Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak


HANS HUBERMANNING TAFAKKUR TARZI



Download 1,76 Mb.
bet104/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

HANS HUBERMANNING TAFAKKUR TARZI
Uning oliy ma’lumoti, siyosiy qarashlari yo‘q edi, lekin bir muhim jihati shu ediki, u adolatni hurmat qilardi.
Bir safar yahudiy uning hayotini saqlab qolgandi va Hans buni hech qachon unutolmasdi.
U odamlami bir-biriga qarshi qayratuvchi noxolis partiyaga qo'shila olmadi.
Bundan tashqari, xuddi Aleks Shtayner singari uning ham ba’zi sodiq mijozlari yahudiylar edi.
Ko'plab yahudiylar singari, Hans Huberman ham yahudiylarga nisbatan nafrat uzoq davom etishi mumkinligiga ishonmadi va ataylab Gitlerga ergashmaslikka qaror qildi.
Ushbu qaror ko‘p jihatdan halokatli bo'ldi.
J




Mamlakatda quvg‘inlar boshlanganda, uning ishiga bo‘lgan talab asta-sekin kamayib ketdi. Awaliga topish-tutishi unchalik yomon emas edi, keyinchalik uning mijozlari birin-ketin yo‘q bo‘lib keta boshladi. Uning xizmati uchun oladigan puli ham salmog‘ini yo‘qotib, fashistik tu­rnan ichida erib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Bir kuni Hans Myunxen ko‘chasida gamburglik Herbert Bollinger ismli Hochdeutsch1 shevasida gapiruvchi o‘zining sobiq va sodiq baqaloq mijozini uchratib qolganida darhol unga yaqinlashib dilida tugib yurgan savollarini berdi. Awaliga Herbert ulkan qomi yerga teggudek bo‘lib past- ga qaradi, keyin yana Hansga qaraganida uning nigohidan bu savoldan no- qulay ahvolga tushganini sezish qiyin emas edi. Hans aslida undan so‘ra- masa ham vaziyatni tusmol qilgandi, lekin ishonch hosil qilishni lozim topgandi.
— Nimalar bo‘lyapti o‘zi, Herbert? Mijozlarimdan shu darajada tez ayrilyapmanki, hatto ulami sanashga ham vaqt topolmayman.
Bollinger ortiq gapini ichida saqlashni istamadi, Hansning yuziga tik qarab javobni ayni vaqtda o‘zini qiziqtirayotgan savol orqali yo‘lladi:
— Xo‘sh, Hans. 0‘zing menga ayt-chi, sen ham safdamisan?
— Qanaqa saf? — Hans Huberman Bollingeming nimani nazarda tutayotganini juda yaxshi bilib turardi.
— Qo‘ysang-chi, Hansi. Uning nomini aytishga meni majbur qilma.
Novcha bo‘yli bo‘yoqchi unga qo‘l siltab, yo‘lida davom etdi.
Yillar o‘tishi bilan yahudiylami ta’qib qilish butun mamlakat bo‘y- lab avj olib ketdi, Hans 1937-yilning bahorida ming istihola bilan nihoyat taslim bo‘ldi. U bir nechta surishtiruvlar o‘tkazgach, partiyaga a’zolik uchun ariza topshirdi.
Partiyaning Myunxen ko‘chasida joylashgan idorasida tegishli anke- tani to‘ldirgandan so‘ng Hans tashqariga chiqdi. Uning ko‘z oldida to‘rt kishi Kleynman nomli kiyim-kechak do‘koniga qarata g‘isht irg‘itayotgan edi. Bu do‘kon Molkingda hanuzgacha faoliyat yuritayotgan kam sonli ya-


1 Hochdeutsch (nemischa) — ncmis adabiy till.



hudiylar do‘konlaridan biri edi. Do‘kon ichkarisidagi miqti gavdali odam nimalardir deb gapirib singan shisha bo‘laklarini yig‘ib olishga urinayot- ganda oyog‘i toyib oynalar ustiga qulab tushdi. Do‘kon eshigiga xantal rangli yulduzcha chizilgan, pala-partish qilib yozilgan “IRKIT YAHUDTY”ning harflari chekkasidan bo‘yoq tomchilardi. Dastlab no- tinch bo'lgan ichkaridagi harakatlar biroz susaydi, keyin esa butunlay to‘xtab qoldi.


Hans yaqinlashib do‘kon ichiga mo‘raladi:
— Biror yordam kerak emasmi?
Herr Kleynman boshini ko‘tardi. U qo‘lida chang supurgini behol ushlab turardi.
— Yo‘q, Hans. Sendan iltiinos. Bu yerdan tezda ket.
Hans o4tgan yili Kleynmanning uyini bo‘yab berganida ko‘rgan uning uchta farzandini esladi. Bolalaming yuzlarini tanish bo‘lsa-da, ism- larini eslay olmadi.
— Ertaga kelib eshigingni bo‘yab beraman, — dedi Hans.
U bergan va’dasining ustidan chiqdi. Bu uning ikkita xatosining ikkinchisi edi. Birinchi xatosini o‘sha toshbo‘ron voqeadan keyin darhol qilgan, ya’ni yahudiyga o‘z yordamini taklif qilgan edi.
Hans hozirgina chiqib kelgan binoga yana qaytib borib, eshikni mushtladi, keyin partiya shtabining derazasini taqillatdi. Deraza zarbadan titrab ketdi, lekin hech kim javob bermadi. Hamma ishchilar allaqachon narsalarini yig‘ishtirib uylariga ketishgandi. Partiyaning so‘nggi a’zosi- gina Myunxen ko‘chasi bo‘ylab ketayotgan edi. Deraza urilganini eshit- gach, ortiga burilib bo‘yoqchiga e’tibor qaratdi va iziga qaytib nima bo‘l- ganini so‘radi.
— Men fikrimni o‘zgartirdim, — dedi Hans.
Partiya a’zosi hayratda qoldi:
— Nima uchun?
Hans zirqirayotgan o‘ng qo‘lining bo‘g‘imlariga qarab yutinib qo‘y- di. U og‘zidagi ternir tabletka kabi allaqachon o‘z xatosini tatib ko‘rgandi.
— Shunchaki unuting, tamom-vassalom, — Hans o‘girilib uyiga


yo‘l oldi.


Partiya a’zosi uning ortidan gapirgancha qoldi:
— Yana bir marta o‘ylab ko‘ring, Herr Huberman. Keyin qanday qarorga keisangiz ham bizga xabar bering.
Hans o‘zini eshitmaganga olib yurib ketaverdi.
Ertasi kuni ertalab Hans odatdagidan barvaqtroq uyqudan turdi, le- kin, baribir, kutganidan kechroq edi. Kleynman do‘konining eshigi shudringdan nam tortib qolgan edi. Hans shudringlami tozalab iloji boricha eshik rangiga yaqinroq keladigan rangni tanladi va qalin, tekis qatlam bilan qopladi.
Uning yonidan o‘tib borayotgan bir kishi: “Hayl Gitler!” — dedi u.
Hans ham o‘z o‘mida: “Hayl Gitler!” — deb javob qaytardi.
Keyingi yil arizasini rasmiy ravishda qaytarib olmaganligi uchun



Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish