Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak


KICHIK, AMMO MUHIM UCHTA MA’LUMOT



Download 1,76 Mb.
bet105/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

KICHIK, AMMO MUHIM UCHTA MA’LUMOT

  1. Hansning yonidan o'tib ketgan odam Molkingdagi eng ashaddiy fashistlaridan biri bo‘lgan Rolf Fisher edi.

  2. Oradan o‘n olti soat o‘tar-o‘tmas, do‘kon eshigi ustida yana haqoratli so'zlar pay do bocldi.

  3. Hans Huberman fashistik partiyaga qabul qilinmadi. Albatta, hozircha a’zo emas.

Hansning omadi keldi. Boshqalar bir zumda partiyaga qabul qilinayotgan bir paytda uning ismini kutayotgan nomzodlar ro‘yxatiga kiritib shubha bilan qarashardi. 1938-yil oxiriga kelib, “Kristallnacht1(“Billur kecha”) voqeasidan keyin shahar yahudiylardan to‘liq tozalandi. Gestapo2 politsi-

  1. Billur kecha” yoki “Vitrinalar sindirilgan kecha” (nemischa: Novemberpogrome 1938, (Reichs) Kristallnacht) 1938-yil 9-10-noyabr kunlari Avstriyaning ba’zi qismlarida va Germaniyaning Sudet viloyatida yahudiylarga qarshi harbiy kuchlar va tinch aholi tomonidan amalga oshirilgan amaliyot. Politsiya ushbu tadbirlarga to‘sqinlik qilishdan o‘zlarini olib qochishgan. Hujumlar natijasida ko‘plab ko‘chalar yahudiylarga qarashli vitrinalar, do‘konlar, binolar va ibodatxonalar vayron qilingan. Bunga Parijda 1938-yil 7-noyabrda 17 yoshli polshalik yahudiy Hersel Grünspan tomonidan Gennaniya elchixonasi maslahatchisi Emst fon Ratning o‘ldirilganligii sabab bo‘lgan.

  2. Gestapo (nemischa: ‘‘Geheime Staatspolizei” — davlat maxfiy politsiyasi) — bu tashkilot 1933- 1945-yillarda fashistlar Germaniyasining davlat maxfiy politsiyasi bo‘lgan. Germaniya va uning







yachilari Hubermanlar uyiga kelib tintuv o'tkazishdi, shubhali dalil topil- magach, Hans baxtli odamlar qatoriga kirdi, chunki unga tegishmadi.
Añidan, Hansni odamlar uning, hech bo‘lmasa, partiyaga qabul qili- nishini kutayotgan nomzodlar ro‘yxatida ekanligini bilganliklari qutqarib qoldi. Shu sababli uning partiyasiz yurishiga toqat qilishdi va hatto mala- kali bo‘yoqchi sifatida qadrlashdi.
Qolaversa, uning boshqa bir xaloskori ham bor edi.
Hansni aynan qadrdon akkordeoni jamiyatdan itqitib tashlanish ja- zosidan soqit qilgandi. To‘g‘ri, Myunxenda mohir bo‘yoqchilar bor edi, ammo Erik Vandenburgning qisqa muddatli ta’Iimi va o‘zining qariyb yigirma yillik amaliyotidan so‘ng Hans Huberman Molkingdagi tengsiz akkordeon chaluvchi odamga aylangandi. Uning usiubi mahorat emas, balki samimiylikka qurilgan edi. Uning musiqasi yangraganda hatto xato- lari ham odamlaming ko‘ziga ko‘rinmay qolardi.
Hans zarur paytda fyurerga hurmat bajo keltirib: “Hayl Gitler”, — deb aytar, zarur paytda bayroqni osib qo‘yishdan ham bosh tortmasdi. Hammasi ko‘ngildagidek ketayotganga o‘xshardi.
1939-yil 16-iyun kuni (bu sana keyinchalik uning miyasiga abadiy muhrlanib qoldi), Lizel Meminger “Himmel” ko‘chasida paydo bo‘lgani- dan olti oydan biroz ko‘proq vaqt o‘tgach, Hans Hubermanning hayotini butunlay o‘zgartirib yuborgan voqea yuz berdi.
O‘sha kuni u ishiga ertalab soat yettilarda chiqib ketgan edi. U o‘zini kimdir kuzatayotganiga zarracha shubha qilmasdan cho‘tkasi va bo‘yoqlari solingan aravasini odatdagicha tortib ketdi.
Ish joyiga yetib borganida, unga malla sochli, novcha va jiddiy qiyo- fali notanish yigit yaqinlashdi. Ular bir-biriga qarab qolishdi.
— Siz Hans Huberman bo‘lasizmi?
Cho‘tkasiga qo‘l uzatayotgan Hans qisqa bosh irg‘ab tasdiqladi.
— Ha, menman.


tashqarisida ommaviy terromi amalga oshirdi. Nyumbergdagi xalqaro harbiy tribunal tomonidan jinoyatchi tashkilot sifatida e’tirof qilingan va tarqatib yuborilgan.





Siz mabodo akkordeon chalmaysizmi?


Shu gapdan so‘ng qimirlamay Hans qotib qoldi, cho‘tkasini olmas- dan yana bosh irg‘adi.
Notanish kishi jag‘ini uqalab, atrofga alangladi vajuda sekin, ammo aniq gapirdi:
Bergan so‘zining ustidan chiqadigan odam ekanligingizga ishon- sam bo‘ladimi?
Hans aravadan ikkita bo‘yoq idishini tushirib notanish odamni o‘tirishga taklif qiidi. Taklifni qabul qilishdan oldin yigit qo‘lini uzatdi va o‘zini tanishtirdi:
— Mening ismim Kugler. Valter Kugler. Shtutgartdan keldim.
Ular qutilar ustiga o‘tirib, chorak soatcha past ovozda gaplashishdi va kechqurun uchrashishga kelishib oldilar.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish