EHTIMOLIY SAVOLLAR
Sen o'sha xonada qancha vaqt yashading?
Válter Kugler hozir qayerda?
Oilangga nima bo'lganini bilmaysanmi?
Xurrak otuvchi ayol qayerga ketayotgan edi? 10: 3 hisobi sening foydangga emas!
Nega u bilan kurashishda davom etding?
Lizel o‘zining hayotidagi o‘tmish voqealarga nazar tashlaganida,
mehmonxonada kechgan bu oqshomlar, ehtimol, uning eng yorqin xotira- laridan biri sifatida qalqib chiqqandir. U hanuzgacha Maksning tuxum- simon yuzida alangalanayotgan olovni ko‘rar, hatto uning so‘zlaridagi insoniy ta’inni tatib ko‘rardi. U o‘zining najot topib tirik qolish hikoyasini go‘yo qalbini parcha-parcha qilib kesib ulaming oldiga tashlaganday yo‘sinda bayon etdi.
— Men juda xudbin odamman! — u shunday degach, yuzini tirsagi bilan bekitib oldi. — Men ortimda qolgan yaqinlarimni emas, o‘zimni o‘yladim. Bu yerlarga qochib keldim. Endi sizlami ham xavf-xatarga duchor qilyapman... — u ichidagi hamma dard-u alamini to‘kib soldi va o‘tinib kechirim so‘ray boshladi. Uning yuziga qayg‘u va umidsizlik tarsa- ki tushirgan edi. — Meni kechiringlar. Menga ishonasizlarmi? Iltimos,
meni kechiringlar. Men oldingizda aybdorman. Men...
Maks to olov qo‘lini yalaguncha tirsagini olovga tutib turdi.
Awaliga hamma unga indamay qarab turdi, birozdan so‘ng Hans
o‘midan turib unga yaqinlashdi va Maksning yoniga o‘tirdi.
— Sen hozir tirsagingni kuydirdingmi?
Bir kuni kechqurun Hans, Maks va Lizel olov oldida o‘tirishar, Roza oshxonada timirskilanib yurardi. Maks qo‘liga yana “Mayn Kampf’ni olgandi.
— Bilasanmi nima? — deb so‘radi Hans olov tomon egilib. — Lizelning o‘zi ham aslida juda yaxshi o‘qiy oladi. Sening u bilan o‘xshash tomonlaring ko‘p. Maks qo‘lidagi kitobni yerga tushirdi, Hans esa Roza kelyaptimi yoki yo‘qmi deb atrofga bir qarab oldi. — U ham mushtlashish- ni yaxshi ko‘radi.
— Dada!
O‘n bir yoshini to‘ldiray deb turgan bo‘lsa ham hanuz qiltiriq Lizel devorga suyanib o‘tirgan joyida alang-jalang bo‘lib otasiga qaradi.
— Men hech qachon jang qilmaganman!
— Tss, — Hans kulib yuborib, qizning ovozini pasaytirish uchun unga qo‘l silkidi va bu safar qiz tomonga egilib yana gap qotdi:
— O‘shanda Lyudvig Shmeyklni hech qachon yodidan chiqmay- digan qilib kaltaklagan sen bo‘lmay kim edi?
— Men hech qachon... — Lizel qarshilik bildirishi befoyda ekanli- gini, qopqonga tushganligini his qildi. — Siz qayerdan bildingiz?
— Uning otasi bilan Knollerda uchrashib qolgandim.
Lizel yuzini qo‘llari bilan to‘sdi. Qo‘llarini yuzidan tushirganida eng asosiy savolni berdi:
— Onamga aytib berdingizmi?
— Hazillashyapsanmi? — Hans Maksga ko‘z qisib qo‘ydi va pi- chirladi: — Sen hali ham tiriksan-ku yo unday emasmi?
O‘sha kuni kechqurun, Hans bir necha oy ichida birinchi marta uyda akkordeon chaldi. U yarim soatcha musiqa chalgach, Maksga savol bilan yuzlandi:
— Sen ham o‘rgandingmi chalishni?
Burchakdagi yuz bu paytda alangalami tomosha qilib o‘tirardi.
— Ha, o‘rganganman. Uzoq sukut cho‘kdi. — To‘qqiz yoshimga-
cha. O‘sha paytda onam studiyani sotib, o‘qituvchilikni to‘xtatgandi. Uyda faqat bitta akkordeonni saqlab qoldi, lekin tez orada men o‘rganishni istamasligimni aytgach, hammasini batamom to‘xtatdi. Men ahmoqlik qilganman.
— Yo‘q, — dedi Hans. — Sen shunchaki yosh bola bo‘lgansan.
Kechqurun Lizel Meminger va Maks Vandenburg o‘zlarining orasi- dagi yana bir o‘xshashlikni namoyish etishdi. Ikkalasi ham alohida xona- larda yotsa-da, o‘zlari ko‘rgan qo‘rqinchli tushlaridan qo‘rqib uyg‘onib ketishdi: biri qattiq qichqirib choyshabga g‘arq bo‘lgan bo‘lsa, olov yonida yotgan ikkinchisi ochko‘zlik bilan havo yutishga intilardi.
Ba’zan Lizel va otasi tonggi uchga yaqin kitob o‘qib o‘tirishgan bo‘lishsa, Maksning uyg‘onganini baralla eshitardilar.
— U ham senga o‘xshab qo‘rqinchli tush ko‘rar ekan, — dedi o‘shanda otasi va bir marta Maksning qo‘rqinchli tovushlaridan bezovta bo‘lgan Lizel o‘midan turishga qaror qildi. Uning hikoyasini tinglagandan so‘ng Lizel Maksning tushida aniq nimani ko‘rishini yaxshi tasawur qila oldi, faqat har kecha hikoyaning aynan qaysi bobi uning tushiga tashrif buyurishini aniqlay olmadi.
Lizel dahliz bo‘ylab jimgina yurib, mehmonxona va yotoqxonaga kirib bordi.
— Maks?
Lizelning shivirlashi juda yumshoq yangradi.
Dastawal, hech qanday javob boMmadi, lekin ko‘p o‘tmay Maks o‘midan turib zulmatda paypaslana boshladi.
Hansning o‘z xonasida uxlab qolganligini bilgan Lizel kaminning narigi tomoniga, Maksning qarama-qarshisiga o‘tirdi. Roza ulaming orqa- sida xurrak otib uxlab yotgan edi.
U Maks aytib bergan poyezddagi xurrak otuvchi ayol bilan bemalol raqobatlashishi mumkin edi.
Olov tamoman o‘chib bo‘lgan, undan o‘lgan va o‘layotgan o‘lim tutunidan tashqari boshqa hech narsa qolmagandi. O‘sha erta tongda g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovozlar eshitilardi. —
Do'stlaringiz bilan baham: |