Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak


YANA BITTA TEZKOR TARJIMA



Download 1,76 Mb.
bet91/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

YANA BITTA TEZKOR TARJIMA
Bürgermeister
burgomistr, shahar hokimi.
— /
Lizel birinchi marta ulaming xonadoniga kirmay uyga qaytib kelga- nida, ulamikiga borishni shunchaki unutib qo‘yganini aytdi. Bu men eshit- gan eng ahmoqona bahona edi, chunki shahar hokimining uyi tepalikda joylashgan va barchaga ko‘rinib turardi. Bu uyga kirishni unutish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emasdi. U ikkinchi bor bo‘m-bo‘sh qo‘l bilan qaytib kelganida, uyda hech kim yo‘qligini aytib navbatdagi yolg‘onini to‘qidi.
— Hech kim yo‘q ekan deganing nimasi? — o‘gay onasi uning gapiga ishonmadi. Shu ishonchsizligi ta’sirida sevimli yog‘och qoshig‘iga qo‘l uzatdi. Qoshiqni Lizelga qarata o‘qtalib: “Hoziroq ulamikiga qaytib bor, agar kirlarini olib kelmasang, umuman uyga qaytma!” — deb o‘sh- qirdi.
— Rostdan, shunaqa dedimi? — Lizel onasining gapini aytib ber- ganda Rudining birinchi aytgan so‘zi shu bo‘ldi. — Bu yerlardan birga qochib ketsak-chi?
— Ochimizdan o‘lamiz-ku.
— Hozir ham, baribir, ochlikdan o‘lar ahvoldamiz-ku!
Ulaming ikkalasi ham birdan kulib yubordi.
— Yo‘q, — dedi Lizel. — Uning aytganini bajarishim kerak.
Ular har doimgidek ko‘cha bo‘ylab yurib ketishdi. Rudi har safar unga hamrohlik qilganida o‘zini oliyjanob qilib ko‘rsatishga urinar va kirlar solingan sumkani ko‘tarmoqchi bo‘lar, ammo Lizel unga ruxsat bermasdi. Lizel onasining boshida yog‘och qoshiq silkitib, adabini beri- shini bilgani uchun ham sumkani hech kimga ishonmay, faqat o‘zi ko‘tarib ketardi. Boshqa birov sumkani noto‘g‘ri ushlashi, silkitib yuborishi, hech bo‘lmaganda, kichik xatoga yo‘l qo'yishi mumkin edi va Lizel tavakkal




qilishni istamasdi. Bundan tashqari, agar u Rudiga sumkani olib yurishga ruxsat bergan taqdirda ham u o‘z xizmati uchun bo‘sa olishga oshiqar, bu esa aslo odobdan emas edi. Xullas, Lizel allaqachon bunday yuklarga o‘r- ganib qolgan, har yuz qadam otganida to‘xtab uni bir yelkasidan ikkinchi bir yelkasiga tashlardi.
Lizel yo‘lning chap tarafidan, Rudi esa o‘ng tomondan yurib ketish- di. Suhbatni asosan Rudi jonlantirib borar, “Himmel” ko‘chasidagi so‘nggi futbol o‘yini, otasining do‘konida qilgan ishlarini, umuman, xayoliga kel- gan hamma narsa haqida tinimsiz gapirardi. Lizel uning gaplarini ting- lashga urindi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi. Uning quloqlariga faqat dahshatli qo‘ng‘iroq tovushlari eshitilar, Grande ko‘chasiga yaqin- lashganlari sari tovush kuchayardi.
— Qayoqqa ketyapsan? Mana bu uy emasmidi?
Lizel bosh irg‘ab Rudining haqligini tasdiqladi, u yana biroz vaqt o‘tkazish uchun hokimning uyi yonida aylanib yurmoqchi edi.
— Unda bora qol, — uni shoshiltirdi Rudi. Molkingda qorong‘i tu- shayotgan, yer bag‘ridan izg‘irin sovuq ko‘tarilayotgan edi. — Qimir- lasang-chi, hoy cho‘chqa! — Rudi uni kutib turishini aytib darvoza oldida qoldi.
Yo‘lakdan so‘ng ayvonga eltuvchi sakkizta zinadan o‘tgach, uyning maxluqdek bahaybat eshigi chiqadi. Lizel eshiktaqillatkichga qarab qosh- larini chimirdi.
— Nimani kutyapsan? — baqirdi Rudi.
Lizel o‘girilib ko‘chaga qaradi. Shu eshikni taqillatmaslikning biron bir iloji bormikin? Balki, onasiga aytish uchun hali Lizelning xayoliga kelmagan boshqa ertak, aniqrog‘i, yolg‘on bordir?
— Tushgacha shu yerda turaveramizmi? — yana Rudining ovozi eshitildi. — Nimaga buncha imillaysan?
— Og‘zingni yumib, jim tursang-chi, Shtayner! — bu shivirlab aytilgan o‘shqirish edi.
— Nima deding?
— Jim bo‘l dedim, ahmoq cho‘chqa! — Lizel shunday deb yana




eshikka burildi, taqillatkichni ushlab eshikni shoshilmasdan uch marta taqillatdi. Ichkari tomondan oyoq tovushlari yaqinlashayotgani eshitildi.
Lizel ayolning yuziga emas, balki uning qo‘lidagi kir-chirlar solin- gan sumkaga qaradi. Ayol sumkani uning qo‘liga tutqazayotganida ham sumkaning chilvirlaridan ko‘z uzmadi. Unga biroz pul ham berdi va shu bilan uchrashuv tugadi. Hech qachon gapirmaydigan shaharcha hokimi- ning rafiqasi uy xalatida turar, paxmoq sochlari orqasiga bitta qilib tugilgan edi. U ko‘proq nafas olayotgan murdaga o‘xshardi. Bu safar ham ayoldan ado chiqavermagach, Lizel jasoratini to‘plab unga qaradi, biroq ayolning yuzida o‘pka-gina ifodasi umuman ko‘rinmasdi. U Lizelning yelkasi osha darvozada kutib turgan Rudiga bir soniya tikilib turdi, so‘ng bosh irg‘adi va eshikni yopib uyga chekindi.
Lizel ancha vaqtgacha joyidan jilmay, eshik qopqasidan nigoh uzmay turdi.
— Hoy, cho‘chqa!
Javob qaytmadi.
— Lizel!
Lizel hushyor tortib ehtiyotkorlik bilan ortiga qayta boshladi. Chu- qur xayolga cho‘mgancha bir necha zinani bittada bosib pastga tushdi.
Balki, bu ayol Lizelning kitobni o‘g‘irlaganini umuman ko‘rma- gandir. Zotan, o‘sha payti allaqachon qorong‘i tushayotgan edi. Ehtimol, u o‘shanda aksariyat odamlar bilan bo‘ladigan holatda turgandir, ya’ni bir kishi to‘ppa-to‘g‘ri sizga qarab turganday tuyuladi, aslida esa u o‘tmish xotiralarida kezayotgan yoki shunchaki xayol surayotgan bo‘lib chiqadi. Javob nima bo‘lishidan qat’iy nazar, Lizel uni yanada chuqurroq tahlil qilishni o‘ziga ep ko‘rmadi. Muhimi, u fosh bo‘lishdan omon-eson qutulib qolgan edi.
Lizel orqaga o‘girilib, odatdagidek qolgan qadamlardan o‘tib, so‘nggi uchtani bir sakrashda bosib o‘ tdi.
— Yur, uyga ketdik, cho‘chqa! — u Rudiga gapirar ekan, hatto kulishga ham jur’at etdi. O‘n bir yoshli qizning vasvasasi qudratli, topgan halovati esa huzurbaxsh edi.




Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish