Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak


XOTIRJAMLIKNI PARCHALOVCHI NOXUSHLIKLAR



Download 1,76 Mb.
bet92/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

XOTIRJAMLIKNI PARCHALOVCHI NOXUSHLIKLAR
U hech qanday jazosiz qochib ketdi.
Burgomistming rafíqasi uni o'shanda o‘g‘rilik qilganini ko‘rib qolgandi.
Ufaqat qulay fursat kelishini kutayotgandi.
Oradan bir necha hafta o‘tdi.
Lizel o‘qtin-o‘qtin “Himmel” ko‘chasidagi qizg‘in fútbol o‘yiniga qo‘shilar, qo‘rqinchli tush ko‘rganidan keyin har kuni tonggi soat ikki va uch oralig‘ida, kunduzi esa yerto‘lada “Yelka qisish”ni o‘qirdi.
Bu orada burgomistming xonadoniga yana bir bor xavfsiz tashrif buyurdi. O‘sha mash’um kun kelgunicha hammasi ajoyib edi.
Keyingi safar Lizel Rudisiz yolg‘iz o‘zi kelganida, indamas ayol kutayotgan qulay fursat o‘zini namoyon etgan edi. O‘sha kuni kir-chirlami yig‘ib chiqish kuni edi.
Eshikni ochgan hokimning xotini odatiga xilof ravishda bu safar qo‘lida kir solingan sumkani olib chiqmagan edi. U kutilmaganda Lizelga yo‘l berib, bo‘rdek oppoq qo‘li bilan qizni ichkariga kirishga imo qildi.
— Men faqat kirlaringizni olish uchun kelgandim, — Lizelning to- mirlarida qon yurmay muzlab qoldi va parcha-parcha bo‘lib sinib tushdi. Lizelning o‘zi ham ayvonda uvalanib ketishiga sal qoldi.
Shu lahzada ayol unga birinchi marta gapirdi: sovuq barmoqlarini oldinga cho‘zib:
— Warte1! Kutib tur, — dedi va qiznirig kutib turishiga ishonch ho- sil qilgach, o‘girilib shosha-pisha uyga kirib ketdi.
— Xayriyat, — yengil nafas oldi Lizel. — Hozir kirlarini olib chiqadi. l''
Ammo ayol u o‘ylagandek kirlar emas, umuman boshqa narsalar — kindigidan to ko‘kragigacha bo‘y cho‘zgan kitob minorasi bilan qaytib kelgandi. U eshik oldiga chiqib g‘oyatda md‘rt qat’iyat bilan qotib turdi.

1 Warte (nemischa) — kutib tur.


U3U,




Bahaybat eshikning oldida ayol bag‘oyat nozik va ojiz ko‘rinar, uzun va muloyim kipriklari, bilinar-bilinmas yuz ifodasi bilan Lizelga ichkariga kirib kitoblami ko‘rishga ishora qilayotgandi.
— U menga azob bermoqchi, shekilli. Hozir ichkariga olib kiradi, kaminga olov yoqadi va men bilan birga mana bu kitoblarini, hamma narsasini olovga irg‘itadi. Yoki yerto'lasiga qamab suvsiz, ovqatsiz ustim- dan qulflab qo‘yadi, — xayolidan o‘tkazdi Lizel. Lekin ba’zi sabablarga ko‘ra, (menimcha, uni kitoblaming ohanrabosi o‘ziga tortdi) qiz oyoq- larining o‘ziga bo‘ysunmasdan uyga kirayotganini angladi. Lizel taxta polga qadam bosgan zahotiyoq titrab ketdi va yog‘ochlar unga nola bilan javob qaytarganida yuragi zirqirab, yurishdan to‘xtab qolay dedi. Bur- gomistming rafiqasi bu holatga indamadi, beparvolik bilan ortiga nazar tashladi-da, kashtan rangli eshik tomon yurdi. Uning yuzida savolomuz ifoda nish urgandi: — Xo‘sh, bu xonaga kirishga tayyormisan?
Lizel ichkarini ko‘rishiga xalaqit berayotgan eshikdan bo‘ynini biroz cho‘zib qaradi. Shubhasiz, bu uning eshikning ochilishini istayot- ganiga ishora edi.
— Yo Iso, Bibi Maryam..., — Lizel eshik ochilib ichkariga nazar tashlashi bilan beixtiyor shunday deb yubordi, uning so‘zlari muzdek havo va kitoblar bilan liq to‘la xona bo‘ylab parvoz qila ketdi. Hamma yoqda kitoblar! Xonaning har bir devoriga kitoblar zich qilib terilgan, biron-bir gard yuqmagan kitob javonlari o‘matilgan edi. Devorlaming rangi, undagi naqshlar deyarli ko‘rinmasdi. Qora, qizil, kulrang va boshqa turli-tuman rangdagi kitoblaming yonboshlariga turfa shakl va o‘lchamdagi yozuvlar bitilgandi. Hayotda Lizel Meminger bundan-da chiroyli manzarani ko‘r- magan edi. U hayratdan loi qolib, jilmaydi. Dunyoda shunday bebaho xona ham bor ekan-da!
Lizel tabassumini qo‘li bilan sidirib tashlamoqchi bo‘lganida darhol bu ishidan hech qanday foyda yo‘qligini angladi. U ayolning nigohi o‘zi- ning badani bo‘ylab harakatlanayotganini sezdi va shartta o‘girilib nigoh- ning yuziga ko‘chganini ko‘rdi.
llgari Lizel bundan-da uzoqroq sukunat bo‘lishini tasawur ham qi-




lolmas edi. Ulaming ayni damdagi sukuti rezina singan cho‘zilib, uning chirt uzilib ketishiga bir baxya qolgandek edi. Tobora ingichkalashayotgan sukunatni qizning o‘zi uzib yubora qoldi: — Mumkmmi?
Bu so‘z yog‘och zaminning bepoyon kengliklari orasida, kitoblar- dan bir necha chaqirim uzoqlikda yangradi.
Ayol sekin bosh irg‘adi.
— Ha, albatta, mumkin.
* * *
Asta-sekin xona torayib, kitob o‘g‘risiga atigi ikki-uch qadam bosi- shi bilan javonlarga qo‘li yetadigan darajada yaqinlashdi. Lizel dastawal kaftini o‘ziga eng yaqin turgan javon bo‘ylab yugurtirdi, qator terilgan kitoblaming umurtqalariga teggan timoqlarining g‘alati tovushini tingladi. U xuddi musiqiy asbobdan yoki yugurayotgan oyoqlardan chiqqan ohang- ga o‘xshardi. Lizel ikkala qo‘lini ham harakatga keltirib javonlar orasidan kimo‘zarga yuritdi va kulib yubordi. Bo‘g‘zidan chiqqan ovoz baland par- dalarda yangradi va nihoyat xona o‘rtasida to‘xtab qoldi-da, goh javonlar­ga, goh barmoqlariga tikilib bir necha daqiqa turib qoldi.
Qo‘li nechta kitobga tegdi ekan?
U nechta kitobni his qildi ekan?
Lizel ortiga qaytib, yana boyagi javonlarga teginishni boshladi, bu safar oshiqmasdan ochiq kafti bilan asta-sekin har bir kitobga qo‘l teggizib chiqdi. Sehr va go‘zallik oshuftaligiga guvoh bo‘Idi — u qandilda porlab turgan yorqin chiroq nurlarining go‘zalligi singan kitoblardan sehrlan- gandi. Lizel bir necha bor javondan kitob tortib olmoqchi bo‘lib qo‘lini cho‘zdi, lekin ulami bezovta qilishga jur’at etmadi. Kitoblar juda mukam- mal tarzda terib qo‘yilgan edi.
Qiz chap tomoniga burilib burgomistming xotinini ko‘rdi — u katta yozuv stoli yonida hanuzgacha qomidagi kitoblar minorasini ushlagancha turar edi. U ajib bir g‘ayrat bilan niholday egilib turardi. Tabassumi labla- rini shol qilgandek yuzida qotib qolgandi.
— Qo‘lingizdagilami joy-joyiga... — Lizel savolini tugatmasdan




so‘ramoqchi bo‘lgan narsani bajarib qo‘ya qoldi, ya’ni to‘g‘ri borib ayol- ning qo‘lidagi kitoblami oldi va ulami yarim ochiq deraza yonidagi bo‘sh turgan o‘rinlarga joyladi. Tashqaridan sovuq havo oqib kirardi.
Lizel bir soniya derazani yopib qo‘ymoqchi bo‘lib o‘ylanib turgach, oxir-oqibat bu fíkridan qaytdi. Bu uning o‘z uyi emas, shuning uchun arala- shishga haqqi yo‘q edi. Lizel ortida turgan ayolga yuzlandi, uning boyagi tabassumi kaltakdan keyin paydo bo‘luvchi ko‘karish tusini oigan, qo‘Hari xuddi qiznikidek ikki tomonga shalvirab osilib turardi.
Endi nima qilish kerak? Xonaga yana noqulay jimlik kirib keldi, Lizel devorlardagi kitob javonlariga so‘nggi marotaba ko‘z tashladi.
— Men endi ketishim lozim, — uning tilidan so‘zlar hayajon bilan shoshilib sakrab chiqdi.
Uchinchi urinishdagina ketishning uddasidan chiqdi.
Lizel xona tashqarisida uni bir necha daqiqa kutib turdi, lekin bur- gomistming rafiqasi ko‘rinavermagach, Lizel ostonadan turib ayolning stolda o‘tirganini va qandaydir kitobga beparvo qarab o‘tirganini ko‘rdi. Qiz uni bezovta qilmaslikka qaror qildi va shu yerda turgan kir solingan sumkani ko‘tarib oldi.
Bu safar Lizel polning g‘ichirlab ovoz chiqaradigan joyini aylanib o‘tib, uzun yo‘lakdan to‘g‘ri yurib chap tomonga burildi. Tashqariga chizib ulkan eshikni yopib qo‘yganida qulog‘ida eshiktaqillatkichi jaranglab ket- di. Bo‘sh qo‘li bilan yog‘och eshikning kesakisini silab qo‘ydi va o‘ziga- o‘zi: “Tezroq daf bo‘l, Lizel!” — dedi. Uyiga ketib borar ekan, chuqur hayrat ta’sirida hozir ko‘rgan manzarasini esladi.
Kitobga to‘la xona va g‘alati, ma’yus ayolning ko‘rinishi bir-bir ko‘z oldidan o‘tdi. Go‘yoki sahna asaridek ular Lizelning ko‘z oldidan ketmadi. Ehtimol, o‘sha ayol ham otasining “Mayn Kampf’ asari bilan bo‘lgandek vaziyatga tushgandir. Qiz qayerga qaramasin, o‘sha burgo- mistming xotini oldidan lop etib chiqaverar, u hamon ustma-ust qo‘yilgan kitoblami ko‘tarib turardi. Lizel burchakbo‘ylab javonlarga terilgan kitob- larga qo‘l teggizganida chiqqan tovushni eshitgandek bo‘ldi. U yarim ochiq derazani, o‘zidan nur taratayotgan qandilni va minnatdorchilik bil-





dirmasdan xonadan chiqib ketayotgan o‘zini ko‘rdi.


Ko‘p o‘tmay uning zavqi bezovtalik va o‘z-o‘zidan nafratlanish hissiga aylandi. Lizel o‘ziga tanbeh bera boshladi:
— Sen hech narsa demay ketib qolding! — shoshilinch qadam tash- lab borayotgan Lizel boshini keskin silkitdi. — Hatto “xayr” ham dema- ding. “Rahmat. Hayotimda bundan ham go‘zalroq manzarani ko‘rmagan edim”, — deb aytmading!
Albatta, u kitob o‘g‘risi edi, ammo bu odob-axloq qoidalarini tamo- mila unutib qo‘yish lozim, o‘sha ayolga lutf ko‘rsatmaslik kerak degani emas.
Lizel bir necha daqiqa shu alpozda yurib, o‘zidagi ikkilanish bilan ayovsiz kurashdi.
Jang Myunxen ko‘chasiga kelganda tugad i. “STEINER — SCHNEIDERMEISTER1 deb yozilgan belgiga ko‘zi tushdi-yu, ortiga o‘girilib chopishga tushdi. Endi hech qanday ikkilanishga o‘rin yo‘q edi.
U bora solib eshikni mushti bilan gursullatib urdi, eshik taqillatkich- ning aks-sadosi butun uyni tutib ketdi.
Scheisse!
Unga burgomistming rafiqasi emas, balki burgomistming shaxsan o‘zi peshvoz chiqdi. Shoshilinch ravishda Lizel uyning qarshisida, ko‘cha- da to‘xtab turgan mashinani payqamay o‘tib ketgandi.
Qora kostyum kiygan mo‘ylovli burgomistr gapirdi:
— Senga qanday yordam berishim mumkin?
Lizel uning savoliga javob bera olmadi, u gapirishga hali tayyor emas, ikki bukilib harsillab nafas olardi. Xayriyatki, biroz nafas rostlagach, ostonada o‘sha ayol paydo bo‘Idi. Ilza Herman eridan sal orqaroqda turib, taajjub bilan qizga qaradi.
— Men bir narsani unutibman, — gapira boshladi Lizel. U yerdagi kir joylangan sumkani ko‘tarib, burgomistming xotiniga yuzlandi. Lizel arang o‘pkasini bosib olganiga qaramay so‘zlarini eshik oldidagi to‘siq,


1 STEINER-SCHNEIDERMEISTER (nemischa) — SHTAYNER-SHNAYDER TIKUVCHI.




ya’ni burgomistr orqali ayolga yo‘lladi. Bazo‘r nafas olayotganligi uchun so‘zlari bir-biri bilan qovushmay, bo‘g‘zidan qochib chiqib uchib ketdi:
— Men unutibman... demoqchimanki, men... shunchaki... sizga... rahmat demoqchi edim.
Burgomistming rafiqasining yuzida yana ko‘kish dog‘lar paydo bo‘ldi. Erining yoniga yaqinlashish maqsadida oldinga bir qadam qo‘ydi va sezilar-sezilmas bosh irg‘adi, bir necha soniyadan so‘ng esa eshikni chista yopdi.
Lizel bir daqiqacha ketolmay turdi. Uning yuzida yana tabassum o‘ynardi.



Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish