''Mein Kampf' — mening kurashim...
Poyezd bir nemis shaharchasidan boshqasiga o‘tib ketayotganida ham u kitob sarlavhasini qayta-qayta hijjalab o‘qiyverdi.
“Mein Kampf' — bu uning birdan bir najoti edi.
1 Perron (fransuzcha) — temir yo‘l stansiyasida poyezd kelib to‘xtaydigan va jo‘naydigan maydoncha, poyezd kutuvchi yo‘lovchilar yoki kuzatuvchiiar turadigan platforma.
XXIII BOB
HIYLAGARLAR
“Lizel Meminger shu kungacha bo‘lgan hayotida ancha qiyinchilik- lami boshdan kechirdi”, — deyishingiz mumkin. Ammo uning ko‘rgan- kechirganlari Maks Vandenburgniki oldida hech narsa emas edi. Albatta, ukasi Lizelning qo‘lida vafot etdi, onasi uni tashlab ketdi. Ammo bu yo‘qotishlar yahudiy bo‘lishdan ancha yaxshiroqdir.
Maks kelguniga qadar Roza kir-chirlami yuvib beradigan yana bir mijozni — bu safar Vayngartnerlar oilasini yo‘qotdi. O‘sha kuni oshxo- nada Schimpferei1 — doimgidek oh-voh solish va qarg‘ash marosimi bo‘lib o‘tdi, lekin Lizel yana ikkita mijozlari borligi, eng muhimi, ulardan biri — burgomistr, uning rafiqasi va kitoblaridan ayrilmaganligi uchun shukur qildi.
Lizelning boshqa ishlariga kelsak, u va Rudi Shtayner qoidabuzar- likda davom etaverdilar. Hatto, ulaming jinoiy mahoratlari yanada o‘sdi deb ham ayta olaman. Ikkovlon Artur Berg va uning sheriklari bilan yana bir qancha ovlarga chiqishdi, o‘zlarining bu lavozimga loyiqligini isbotlash va o‘g‘rilik ko‘lamlarini kengaytirishga zo‘r berib intilishdi. Bir bog‘dan kartoshka olishsa, ikkinchisidan piyoz o‘g‘irlashdi. Ammo ular eng buyuk g‘alabasiga yakka o‘zlari erishdilar.
Yuqorida guvohi bo‘lganimizdek, shaharcha bo‘ylab sayr qilishning afzalliklaridan biri yerda yotgan nimanidir topish imkoniyati edi. Yana bir foydali tomoni esa shaharcha aholisini, to‘g‘rirog‘i, shaharcha aholisi ichi- dagi vaqt o‘tgan sayin doimiy bir xil ishlami bajaradigan odamlami aniq- lash edi.
Ana shundaylardan biri ulaming maktabida o‘qiydigan Otto Shturm ismli bola edi. U har juma kuni velosipedda cherkovga ruhoniylar uchun oziq-ovqat tashib yurardi.
1 Schimpferei (nemischa) — so‘kinish, haqorat.
Lizel va Rudi Ottoni bir oy davomida zimdan kuzatishdi, shu orada ob-havo yomonlasha boshladi. Rudi oktyabming misli ko‘rilmagan qahra- ton haftasining juma kunida Ottoning yukni ko‘tarib cherkovga olib bora olmasligiga amin edi.
— O‘sha ruhoniylaming barchasi shundoq ham semirib yotishibdi. Bir hafta, kerak bo‘lsa undan ham ko‘proq vaqt ovqatsiz yashay olishadi, — dedi Rudi ikkalasi Molking bo‘ylab ketishayotgan paytlarida.
Lizel u bilan bahslashib o‘tirmadi. Birinchidan, u katolik emasdi. Ikkinchidan, uning ham qomi juda och edi. U har doimgidek kir solingan sumkasini, Rudi esa ikki chelak sovuq suvni yoki, o‘zining ta’biri bilan aytganda, ikki chelak muzni ko‘tarib olgandi.
Taxminan soat ikkilarda ular ishga kirishishdi. Rudi hech ikkilan- masdan yo‘lning Orto velosipedining rulini buradigan joyiga suvni quydi. Lizelning bu ishga rozi bo‘lishdan o‘zga iloji yo‘q edi.
To‘g‘ri, awaliga vijdoni biroz qiynaldi, ammo reja mukammal tuzilgan yoki, hech bo‘lmaganda, mukammallikka yaqinroq bo‘lganligi uchun ko‘z yumib ketaverdi. Har juma kuni — soat ikkilarda Otto Shturm oíd savatiga oziq-ovqatlar solingan velosipedini haydab Myunxen ko‘cha- sidan o‘tardi. Ushbu juma kuni u shu ko‘chadan nariga o‘ta olmaydi.
Yo‘lni allaqachon muz qoplagan bo‘Isa-da, Rudi har ehtimolga qar- shi unga yana bir qatlam qo‘shdi va jilmayishga urindi, lekin, baribir, o‘x- shatolmadi. Zo‘raki tabassum yuzidan darhol sirpanib tushdi.
— Qani, ketdik — dedi Rudi, — anavi butaning ortiga bekinamiz.
Taxminan o‘n besh daqiqadan so‘ng iblisona reja o‘z samarasini bera boshladi.
Rudi butalar orasidagi bo‘shliqdan barmog‘ini cho‘zib: “Mana, kelyapti”, — dedi.
Muqarrar falokatdan bexabar Otto xayolparastlik bilan velosipedining rulini burdi va bir necha soniya ichida boshqaruvni yo‘qotib qo‘yib, muz ustiga uchib tushdi va chalqanchasiga yotib qoldi. U qimirlay- vermagach, Rudi xavotirli nigohi bilan Lizelga qaradi.
— O, Iso! Menimcha, biz uni oTdirib qo'ydik! — dedi u vajimgina
butalar orqasidan chiqib, savatni oldi. Ular zudlik bilan voqea joyidan uzoqlashdilar.
— U nafas olayotganmidi? — biroz yurishgandan so‘ng so‘radi Lizel.
— Keine Ahnung1' —javob berdi Rudi va savatni mahkam qu- choqlab oldi. U Ottoning tirik yoki o‘likligini, chindan ham, bilmasdi.
Rudi va Lizel nishab bo‘ylab ancha yurishgach, pastga qarab Ottoning boshini va sonini ushlab o‘midan turayotganini va atrofga olazarak qarab savatni izlayotganini ko‘rishdi.
— Scheisskopf1 2! — Rudi shunday deb jilmayib qo‘ygach, ikkalasi qo‘lga tushgan o‘ljani tekshirishishga tushdilar. Savatda non, pachoq bo‘l- gan tuxum va eng diqqatga sazovor narsa — Speck3, bor edi. Rudi lahm go‘shtni bumiga yaqin keltirib, surur bilan hidladi. — Oh, mazza!
Lizel va Rudi g‘alaba nashidasini faqat o‘zlari surishni qanchalik istashmasin, Artur Bergga nisbatan sadoqatlari kuchliroq bo‘lib chiqdi. Ular Artuming Kempf ko‘chasidagi g‘aribona ijara uyiga kelib unga o‘lja qilib oigan oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘rsatishdi. Artur o‘z mamnuniyati- ni yashira olmadi.
— Buni kimdan o‘g‘irlab keldinglar?
— Otto Shturmdan, —javob qaytardi Rudi.
— Mayli, — Artur bosh irg‘adi, — kirn bo‘lishidan qat’iy nazar, undan minnatdorman. Artur uyga kirib ketdi va birozdan so‘ng non kesa- digan pichoq, tova va kostyumi bilan qaytib keldi. Keyin esa uch o‘g‘ri dahliz bo‘ylab tashqariga tomon yurib ketishdi.
— Boshqalami ham chaqiraylik, — dedi Artur Berg ko‘chaga chi- qishgandan so‘ng. — Biz jinoyatchi bo‘lishimiz mumkin, ammo odamiy- likni batamom yo‘qotib qo‘ymaganmiz.
Xuddi kitob o‘g‘risi singari, u ham odamiylik va o‘g‘rilik chega- rasining ma’lum bir nuqtasida chiziq tortib qo‘ygandi.
1 Keine Ahnung (nemischa) — bilmasam, qaydam.
2 Scheisskopf (nemischa) — esipast, tentak/
3 Speck (nemischa) — tuzlangan yoki dudalngan cho‘chqa go‘shti.
Ular yo‘l-yo‘lakay bir nechta eshikni taqillatishdi, deraza tagida turib bir nechta ismlami aytib qichqirishdi. Oradan ko‘p o‘tmay Artur Bergning mevalami o‘g‘irlaydigan armiyasining barcha a’zolari Amper qirg‘og‘iga yo‘l oldi. Daryo bo‘yidagi panaroq joyda olov yoqildi va qolgan-qutgan pachoq tuxumlar savatdan qutqarilib, obdan qovurildi, non va go‘sht bo‘laklandi. Qo‘llar va pichoqlar bilan Otto Shturmga tegishli savatidagi yeguliklaming barchasi pok-pokiza tushirildi. Ruhoniylarga esa hech vaqo ravo ko‘rilmadi.
Lekin shohona tushlikning nihoyasida savat ustida biroz tortishuv kelib chiqdi. Bolalaming aksariyati uni yoqib yuborish kerak deb turib oldi. Fris Hammer va Endi Shmeykl esa savatni o‘zlarida olib qolishni tak- lif qilishdi. Ammo Artur Berg o‘zining beo‘xshov axloqiy ko‘nikmalarini namoyish etgan holda boshqa bir taklifhi ilgari surdi.
— Siz ikkingizga bitta ish bor, — dedi u Rudi va Lizelga qarab. — Savatni olib o‘sha Shturm deganlariga qaytarib olib borib berasizlar. Menimcha, bechora bolaga yetarlicha zarar berdik, chog‘i. Hech bo‘lmasa, savatini qaytaraylik.
— E, qo‘ysang-chi, Artur, — dedi Endi norozilik bildirib.
— Seni eshitishni ham xohlamayman, Endi.
— Ey Xudo!
— U ham buni eshitishni istamaydi.
To‘da a’zolari sharaqlab kulib yuborishdi. Rudi Shtayner savatni qo‘liga oldi.
— Qaytarib olib boraman-da, pochta qutisiga ilib qo‘yaman.
Rudi yigirma metrcha yurgach, Lizel uni quvib yetib oldi. Lizel alla- qachon uyiga ancha kechikkan va o‘gay onasining dag‘dag‘a qilishi mu- qarrar edi, lekin u Molking bo‘ylab shahaming narigi tomonidagi Shturm- lar fermasigacha Rudi Shtaynerga hamrohlik qilishni ma’qul ko‘rdi.
Avvaliga ular uzoq vaqt jim ketishdi.
— Qilgan ishimizdan uyalyapsanmi? — nihoyat so‘radi Lizel. Ular allaqachon topshiriqni bajarib, o‘z uylariga ketishayotgan edilar.
— Nimani nazarda tutyapsan?
— Bilib turibsan-ku.
— Albatta, bu ishimiz yaxshi bo‘lmadi, biroq nima bo‘lsa ham endi qomim to‘q. Shturmning ham ovqat yeb qomini to‘yg‘azganiga mutlaqo ishonchim komil. Ulaming uylarida mo‘l-ko‘l ovqat bo‘lmaganida, ruho- niylarga hech qachon bunday g‘amxo‘rlik qilmagan bo‘lishardi.
— Bechora yerga qattiq yiqilib tushdi-da.
— Eslatmasang-chi, — Rudi Shtayner o‘zini jilmayishdan tiyib tura olmadi.
Kelgusi yillarda u o‘g‘ri emas, boshqalarga non ulashadigan yaxshi odamga aylanadi. Bu esa inson tabiatidagi ziddiyat haqida yana bir yaqqol misol. Bitta inson shunchalar yaxshi va bir vaqtning o‘zida shunchalar yomon bo‘lishi ham mumkin. Ta’bga qarab suv qo‘shiladi.
O‘sha shirin va achchiq g‘alabadan besh kun o‘tgach, Artur Berg yana paydo bo‘lib, Rudi va Lizelni yangi o‘g‘rilik loyihasiga lutfan taklif etdi. Ular chorshanba kuni maktabdan qaytishayotganida Myunxen ko‘- chasida Artur bilan to‘qnash kelib qolishdi. Artur egniga “Gitleryugend” kiyimini kiyib oigan edi.
— Ertaga kechqurun yana bir yerga o‘g‘rilikka tushamiz. Qo‘shila- sizlarmi?
Ular hech bir ikkilanishsiz rozi bo‘lishdi.
— Qayemi o‘maramiz?
— Kartoshka dalasini.
Ushbu suhbatdan yigirma to‘rt soat o‘tgach, Rudi va Lizel jasorat bilan sim to‘siqni oshib o‘tib, shosha-pisha qoplarini to‘ldirishayotgandi.
Biroq ular ishni bitirib narigi tarafga o‘tib olishga chog‘langanlarida muammo paydo bo‘ldi.
— 0, Iso! — kutilmaganda baqirib yubordi Artur. — Dehqon kel- yapti! — uning shu ikki so‘zi birinchi gapidan-da dahshatli edi. U go‘yo o‘ziga biron ziyon yetgandek jon holatda og‘zini katta ochib baqirdi. O‘raday og‘izdan chiqqan navbatdagi so‘z “bolta” edi.
Boshqalar qichqiriqdan hushyor tortib o‘girilishganida, dehqon qo‘lidagi qurolini baland ko‘tarib, ularga qarab chopib kelardi. Butun to‘da
a’zolari to‘siq tomon yugurib, narigi tomonga sakrab tushishdi. Devordan eng uzoqda turgan Rudi tezda boshqalaming ortidan yetib olishga urindi, ammo qanchalik tez yugurmasin, u oxirgi bo‘lib ketayotgandi. Rudi sho- shilib to‘siq ustiga tashlanganida oyog‘i sim to‘siq ichiga tiqilib qolib qo‘ydi.
— Hoy! Yordam! — mushkul vaziyatda qoldirib ketilgan odam- ning qichqirig‘i yangradi.
To‘da shartta to‘xtadi. Lizel o‘ylab o‘tirmasdan orqasiga qarab yugurdi.
— Tezroq qimirlanglar! — baqirdi Artur. Uning ovozi so‘zlar og‘zidan uchib chiqishga ulgurmasdan yutib yuborilgandek juda uzoqdan eshitildi.
Osmon musaffo edi.
Qolganlar hammasi qochib ketishdi.
Lizel yetib kelib Rudining shimidan torta boshladi. Rudining ko‘z- lari qoTquvdan katta-katta ochilib, olayib ketgandi.
— Tezroq bo‘l, — dedi u qizga, — dehqon yaqin kelib qoldi.
Olisdan ulami yolg‘iz tashlab ketayotganlaming qadam tovushlari quloqqa chalingan bir mahal yana bir qoT simni mahkam ushlab, Rudi Shtayneming shimini ajratib oldi. Tikanli simda shimining bir parchasi qoldi, lekin muhimi Rudi ozod boTgan edi.
— Qani, tez qochinglar endi, — Artur ularga shunday maslahat bergan kezda dalaning egasi allaqachon ular hozirgina turgan joyga yetib kelib, harsillab nafas olgancha so‘kinib turardi. Uning qo‘lidagi boltasi zarb bilan oyog‘iga tushib ketdi. Kartoshka dalasining egasi o‘g‘rilarga quruq tahdid qilib tomoq yirtardi:
— Men senlami politsiyaga topshiraman! Men senlami, albatta, topaman! Kimligingizni tezda bilib olaman!
— Ouens degan bolaning ustidan arz qiling! — Artur Berg unga qarata javob yoTlab Lizel va Rudining izidan chopib ketdi. — Uning ismi Jessi Ouens!
Lizel va Rudi xavfdan xoli joyga yetib kelib, o‘pkasini toMdirib havo yutish maqsadida o‘tirib qolishganida Artur Berg ularga yaqinlashdi. Rudi uning yuziga qaramadi.
— Bunday vaziyat hammamiz bilan sodir bo‘lgan, — dedi Artur uning ko‘nglidan o'tayotgan alamli o‘ylami his qilib. U o‘shanda yolg‘on gapirganmidi? Buni ular aniq bilishmas va bila olishmasdi ham.
Oradan bir necha hafta o‘tgach, Artur Berg Kyolnga ko‘chib ketdi. Shundan so‘ng u bilan yana bir marta, ikkalasi yuvilgan kirlami egalariga yetkazib berish uchun ketishayotganida uchrashishdi. Myunxen ko‘chasi- dan sal nariroqdagi xiyobonda Artur Lizelning qo‘liga ichiga o‘n ikkita kashtan mevasi solingan jigarrang qog‘oz xaltani uzatdi va jilmayib: “Ka- bobchilik sanoatidagi tanishim berdi”, — dedi. Bu yerlardan jo‘nab keta- yotganligini aytgach, uning husnbuzar toshgan yuzida yana tabassum o‘y- nadi. Lizel va Rudining peshonasiga yengilgina chertib qo‘ydi va: “Och- ko‘zlik qilib hammasini birdan paqqos tushirmanglar yana!” — deb hazil- lashdi. Shu uchrashuvdan o‘ng ular Artur Bergni boshqa ko‘rmadilar.
Menga kelsak: “Men uni aniq-tiniq ko‘rganman”, — deb bemalol ayta olaman.
£
Do'stlaringiz bilan baham: |