SILLIQLIKNING FAZILATLARI
Maks o‘sha kuni yerto'ladan chiqmay o‘tirdi.
Trudi keldi va hech narsadan shubhalanmasdan ketdi.
Ular qizlarining beozor va muloyim xatti-harakatlariga qaramay: “Trudiga ishonib bo‘lmaydi”, — degan qarorga kelishdi.
— Biz faqat eng ishonchli odamlarga, ya’ni uchalamizga ishonish- ga majburmiz, — dedi Hans.
Maks oldida diniy bayram sababli qo‘shimcha ovqat paydo bo‘ldi: uy egalari uzr so‘rab: “Buni e’tiqodimiz uchun keltirmadik, lekin bayram, baribir, bayram-da”.
U shikoyat qilmadi. Shikoyat qiladigan biron-bir asosga egami o‘zi?
Maks yahudiy bo‘ lib tug‘ilganini, tomirlarida yahudiy qoni oqishini aytdi, ammo hozir uning uchun yahudiylik — bu shunchaki yorliq emas, balki omadsizlikning eng halokatli belgisi edi.
Maks fursatdan foydalanib, Hubermanlardan o‘g‘lining bayram paytida uyga kelmaganiga hamdardlik bildirdi. Hans unga javoban bu endi o‘zlarining nazoratida emasligini aytdi.
— Aslini olib qaraganda, sen ham bitta narsani yaxshi bilib qo‘yi- shing lozim: necha yoshga kirishidan qat’iy nazar yigit, baribir, yosh bola- kay bo‘lib qolaveradi. Yosh bolakay esa o‘jar bo‘lishga doimo haqlidir.
Shu bilan hammasi tugadi.
Olov yonida o‘tgan dastlabki bir necha hafta davomida Maks biron so‘z aytmasdan o‘tirdi. Keyinchalik u haftasiga bir marta cho‘milishga
odatlanganida Lizel uning sochlari ortiq irkit qush uyasini eslatmasligini, aksincha boshidan osilib turgan patlar to‘plami ekanligini payqadi. Hali ham notanish odamdan xijolat bo‘layotgani uchun u xayoliga kelgan fikmi pichirlab otasiga aytdi:
— Uning sochlari xuddi patlaming o‘zginasi.
— Nima deysan? — dedi otasi.
Chirs-chirs yonayotgan olov otashi bu so‘zlaming ovozini so‘ndirdi.
— Uning sochlari xuddi patlaming o‘zginasi deyman, — Lizel otasiga yaqinroq egilib yana shivirladi.
Hans Huberman Maksga bir qarab olib tasdiq ishorasi sifatida boshi- ni irg‘adi. Men uning qiznikiga o‘xshash o‘tkir ko‘zga ega bo‘lishni ista- ganiga amin edim. Ular Maksning har bir so‘zni eshitib o‘tirganini sezish- madi.
Ba’zan Maks “Mayn Kampf’ asarini o‘zi bilan birga olib kelib, olov yonida o‘tirgancha berilib o‘qishga tushardi. Uchinchi marta kitobni olib kelganida Lizel nihoyat o‘zida jasorat topib unga savol berdi:
— Bu yaxshi kitobmi?
Maks kitobdan boshini ko‘tarib yuqoriga qaradi, dastlab barmoq- larini musht qilib yig‘di va yana ulami bo‘shatdi. G‘azabidan xalos bo‘l- gach, qizga qarab jilmayib qo‘ydi. U peshonasiga tushgan bir tutam patini ko‘tarib, ko‘zlarining ustiga yig‘ib qo‘ydi.
— Bu dunyodagi eng yaxshi kitob, — Maks dastawal Hansga, so‘ngra Lizelga qaradi. — U mening hayotimni saqlab qoldi.
Qiz unga biroz yaqinlashib, oyoqlarini chalishtirib o‘ tirdi va jimgina so‘radi:
— Qanday qilib?
Shu tariqa har oqshom mehmonxonasida hikoya vaqti o‘tkazila- digan bo‘ldi. Begona quloqqa chalinmaydigan tarzda sekin gaplashishardi. Yahudiy ko‘cha jangchisining boshidan kechirgan kechinmalar ulaming ko‘z oldidan bir-bir o‘tib yaxlit hikoyadek yig‘ ilib borardi.
Maks Vandenburgning ovozida ba’zan hazilomuz ohang ham aks etar, lekin u xuddi ulkan toshga muloyimlik bilan ishqalangan mitti tosh-
dek bo‘sh taassurot qoldirardi. Uning ovozi hikoyaning ba’zi joylarida chuqurlashar, ba’zi joylarda timalib chiqar, ba’zan esa butunlay pastga qulab tushardi. U qattiq pushaymon bo‘lganini aytayotganida, hazil qilga- nida yoki o‘zini o‘zi ayblaganida ovozi chuqurlashib ketardi.
— Ey Xudo! — Maks Vandenburgning hikoyalari nihoyasida ting- lovchilar tomondan eng ko‘p aytiladigan so‘z shundan iborat bo‘lar va
unga bir olam savollar yog‘ilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |