Sochni kaltalatish:
1941-yil aprelning o‘rtlari
Hayot katta kuch bilan odatdagi maromiga tusha boshlaganga o‘x-
shardi:
Hans va Roza Hubermanlar mehmonxonada awalgiga qaraganda
ancha xotiijamroq bahslashishardi. Lizel esa odati bo‘yicha tomoshabin
sifatida ishtirok etayotgandi.
Mojaroning ildizi kecha oqshomda, Hans va Maks yerto4lada bo‘-
yoq idishlar, qog‘ozlar va so‘zlar orasida o‘tirgan paytda paydo bo‘ldi.
Maks unga sochini biroz kaltalatishi haqida gapirib, Rozaning sochini
kesib qo‘yishga vaqti bor yoki yo‘qligini so‘radi.
— Ko‘zlarimga tushib noqulaylik tug‘diryapti, — dedi Maks.
— Mayli, bir ilojini qilishga harakat qilaman.
Roza tortmalami shoshilinch ravishda ochib yopar ekan, Hansga
boshqa keraksiz axlatlar bilan birga odatiy dashnomlarini ham yo‘llardi:
— O4sha la’nati qaychi qayerda qoldi ekan?
— Pastdagi tortmada emasmi?
— Allaqachon u yemi qaradim-ku.
— Ehtimol, yaxshilab qaramagandirsan.
— Men ko‘rga o‘xshaymanmi? — Roza boshini ko‘taribA “Lizel!”
— deb na’ra tortib yubordi.
—¡4t-.—
— Shu yerdaman.
Hans xotinining baqiroq ovozidan seskanib ortiga tisarildi:
— Jin ursin seni, hoy xotin! Meni bir kun garang qilasan shu ketishda!
— O‘chir ovozingni, cho‘chqa, — Roza javrashdan bir on to‘xtat- masdan Lizelga qarata gap qotdi. — Qaychi qayerda, Lizel?
Ammo Lizel ham uning qayerda ekanligini bilmas edi.
— Cho‘chqa, bir tiyinlik foydang tegmaydi uyga!
— Uni nimaga aralashtirasan? Borib ishini qilsin.
Roza tortmani qars etib yopmaguncha kulrang sochli ayol bilan kumush ko‘zli erkak o‘rtasida yana bir nechta achchiq-tiziq so‘zlar jangi bo‘lib o‘tdi.
— Baribir, uning sochlarini qiyshiq qilib kesgan bo‘lardim.
— Qiyshiq? — boshidagi sochlarini yulishga shay turgan Hansning ovozi pasayib, deyarli eshitilmaydigan shivirlashga aylanib ketdi. — Uni kim ham ko‘rardi? — u yana bir narsa demoqchi bo‘lib, og‘zini juftla- ganida to‘satdan eshik oldida iymanib, xijolatdan yerga kirgudek bo‘lib turgan Maks Vandenburgning patli qiyofasini payqab qoldi. Maks qo‘lida olib kelgan o‘zining qaychisini Hans yoki Rozaga emas, balki o‘n ikki yashar qizchaga tutqazdi. U ayni damda bahsdan uzoq turgan yagona odam edi. U ovozlari qaltirab Lizeldan:
— Sochimni kesib qo‘yasanmi? — deb so‘radi.
Lizel qaychini olib uni ochib ko‘rdi. Qaychining ba’zi joylari zang- lagan, ba’zi joylari esa yarqirab turardi. Qiz o‘gay otasi tomon o‘girildi va u bosh irg‘ab ruxsat bergachgina, Maksning ortidan yerto‘laga tushib ketdi.
Yahudiy bo‘yoq idishining ustiga o‘tirdi. Yelkalariga kichikroq qog‘oz to‘shaldi.
— Istaganingcha egri qilib kesishing mumkin, — dedi Maks.
Hans ulami zinapoyadan turib kuzata boshladi.
Lizel Maksning sochlaridan ilk tutamni qo'liga oldi.
Patli tolalarnni kesib tashlayotgan Lizel qaychining ovozidan hay- ratga tushdi. Sochlami kesganda chiqadigan tovushdan emas, balki har bir
soch tolasi ustiga yopirilgan o‘tkir temir pichoqlaming g‘ichirlashidan lol
qoldi.
Lizel sochning ba’zi joylarini tekis, ba’zi joylarini esa egri-bugri qi-
lib kesib ishini tugatganidan so‘ng Maksning sochlarini ko‘tarib, yuqoriga
yo‘l oldi va ulami pechka ichiga tashladi. Keyin gugurt chaqib, olovning
to‘q sariq va qizil rangda yonib asta o‘chishini kuzatdi.
Maks yana eshik ostonasida, bu safar yerto‘laga olib tushadigan
zinapoyaning eng yuqori pog‘onasida turardi.
— Rahmat, Lizel, — uning yashirin tabassum bekinib oigan ovozi
barvasta va xirqiroq bo‘lib chiqdi.
Shu gapni aytishi bilan Maks yana yerto‘lasiga kirib g‘oyib bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |