BITT A ISM VA BITTA MANZIL
Hans Huberman.
Molking, “Himmel” ko'chasi, 33-uy.
— Ahvol awalgidan ham yomonlashmoqda, — dedi Uolter Maksga. — Ular bizni har daqiqada qo‘lga olishlari mumkin, — zulmatda bukchaygan gavdalar bittaga ortgan edi. — Ertaga nima bo‘lishi ma’lum emas. Ular meni ham tutib olishlari mumkin. Ehtimol, o‘sha qog‘ozda yozilgan joyni topishing kerakdir... Bu yerda birovdan yordam so‘rashdan juda qo‘rqaman. Ular shu zahoti chaqib berishlari aniq — ulaming faqat bitta yoMlari qolgan edi. — Men o‘sha manzilga borib bizga kerakli odam- ni topaman. Agar u ham boshqalarga o‘xshab fashistlarga qo‘shilgan bo‘l- sa, ortimga o‘girilib ketaveraman. Hech boMmaganda, anig‘ini bilamiz — richtig?
Maks Valteming qog‘ozda ko‘rsatilgan manzilga borib kelishi uchun oxirgi pfennigigacha berdi. Bir necha kundan keyin Valter qaytib kelganida, ikki do‘st quchoqlashib ko‘rishdi, Maks yo4lda shoshilib kel- ganidan hansirardi.
— Xo‘sh, nima bo‘ Idi?
Valter bosh irg‘adi.
— U yaxshi odamga o‘xshayapti. U hali ham onang aytgandek, otangning akkordeonini chalib turarkan. Partiyaga a’zo emas ekan. Menga biroz pul berib yubordi, — Hans Hubermanning ismi faqat partiyaga kir- moqchi bo‘lganlar ro‘yxatida uchrardi, xolos. — U anchayin kambag‘al ekan, xotini va bitta bolasi bilan yashar ekan.
Bola so‘zi Maksda ko‘proq qiziqish uyg‘otdi:
— Necha yosh ekan?
— O‘n. Hammasi sen o‘ylagandek mukammal bo‘lavermaydi-ku.
— Ha, to‘g‘ri aytasan. Bolalaming og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi.
— O‘zi shundoq ham omadimiz keldi.
Ular allamahalgacha indamay o‘tirishdi. Nihoyat Maks jimlikni buzdi:
— U mendan nafratlangan bo‘lsa kerak-a?
— Menimcha, asió unday emas. U menga pul berdi, tushunyap- sanmi? “Aytilgan so‘z — otilgan o‘q”, — dedi menga.
Bir hafta o‘tgach, xat keldi. Hans bir ilojini qilib Valter Kuglerga kerakli narsalami yuborishga harakat qilishini xabar bergandi. Maktub bilan birga Molking va Buyuk Myunxenning xaritasi, shuningdek, xavfsiz- roq tuyulgan Pasing poyezd vokzalidan to‘ppa-to‘g‘ri Hubermanlar eshigi- gacha olib boruvchi yo‘nalish yoritilgan chizma ham bor edi. Maktub “Ehtiyot bo‘linglar” degan jumla bilan tugagandi.
1940-yil may oyining o‘rtalarida muqovasining ichiga kalit yashiril- gan “Mayn Kampf’ kitobi ham yetib keldi.
Maks Hubermanni daho deb e’tirof etgan bo‘lsa ham Myunxenga sayohat haqida o‘ylasa, vujudini qaltiroq bosardi. Shubhasiz, u shunday vaziyatga tushgan boshqa odamlar singari begona shaharga safar qilishni istamayotgan edi.
Holbuki har doim ham bizning xohishlarimiz amalga oshavermaydi. Ayniqsa, fashistlar Germaniyasida.
Oradan yana picha vaqt o‘tdi.
Urush olovi kundan kunga alangalanib borar, Maks bo‘lsa hamon butun dunyodan yashirinib, boshqa bir bo‘sh xonada yotardi.
Bir kuni Valterga Germaniyaning polyaklar va yahudiylar ustidan qudratini kuchaytirish uchun armiya safida Polshaga jo‘natilishi haqida xabar berishganida Maksning Myunxenga ketishi muqarrar bo‘ Idi.
Tashqaridagi urush ichkaridagi urushdan aslo farq qilmas edi. Reja- ni amalga oshirish uchun vaqt yetib kelgan edi.
Shu tariqa Maks Myunxen va Molking tomon yo‘l oldi, ayni damda
esa begona odamning oshxonasida o‘tirgancha najotkoridan yordam so‘ra- yapti, o‘ziga munosib ko‘rgan nafrat tuyg‘usidan azob chekyapti.
Hans Huberman Maksning qo‘lini siqib, o‘zini tanishtirdi va zulmat qo‘ynida timirskilanib, unga qahva tayyorlab berdi. Lizel ancha oldin xo- nasiga chiqib ketgan zinadan boshqa bir odamning yaqinlashib kelayotgan qadam tovushlari eshitildi.
Zulmatda har uchala odam o‘z xayollariga g‘arq bo‘lgancha bir nuqtaga qadalib olishgandi. Nihoyat ayol tilga kirdi.
XXVIII BOB
ROZANING G‘AZABI
Roza Hubermanning tanish ovozi oshxona devorlarini zir titratib yu- borganda Lizel allaqachon uxlab yotgan edi. Uyqudagi qiz sapchib o‘mi- dan turib ketdi.
— Was ist los?
Lizeldagi qiziqish boshqa hamma narsadan ustun chiqdi, u Rozaning g‘azab donalarini qanday sochishini ko‘rmoqchi bo‘ldi. Oshxonadan toqat- siz harakatlar va stulning qo‘zg‘algani eshitildi.
O‘zini o‘n daqiqalik azobli tiyishdan so‘ng Lizel dahlizga chiqib ketdi va ko‘rganlaridan hayratda qoldi: Roza Huberman Maks Vanden- burgning ustida turib, ma’him va mashhur no‘xat sho‘rvasini ochko‘zlik bilan yutayotganini kuzatardi. Stol ustiga qo‘yilgan sham qaltiramasdi.
Roza kutilmagan mehmonga g‘amgin boqar, bo‘liq gavdasi xavotir- dan qizib ketgandi.
Shu bilan birga, uning yuzidan qandaydir g‘alaba nashidasining ifodasi uchun joy olgan bo‘lib, bu g‘alaba bir insonni dahshatli ta’qibdan qutqargani uchun emas edi. Ayolning yuzidan quyidagi gaplami uqish mumkin edi: “Mana, ko‘rdinglarmi? Hech bo‘lmaganda mana shu yigit no‘xat sho‘rvamdan nolimadi”. U dam sho‘rvaga, dam yahudiyga, keyin
yana sho‘rvaga to‘xtovsiz qarardi.
Kosadagi ovqat tugagach, Roza yana quyib berishni taklif qildi, yigit esa uning taklifini rad etib o‘midan urdi va qusish uchun rakovinaga sho- shib ketdi. (Tqchigan paytida butun gavdasi silkindi, qo‘llari har tomonga yoyilib ketdi. Keyin esa barmoqlari rakovina chekkasiga yopishib qoldi.
— Yo Iso, Bibi Maryam va Yusuf! — deya g‘o‘ldiradi Roza. — Yana bitta qusuvchi paydo bo‘ldi.
Maks ortiga o‘girilayotib, undan kechirim so‘radi. Yigitning so‘zlari silliq va mayda, xuddi kimyoviy eritma bilan sayqal berilgandek yangradi:
— Meni ma’zur tuting. Haddan tashqari ko‘p ovqat yeb yuborib- man, shekilli. Bilasizmi, oshqozonimga ovqat tushmaganiga ham ancha vaqt bo‘lgandi... Ehtimol, shuning uchun taomni qabul qila olmagandir.
— Qoch, nari tur, — dedi Roza va rakovinani tozalashga tushdi.
Roza tozalash ishlarini tugatganida oshxona stolida butunlay tush- kunlikka tushgan holda o‘tirgan yigitni ko‘rdi. Hans uning ro‘parasidagi stulda qo‘llarini qovushtirgan ko‘yi o‘tirardi. Lizel dahlizdan turib, nota- nish yigitning toliqqan yuzini, uning ortidan yuziga xavotir chaplangan onasini ko‘rdi. Lizel o‘gay ota-onasiga qaradi.
Bu odamlar kimlar o‘zi?
Do'stlaringiz bilan baham: |