Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak


HAMON TIRIK ARTUR BERGGA KJCHKINA EHTIROM



Download 1,76 Mb.
bet100/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

HAMON TIRIK ARTUR BERGGA KJCHKINA EHTIROM
Kyoln osmoni sarg‘ayib ketgan, chekkalari chirish va uvalanish jarayonini boshdan kechirayotgan edi.
Bir bola qo ‘Iida go ‘dakni ushlab, devorga suyanib o ‘tirardi.
Go ‘dak uning singlisi edi.
Jajji qizaloq nafas olishdan to‘xtaganida ham bola uni qo ‘lidan qo ‘ymadi, men esa hali uzoq vaqt uni ushlab o ‘tirishiga amin edim. Uning cho ‘ntagida ikkita o ‘g‘irlangan olma bor edi.


Bu safar ular puxta o‘ylab aqlli qarorga kelishdi. Bitta-bittadan kash­tan yeb, qolganini eshikma-eshik yurib pullab chiqishdi.
Lizel eshikni ochgan har bir odamga: “Menda kashtan mevasi bor.





Bir nechta tangangizni qizg‘anmasdan shulami sotib oling”, — deb aytib chiqdi. Shu tariqa ular o‘n oltita tanga jamg‘ardilar.
— Xo‘sh, — Rudi jilmaydi, — endi qasos olishga olg‘a!
Tushdan keyin ular Frau Dilleming do‘koniga kirib, “Hayl Gitler” qilishdi va peshtaxta oldiga yaqin kelishdi.
— Aralash ta’mli qandmi yana? — Frau Diller istehzo bilan iijaydi. Lizel va Rudi unga bosh irg‘ab qo‘yishgach, peshtaxtaga tangalar sochildi va Frau Dilleming yuzidagi istehzo biroz xira tortdi.
— Ha, Frau Diller, — ular bir ovozdan javob berishdi. — Bizga aralash ta’mli qand bering.
Devorga osig‘liq fyurer portreti ular bilan faxrlanib turardi.
Bu bo‘rondan oldingi sukunat edi.
XXIVBOB
JANGCHL KURASHNINGINTIHOSI
Jonglyorlik1 nihoyasiga yetdi, ammo kurash haqida bunaqa deb bo‘lmas edi. Tarozining bir pallasida Lizel Meminger, ikkinchi pallasida Maks Vandenburg turibdi. Yaqinda ulami bir-biriga yaqinlashtiraman. Yana bir nechta sahifa sabr qilib turing.
Jangchi:
— Agar bugun kechqurun uni o‘ldirishsa, hech bo‘lmaganda tirik- layin o‘lish baxtiga muyassar bo‘lar edi.
Poyezddagi tahlikali safar endi ortda qolgan, ehtimol, vagon o‘rin- dig‘ini to‘shagiga aylantirib xurrak otayotgan ayol shu ko‘yi yo‘lda davom etayotgandir. Endi Maksni o‘z najotkoridan faqat bir necha yuz qadamlar ajratib turadi. Qadamlar, fikrlar va shubhalar.
U miyasiga mustahkam muhrlab olgan xarita yo‘nalishi bo‘yicha


1 Jonglyor tfransuzcha: jongleur < lothicha: jocuiator—qiziqchi, masxaraboz) — 1) daydi musiqachi. ashulachi; 2) narsa-buyumlami yuqoriga otib, tutib oluvchi sirk aktyori (asarda shu ma’noda).




Pasingdan Molking shahri tomon yo‘l oldi. U shahar chiroqlarini ko‘rga- nida allaqachon kech kirib qolgan edi. Maksning oyoqlari zirqirab og‘risa­da, lekin u o‘zi uchun eng xavfli va bir vaqtning o‘zida eng xavfsiz osh- yonga deyarli yetib kelgan edi. Qo‘lini cho‘zsa, devorlariga yetishi tayin edi.
U xaritada tasvirlangan yo‘nalish bo‘yicha yurib Myunxen ko‘cha- sini topdi va piyodalar yo‘lagi bo'ylab yurib ketdi.
Atrof-javonibdagi barcha jonzotlar tarashaday qotib qolishgandek edi go‘yo. Ko‘cha chiroqlarining qizg‘ish yog‘dusi qop-qora va harakatsiz binolami elas-elas yoritardi.
Shahar hokimiyati binosi yoshiga yarashmagan darajada bahaybat, mushti ulkan yigitga o‘xshab savlat to'kib turardi. Nigohi balandga qadal- gan sari cherkov binosi zuknatga botib borardi.
Bulaming barchasi unga qarab turganini payqagan Maks xiyol titra- di va o‘zini o‘zi ogohlantirdi:
— Ko‘zingga qarab yur.
(Nemis bolalari u yer-bu yerda tushib qolgan tangalami sinchkovlik bilan qidirayotgan bir mahal Germaniya yahudiylari qo‘lga tushib qolmas- lik uchun atrofhi kuzatardi.)
Maks o‘n uch raqamining omadli kelishiga ishongan holda qadam- larini ham shu asosda hisoblab borayotgandi, ya’ni har o‘n uch qadam ot- ganda to‘xtab: “Qani, yana o‘n uch qadam otay”, — deb o‘ziga gapirib qo‘yardi. Umumiy hisobda to‘qson marta o‘n uchta qadam sanagach, niho- yat o‘zini “Himmel” ko‘chasining muyulishida ko‘rdi.
U bir qo‘lida chamadon ko‘tarib oigan, ikkinchisida esa “Mayn Kampf’ni ushlab turardi.
Ikkala qo‘lidagi yuk ham salmoqli bo‘lib, Maksning yengil terlashi- ga sabab bo‘lgandi.
Xullas, u ko'chaning bir yuzidan ohista yurib, 33-raqamli uyga qa­rab ketdi. Xavfsizlik ato qilishi mumkin bo‘lgan manziliga juda yaqin qol­gan bo‘lsa ham bundan u na kular va na yig‘lay olardi. Hattoki, uni kutib turgan boshpananing ham najotkor bo‘la olishiga to‘liq amin emas edi.




Hammasi yaxshi bo‘lishiga umid qilish uchun qulay fursat emasligini o‘zi- ga bot-bot eslatdi. Albatta, Maks qo‘l yetar darajada uzoqlikdagi umidga deyarli yetishgan va uning borligini his qilgan edi. Ammo u buni tan olmadi, aksincha, agar so‘nggi lahzalarda ushlangan yoki qandaydir taso- dif bilan uni boshqa odam kutib olgan taqdirda qanday yo‘l turishi lozim- ligini o‘ylay boshladi.
Va, albatta, unda gunohkorlik hissi ham yo‘q emas edi.
Qanday qilib u bu ishni uddalaydi?
Qanday qilib u birovning ostonasidan hatlab, o‘z tirikligi uchun o‘zgalaming hayotini xavf ostiga qo‘yishlarini so‘raydi? Qanday qilib u shu darajada xudbinlikka boradi?
“O‘ttiz uch” raqami bilan to‘qnashgach, ikkalasi bir-birining qara- shini tushunishdi.
U qo‘nmoqchi bo‘lgan uyning rangini aniqlab bo‘lmas, ko‘rinishi bir ahvolda bo‘lib, uning ternir darvozasi va jigarrang, tupuk izlari qotib qolgan eshigi bor edi.
Maks cho‘ntagidan chiqargan kalit yaltiramasdan kaftida xira va so‘lg‘in yotardi. Maks bir lahzaga kalitni mushtida qattiq qisdi, erib bilagi- ga oqib tushishini kutdi. Lekin u kutgandek bo‘lmadi. Kalit qattiq va tekis bo‘lib, tishlari sog‘lom va baquwat edi. Maks o‘sha o‘tkir tishlar kaftini teshib chiqquncha mushtini qisib turdi.
Picha vaqt o‘tgach, jangchi oldinga biroz egilganda chakkasi yo- g‘och eshikka tegdi va u kalitni mushtining iskanjasidan xalos qildi.


TO‘RTINCHI QISM




TEP AD AN QAROVCHI ODAM”


£
Bu qism quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:

Akkordeon chaluvchi — va’dasida turuvchi odam — ajoyib qizaloq — yahudiy mushtumzo‘r — Rozaning g‘azabi — ma’ruza — uyquchi — qo‘rqinchli tushlami ayirboshlash — va yerto‘ladan bir necha sahifa hikoya.


XXVBOB




AKKORDEON CHALUVCHI



Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish