XXIXBOB
LIZEL UCHUN MA’RUZA
Hans va Roza Hubermanlaming qanday odam ekanliklariga javob topish oson emas. Ular mehribonmi? Yoki haddan tashqari johilmi? Balki, aqllari joyida emasdir. Bundan ko‘ra ulaming hozirgi tang ahvolini aytib berish picha osonroq.
HANS VA ROZA HUBERMANLARNING TANG VAZIYATI
Haqiqatan ham,juda og‘ir.
Aslida esa qo'rqinchli darajada og‘ir.
Erta tongdayoq fashizmning beshigi bo‘lgan hududda yahudiy pay- do bo‘Isa, ehtimol, hamma ham qattiq bezovta bo‘Isa kerak. So‘ngsiz xavo- tir, ishonchsizlik, vasvasa — hammasi o‘zining rolini mohirlik bilan ijro etib, har bin bu ishning yaxshilik bilan tugamasligiga ishora qilib, shubha- ga soladi. Ko‘zlarda shafqatsiz qo‘rquv jilolanib nur sochadi. Shu yerda ajablanarli bir narsani ta’kidlash kerak: garchi bu kamalakrang qo‘rquv o‘sha qorong‘i oqshomdagidek porlayotgan bo‘lsa-da, ular negadir jaza- vaga tushmaslikka muvaffaq bo‘lishdi.
Roza Lizelga ketishni buyurdi:
— Xonangga daf bo‘l, Bett, Saumensch, — degan ovozi ovoz sokin, ammo qat’iyatli yangradi. Lizelning o‘gay onasida juda g‘ayrioddiy o‘z- garish yuz bergandi.
Bir necha daqiqadan so‘ng otasi Lizelning yoniga kirib, bo‘sh kara- votdagi yopinchiqlami olib tashladi.
— Alles gut, Lizel? Hammasi joyidami?
— Ha, dada.
— Ko‘rib turganingdek uyga mehmon keldi.
Lizel zulmatda Hans Hubermanning gavdasini zo‘rg‘a tusmolladi.
— U bugun tunda shu yerda tunab qoladi.
— Xo‘p, dada.
Bir necha daqiqadan so‘ng Lizelning xonasida Maks Vandenburg jim va rangsiz ravishda pay do bo‘ldi. U nafas olmas, qimirlamasdi. Shunga qaramay, u g‘ayritabiiy tarzda ostonadan karavotga lip etib o‘tdi va ko‘rpa ostiga kirdi.
— Hammasi joyidami?
Bu yana Hans edi, lekin endi u Maks bilan gaplashayotgan edi.
Maksning javobi lablaridan uchib ketib, chiriyotgan isdek shiftga qadaldi. U juda uyalayotgan edi.
— Ha. Rahmat.
Hans odatdagidek Lizelning karavoti yonidagi stuldan joy egallash uchun ketayotganida Maks yana bir marta “Rahmat” deb tashakkur bildir- di.
Lizel nihoyat uxlab qolguniga qadar oradan yana bir soat o‘tdi. U uzoq va tinch vaqt uxladi.
Ertalab soat sakkiz yarimlar atrofida bir qoT uni sekin turtib uy- g‘otdi, qoTning egasi unga bugun maktabga bormasligini aytdi. Ko‘rini- shiga qaraganda Lizelning ahvoli yaxshi emasdi.
U uyqudan butunlay uyg'onganida qarshisidagi karavotda yotgan notanish odamga tikilib qoldi. Choyshabning tagidan faqat sochi bir to- monga taralgan bosh ko‘rinar, go‘yo o‘zini boshqalardan ko‘ra tinchroq uxlashga o‘rgatgandek tovushi ham chiqmasdi. Lizel juda ehtiyotkorlik bilan uning yonidan o‘tib, otasining ortidan dahlizga chiqdi.
Birmchi marta oshxona ham, Roza Huberman ham tong otgan chog‘da mudrayotgan edi. Uyga ular uchun begona bir sukunat adashib kirib qolgan edi. Lizelning baxtiga bu sukunat atigi bir necha daqiqa davom etdi.
Bir zumda ovqat va idishlaming tanish shovqini paydo boTdi.
Onasi bugungi kun tartibini e’lon qildi, ulaming yoniga o‘ tirib qizga qaradi:
— Yaxshilab eshit, Lizel. Otang bugun senga bir narsani aytib bera- di, — bu hazil emasligini Rozaning unga “urg‘ochi cho‘chqa” deb muro- jaat qilmaganligidan ham bilib olsa boTardi. Roza achchiq so‘zlaridan tiyilib turishning ajoyib san’atini namoyon etayotgandi. — U sen bilan gaplashadi, sen esa jim o‘tirib tinglaysan. Tushundingmi?
Qiz hali tomog‘idagi ovqatini yutishga ulgurmagandi.
— Tushundingmi deyapman, hoy cho‘chqa?
Endi o‘sha tanish so‘z yangragach, qiz boshini irg‘ab qo‘ydi.
Lizel xonasiga kiyimlarini olib ketish uchun qaytib kelganida, ikkin- chi karavotda yotgan gavda qo‘zg‘alib, koptokdek g‘ujanak boTib yotdi. U endi tekis g‘oTaga o‘xshamas, karavotning u burchagidan bu burcha- gigacha cho‘zilib alifbodagi “Z” harfi shaklini olgandi.
Lizel bazo‘r yorugTik taratayotgan chiroq ostida uning yuzini ko‘r- di. Notanish yigitning og‘zi ochiq, terisi tuxum qobig‘ining rangiga o‘x- shardi. Yonoqlari va iyagini soqol bosgan, quloqlari qattiq va tekis edi.
Bumi kichkina va xiyol egriroq edi.
— Lizel!
Lizel sapchib orqasiga o‘girildi.
— Qimirlasang-chi !
Qiz darhol hammomga yo‘l oldi. Kiyimlarini almashtirib, dahlizga chiqqanidan key in uzoqqa borishi shart emasligini tushundi. Chunki yer- to‘laning eshigi oldida uni otasi kutib turardi. Hans salgina jilmayib, chi- roqni yoqdi va Lizelni pastga boshladi.
* * *
Bo‘yoq hidi tutib ketgan yerto‘ladagi tog‘-tog‘ uyilgan qumqayroqli qog‘ozlar orasidan o‘tib borishayotganida Hans unga qulay joylashib olishni tayinladi. Devorda ular ilgari hijjalab o‘rgangan so‘zlar alangalanib turardi.
— Men senga bir gapni aytib qo‘yishim kerak.
Lizel bo‘yi bir metrga yaqinlashgan qog‘oz uyumining, otasi esa o‘n besh litrli bo‘yoq idishning ustiga o‘tirdi. Bir necha daqiqa davomida Hans mos so‘zlami topishga urinib o‘ylandi. Nihoyat esiga kelganida o‘sha so‘zlami talaffuz qilish uchun oyoqqa turdi, ko‘zlarini ishqaladi.
— Lizel, — gap boshladi u ohista. — Bu voqealaming yuz berishini aniq bilmaganligim uchun ham senga oldinroq aytmagandim. Yuqori qa- vatdagi yigit haqida aytishning mavridi kelgan ko‘rinadi.
Hans bir burchakdan ikkinchi burchakka borib-kelar, chiroq nuri uning soyasini kattalashtirib ko‘rsatib, tinmay oldinga va orqaga borib kelayotgan ulkan devga aylantirgandi.
U turishdan to‘xtaganida, ortidagi soyasi kichrayib unga qaradi. Har doim uni kimdir shunday kuzatardi.
— Eski akkordeonimni bilasan-a? — so‘radi otasi va o‘z hikoyasini bayon qila ketdi.
U birinchi jahon urushi va Erik Vandenburg haqida, halok bo‘lgan askaming beva ayoli bilan uchrashgani haqida gapirib berdi.
— O‘sha oqshom beva ayolning tizzasiga chiqib o‘tirgan bolakay
yuqori qavatda uxlab yotgan odamning xuddi o‘zi. Verstehst? Tushun- dingmi?
Kitob 0‘g‘risi jim o‘tirib Hans Hubermanning hikoyasini tingladi. Suhbat bir soatcha davom etdi, so‘ngra haqiqatni aytish lahzasi yetib keldi, bu esa juda aniq va batafsil ma’ruzani talab qilardi.
— Endi meni yaxshilab tingla, Lizel, — Hans uni turg‘azib qo‘lidan ushladi.
Ular qoraygan soyalar va turli-tuman so‘zlar bilan to‘lib-toshgan devorga qarab turishdi. Hans qizning barmoqlarini mahkam ushladi.
— Fyureming tug‘ilgan kuni esingdami? O‘sha oqshom gulxan yo- qilgan, shundan so‘ng uyga birga qaytgan edik. O‘shanda menga nima deb va’da berganing yodingdami?
Lizel uning gaplarini tasdiqlab devorga qarata:
— “Sir saqlay olaman”, — deb va’da bergandim, — dedi.
— To‘g‘ri.
Devor bo‘ylab qo‘l ushlagan soyalar orasida yozilgan so‘zlar so- chilib yotar, ba’zilari yelkalariga o‘tirgan bo‘lsa, bir nechtasi boshlariga chordana qurib olishgan va tirsaklaridan osilib turishardi.
— Lizel, agar kimgadir yuqori qavatdagi odam haqida gapirib ber- sang, barchamiz katta muammolarga giriftor bo‘lamiz, — Hans Lizelning bu borada soqov bo‘lib qolishi uchun biroz qo‘rqitishi, shuningdek, ortiq- cha asabiylashmasligi uchun tinchlantirishi ham kerak edi. U to‘xtamasdan qizga hamma gapni aytib berib, so‘ngra kumushrang ko‘zlari bilan unga tikildi. Umidsizlik va xotiijamlik.
— Eng kamida, onang bilan meni olib ketishadi, — Hans endi qizni haddan tashqari qo‘rqitib yuborishidan cho‘chirdi, lekin u allaqachon ehti- moliy xavfni hisoblab chiqqan va qo‘lga tushishdan ko‘ra ortiqcha qo‘r- quvni afzalroq deb bilgandi. Qizning roziligi mutlaq va o‘zgarmas bo‘lishi kerak.
So‘zi oxirlagach, Hans Huberman Lizel Memingerga bir qarab qo‘y- di va uning diqqat bilan tinglayotganiga ishonch hosil qildi. Keyin esa unga oqibatlar ro‘yxatini tuzib berdi.
— Agar biron bir kishiga o‘sha odam haqida aytib qo‘ysang...
Muallimasi bo‘ladimi yoki Rudimi — kimligining ahamiyati yo‘q, u har qanday holatda jazolanishi tayin.
— Birinchidan, — dedi otasi, — barcha kitoblaringni yig‘ib olib, yoqib yuboraman (bu juda shafqatsiz jazo edi.) — Ulami pechkaga yoki kamin ichiga tashlayman, — otasi, albatta, o‘zini zolimdek odam tutardi, ammo vaziyat shuni taqozo qilayotgan edi. — Meni tushundingmi?
Qo‘rquv va xavotir allaqachon Lizelning badanidan juda chiroyli ravishda joy olishga ulgurgan, ko‘z yoshlari oyoqqa turgandi.
— Xo‘p bo‘ladi, dada.
— Ikkinchidan, — Hans qat’iyatli bo‘lishga urinib o‘zini battar zo‘- riqtirib qo‘yayotgan edi. — Seni mendan tortib olishadi. Shunday bo‘li- shini istaysanmi?
Lizel allaqachon yum-yum yig‘layotgan edi.
— Nein1.
— Unda yaxshi, — Hansning barmoqlari uning qo‘lini mahkamroq ushladi. — Ular o‘sha odamni, ehtimol, onang bilan meni harn olib keti- shadi va biz hech qachon qaytib kelmaymiz.
Bu gapi aniq borib nishonga teggan edi. Qiz o‘zini tutolmay shu qadar o‘kirib yig‘lay boshladiki, otasi uni quchoqlab, mahkam bag‘riga bosib ovutishni istardi. Lekin Hans unday qilmadi, aksincha, u pastga o‘tirib Lizelning ko‘zlariga qaradi va kutilmaganda sokin ovozda: “Verstehst du mich” — Meni tushunyapsanmi?” — deb so‘radi.
Qiz bosh irg‘ab yana yig‘lashda davom etdi, yurak-bag‘ri ezilgan otasi uni bo‘yoq hidi o‘tirib qolgan havo va kerosin chiroq nurida bag‘riga oldi.
— Tushundim, dada. Hammasini tushundim.
Lizelning ovozi otasining gavdasi ostida bo‘g‘iq chiqdi, ular bir daqiqadan ko‘proq vaqt shu tarzda turishdi.
Lizel xirqirab nafas olar, otasi uning yelkasidan silardi.
1 Nein (nemischa) — yo‘q.
Ular yuqoriga qaytib chiqishganlarida Roza oshxonada yolg‘iz o‘zi o‘ylanib o‘tirgan edi. U eri va Lizelning kelganini payqab, o‘midan turdi va Lizelga yoniga kelishni imo qildi — u qurigan ko‘z yoshlarini payqa- gandi. Roza qizni o‘ziga tortib tikanakli quchog‘iga oldi.
— Alles gut, Saumensch1?
Javobga hojat yo‘q edi. Hammasi yaxshi va shu bilan birga dahshatli
edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |