IKKITA HAVASKOR OLMA O‘G‘RISINING SHIVIR-
SHIVIRI
— Lizel... Ishonching komilmi? Halt ham o‘g‘rilik qilishni istayapsanmi?
— Mana bu tikanli simga qara, Rudi. Juda baland-ku.
— Yo‘q, yo‘q, qara, sumkani ot, izidan chiqamiz. Ular qanday qilishayotganiga qarasang-chi.
— Xo'p.
— Qani, ketdik unda!
— Ilgjim yo'ql — Lizelning ovozida ikkilanish ohangi yangradi. — Rudi, men...
— Qimirlasang-chi, hoy cho'chqa!
1 Richtig (nemischa) — to‘g‘ri, tushunarli.
Rudi Lizelni panjara tomon itarib, sim ustidan bo‘sh sumkani uloq- tirdi. Ikkalasi yuqoriga tirmashib chiqib, boshqalaming orqasidan yu- gurishdi. Rudi yaqin atrofdagi daraxtga chiqib, olmalami pastga uloqtira boshladi. Lizel pastda qolib, mevalami qopga solib turdi. Xalta to‘lganida, qarshilaridan navbatdagi muammo chiqdi.
— Endi qanday qilib panjaradan yana oshib o‘tamiz?
Ular Artur Bergning tikanakli sim ustuniga iloji boricha yaqinroq ko‘tarilayotganini ko‘rib, savollariga javob oldilar.
— U yerdagi sim baquwatroq ko‘rinadi, — Rudi Arturga ishora qilib xaltani irg‘itdi va awal Lizelning chiqishiga qo'yib berib, keyin o‘zi ham narigi tomonga o‘tib oldi va xaltadagi sochilib ketgan bir nechta olmaning yoniga tushdi.
Oyoqlari uzun Artur Berg ulaming xatti-harakatlarini zavq bilan tomosha qilib turardi va: — Yomon emas, — uning ovozi juda yuqoridan eshitildi. — Umuman yomon emas.
To‘da a’zolari qirg‘oqqa, daraxtlar ortidagi xilvat joyga qaytib ke- lishganida Artur qopni ulaming qo‘lidan olib, Lizel va Rudining har biriga oltitadan olma berdi va: — Bugun yaxshi ishladinglar, — dedi u uy- uylariga tarqal-maslaridan oldin.
O‘sha kuni tushdan keyin Lizel va Rudi uyga ketishga shoshilmay yarim soat ichida birdaniga hamma olmani yeyishdi. Awaliga ikkalasi ham oilasidagilami olma bilan siylash haqida bosh qotirishdi, ammo uyda- gilaming bu o‘g‘rilikdan xabar topishi katta xavf degani edi. Bu olmalar qayerdan kelganligini tushuntirish muammosi ulaming ishtiyoqini so‘n- dirdi. Lizel o‘gay otasining yolg‘iz o‘ziga aytibmoqchi ham bo‘ldi, lekin uning: “O‘z uyimda telba jinoyatchini tarbiyalayotgan ekan-man”, — deb o‘ylashini istamadi. Shuning uchun hammasini o‘zi yeb qo‘ya qoldi.
Olmalar Lizel suzishni o‘rgangan qirg‘oqda yo‘q qilindi. Bunday ko‘p miqdordagi yegulik yeyishga odatlanmaganliklari uchun qorinlari og‘rishini bilsalar-da, baribir, yeyaverishdi.
— Urg‘ochi cho‘chqa! — kechqurun Roza Lizelga tanbeh berdi. — Nega bunchalik ko‘p qusyapsan?
— Balki, no‘xat sho‘rvangizdandir? — Lizel xayoliga kelgan gapni tiliga chiqardi.
— Ha, ha, to‘g‘ri — deraza oldida turgan Hans uning gapini ma’- qulladi. — Shundan bo‘lsa kerak. Mening ham biroz ko‘nglim ayniyapti.
— Sendan kim so‘radi, cho‘chqa? — Roza o‘girilib yana qusayot- gan “urg‘ochi cho‘chqa”ga tikildi. — Xo‘sh? Nima yeganding? “Nima yeding?” — deyapman, irkit chocchqa?
Lizel nima yeganini ayta oladimi? Yo‘q. Asió. U miq etmadi, lekin xayolida olmalami tasawur qilib mamnuniyat bilan sirli jilmaydi va yana bir marta, bu safar ornad uchun, qusdi.
XXIBOB
ORIY DO‘KONDOR
Ular Frau Dillerga tegishli do‘kon tashqarisida oppoq bo‘yalgan devorga suyangancha turishardi.
Quyoshdan ko‘zlari qamashayotgan Lizel Memingeming og‘zida qand bor edi.
Shuncha qiyinchiliklarga qaramay, u hali ham gapirishga va bahsla- shishga qodir edi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |