qib qilardi.
Maks tushunmovchilikning yoqimsiz zavqi hamrohligida nihoyat uyg‘ondi. Ko‘zlardan bir soniya o‘tgach, uning og‘zi ham ochildi va karavotda to‘g‘ri o‘tirdi.
— Oh!
Uning lablaridan yamoq tushgan tovush sirg‘alib chiqdi.
Maks tepasidagi qizning ostin-ustun bo‘lib ketgan yuzini ko‘rganida tarqoqlik va bezovtalik yuz berdi: uni qayerda va qachon o‘tirganini esiga tushirish uchun xotirasini titkilay boshladi. Bir necha soniyadan so‘ng u yonayotgan o‘tinning chirsillashiga o‘xshash tovush chiqarib boshini qa- shidi va qizga qaradi. Uning harakatlari bir-biriga uyqash kelmas, ochiq ko‘zlari jigarrang va loyqa, qalin va yopishqoq edi.
Lizel javob harakati sifatida orqasiga juda sekin tisarildi. Notanish kishi qo‘lini uzatganda karavot taftida qizigan barmoqlari Lizelning bilagiga yopishdi.
— Sendan bir iltimosim bor.
Uning ovozi xuddi timoqlaridek Lizelni ushlab oldi, uning terisini teshib suyagiga qadaldi.
— Dada! —jonholatda baqirdi Lizel.
— Iltimos! — karavotdan jur’atsiz ovoz yangradi.
Allaqachon atrof-javonibga kulrang va yaltiroq oqshom cho‘ka boshlagan bo‘lsa-da, ulaming xonasiga faqat irkit rangli yorug‘likning kirishiga yo‘l qo‘yilgandi. Faqat pardalaming matolari orasidan ichkariga kirish mumkin edi. Agar optimist odam bo‘lsangiz, uni bronza deb tasav- vur qiling.
Hans xonaga kirib eshik oldida to‘xtadi va Maks Vandenburgning Lizelni ushlagan barmoqlarini va umidsizlik zohir bo‘lgan yuzini ko‘rdi.
U ikkala qo‘li bilan Lizelning bilagiga osilgan edi.
— Nihoyat, ikkalangiz uchrashibsizlar, — dedi Hans. Maksning barmoqlari asta soviy boshladi.
XXXI BOB
QO‘RQINCHLI TUSHLARNING
AYIRBOSHLANISHI
Maks Vandenburg bundan keyin Lizelning xonasida uxlamaslikka va’da berdi. O‘sha ilk oqshomda o'ylagan narsalari endi uni dahshatga sola boshlagandi.
U bu uyga kelgan paytda shunchalar hayajon iskanjasida ediki, o‘y- lab o‘tinnasdan Lizelning xonasida uxlab qolgandi. Shu bois ham xatosini tushunib yetib, o‘zi uchun yerto* ladan boshqa joyni munosib topmadi. So- vuqqa va yolg‘izlikka e’tibor bermaydi. U yahudiy edi va agar unga biron bir joyda jonini asrash nasib etgan bo* Isa, u faqatgina yerto*la yoki shunga o‘xshash pana joydagina omon qolishi mumkin edi.
— Meni ma’zur tutinglar, — uzr so‘radi Maks zinalardan yerto‘laga tushib borishayotganida. — Shu kundan boshlab har doim pastda o‘tira- man. Mening ovozimni eshitmaysiz. Shovqin chiqarmayman.
Bunday vaziyatdan Maksdek iztirobga tushgan Hans va Roza unga e’tiroz bildirishmadi, hatte sovuq haqida ham indashmadi. Er-xotin yer- to‘laga ko‘rpa-yostiq tushirib, kerosin lampaga yonilg‘i quyishdi. Roza ye- gulik unchalik ko‘p bo‘lmasligidan ogohlantirgan mahal Maks o‘ziga faqat qolgan-qutgan, hech kirn yeyishni istamagan narsalami olib kelishni ilti- mos qildi.
— Yo‘q, yo‘q, — Roza uning ko‘nglini to‘q qildi. — Men seni qo‘limdan kelgancha boqishga harakat qilaman.
Lizelning xonasidagi bo‘sh turgan karavotdagi to‘shakni ham olib pastga tushirib berishdi va yerto*ladagi uyilib yotgan qumqayroqli qog‘oz-
laming o‘miga qo‘yishdi: ajoyib savdolashuv bo‘ldi.
Hans va Maks to‘shakni zinapoya ostiga qo‘yib, yon tomonidan qo- g‘oz uyumlari yordamida devor tiklashdi. Devor uchburchak shaklidagi kirish eshigini butunlay to‘sib qo‘yadigan darajada baland qilib qo‘yildi, agar Maks toza havoga ehtiyoj sezsa, ulami ko‘chirish juda oson edi.
Hans undan kechirim so‘radi:
— Sharoitlarimiz juda achinarli ahvolda, bilib turibman.
— Yo‘qdan yaxshiroq-ku, — unga taskin berdi Maks. — Men bunga ham loyiq emasman aslida. Sizlardan juda minnatdorman.
Yana bir nechta bo‘yoq idishlarini yaxshilab joylashtirishgach, Hans nihoyat yerto4 lada yurishga xalaqit bermasligi uchun hamma narsaning burchakka beparvo tashlangan axlat uyumiga o‘xshab qolganini tan oldi.
Bu yerdagi yolg‘iz muammo shundan iborat ediki, bekinib yotgan yahudiyning hidini sezish uchun ikkita bo‘yoq idishni siljitish va bir yoki ikki qalin qumqayroqli qog‘ozni olib tashlash yetarli edi.
— Mayli, hammasi yaxshi bo‘lishidan umid qilamiz, — dedi Hans.
— Albatta, hammasi yaxshi bo‘ladi, — Maks sudralib ichkariga kirdi va yana bir bor tashakkur aytdi. — Rahmat sizga, — Maks Vanden- burg tomonidan aytilishi mumkin bo‘lgan eng achinarli ikkita jumladan biri shu bo‘lib, u ikkinchi bir “Meni kechiring” bilan raqobatlashardi. U bu iboralami har doim aytishga moyil edi, chunki unga aybdorlik tuyg‘usi turtki berardi.
Uyg‘onganidan keyingi dastlabki soatlarda u necha marta yerto‘la- dan chiqib, bu uydan abadiy bosh olib ketishni xohladi? Yuz martadan ko‘p bo‘lishi kerak.
Ammo har safar shunday o‘y kelganda u xuddi kutilmaganda paydo bo‘lgan sanchiqdek o‘tib ketardi. Bu esa ahvolini yanada yomonlashtirardi.
U bu uydan ketishni xohladi, juda qattiq xohladi (yoki hech bo‘lma- ganda xohlashga urindi), lekin keta olmasligini bilar edi. Xuddi Shtutgart- da sodiqlik niqobi ostida yashash uchun oilasini tashlab ketganidek.
U bu dunyoda yashab qoldi, evaziga esa vijdon azobi va shar- mandalik bilan haq to‘ ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |