(Yetti qirrali oshiq)
Ha, ha, men juda qo‘pol bo‘lib ketyapman. Men nafaqat ushbu bob- ning, balki butun boshli asaming oxirini ham deyarli aytib qo‘ydim. Sizga oldinda yuz berajak ikkita voqeani bayon etdim, chunki nima bo‘lishini aytmasdan sirlilikni saqlashga qiziqmayman. Bu juda zerikarli, meni hol- dan toydiradi. Men nima bo‘lishini bilaman, siz ham bilasiz — tamom- vassalom. Bizni shu yergacha olib kelgan qo‘lning mahorati meni hayratga soladi, qiziqtiradi, zeriktiradi va chalkashtirib qo‘yadi.
O‘ylash kerak bo‘lgan narsalar talaygina.
Bu yerda butun boshli bir hikoya turibdi.
Hozir “Hushtakboz” deb nomlangan kitob haqida, uning qanday qilib 1941 -yilgi “Rojdestvo” arafasida Amper daryosida suzib yurganligi haqida gaplashishimiz kerak. Awaliga shu kabi tafsilotlar bilan shug‘ul- lansak, nima deysiz? Xo‘sh, unda kelishdik. Voqealami birin-ketin ko‘rib chiqamiz.
Hammasi garov boylashdan boshlandi. Yahudiyni yashirib oshiq- lami tashla, shunda taqdiring qanday kechishini bilib olasan. U taxminan shunday ko‘rinishda bo‘ladi.
0
Do'stlaringiz bilan baham: |