Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet95/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

IKKITA MUHIM SO‘Z
Meni kechiring

Burgomistming ifodasiz qiyofali rafiqasi yana bir marotaba Lizelga emas, uning yonidagi bo‘shliqqa tikildi va: “Nima uchun uzr so‘rayap- san?” — deya so‘radi. Lekin uning savoliga javob berishi kerak bo‘lgan qiz allaqachon xonadan chiqib, old eshikka yetay deb qolgandi. Lizel uning tovushini eshitgach, yurishdan to‘xtadi, ammo ortiga qaytishni ep ko‘rmay ovoz chiqarmasdan yo‘lida davom etdi. Oldida yastanib yotgan Molkingga bir qarab oldi-da, uning ichiga singib ketdi. Ancha paytgacha burgo­mistming rafiqasiga achinib yurdi.
Ba’zan Lizel o‘sha ayolning kutubxonasiga kirmay yolg‘iz qoldir- moqchi bo‘lar, lekin liza Herman uni qiziqtirib qo‘ygan va kitoblar ohan- rabosi ham o‘z kuchini ko‘rsatmay qolmagandi. Ilgarilari so‘zlar Lizel uchun unchalik katta ahamiyat kasb etmagan bo‘lsa ham doim erining stolida o‘tiruvchi ayolning sharofati bilan polda kitob o‘qigani sari so‘z- laming sirli qudratini seza boshlagandi. U o‘zi uchun biror yangi so'zning ma’nosini kashf etganida yoki gap tuzganida shu haqiqatga amin bo‘lardi.
Natsistik Germaniya davlatida yashayotgan bir oddiy qizning so‘z- lardagi qudratni kashf etishi, tabiiyki, noodatiy hodisa edi. Bir necha oylar o‘tib burgomistming rafiqasi uni qattiq uyaltirib qo‘ygan lahzada ushbu yangi kashfiyotining kuch-qudratini namoyon qilganida ham bag‘oyatda yoqimsiz va shu bilan birga dilini yayratadigan vaziyat yuzaga kelgandi. Lizelning qalbidagi bu ayolga nisbatan achinish hissi bir zumda qayergadir yo‘qolib, o‘mini tamoman boshqacha tuyg‘ular egallab olgandi. Lekin ayni damda, 1940-yilning yozida kelajakda o‘zini nimalar kutib turganini u hali bilmasdi. U liza Hermanni hozircha boy kutubxonaga ega, lekin o‘zi qayg'uga botgan ayol sifatida ko‘rardi. Bor-yo‘q bilgani shu edi. Bu o‘sha


¡gSBBSK»=-


yozda Lizelning vaqtini mazmunli o‘tkazgan ikkinchi xususiyat edi.


Xayriyatki, “Himmel” ko‘chasida uyushtiriluvchi fútbol o‘yini haqi- dagi uchinchi qism biroz xushchaqchaqroq edi. Tasawur qilishingiz uchun ushbu jarayondan bir necha parcha keltiraman.
Ustida oyoq izlari qolgan yo‘l;
O‘g‘il bolalaming hansirab nafas olishi;
Mana bu yerga!”, “Bu tomondan kel!”, “Scheisse!” va boshqa hayqiriq, baqir-chaqirlar;
Qo‘pol koptokning yoT ustida lo‘killashi.
* * *
Yoz jaziramasi avj oigan sari aksariyat bolalar va kechirim so‘rash- lar “Himmel” ko‘chasidan beri kelmaydigan bo‘lib qoldi. Kechirimlar Lizel Memingerga tegishli boTib, Tommi Myullerga yo‘naltirilgan edi.
lyul oyi boshlariga kelibgina Lizel nihoyat Tommini uni oTdirish niyati yo‘qligiga ishontirishga muvaffaq boTdi. Tommi o‘tgan yil noyabr oyida Lizeldan yegan kaltaklari sababli undan hamon qo‘rqardi. “Himmel” ko‘chasida fútbol o‘ynashayotganlarida ham undan iloji boricha uzoqroq turishga harakat qilardi.
— U o‘ylamagan payting tashlanib qolishi mumkin, — deya shivir- lardi u Rudi bilan yonma-yon yugurayotganida.
Lizelning tarafini olib aytadigan bo‘lsak, u Tommini tinchlantirish- ga urinishdan zinhor voz kechmadi. Lyudvig Shmeykl bilan yarashib olga- nidan xursand bo‘lsa-da, ammo begunoh Tommi Myulleming ko'ngliga yo‘l topa olmayotganligidan xunob boTardi. Sho‘rlik bola hanuzgacha Lizelni ko‘rsa hadiksirashga tushadi.
— Xo‘sh, o‘shanda menga qarab jilmayib turganingni qanday tu­shunishim kerak edi? — Lizel undan qayta-qayta so‘radi.
Lizel hattoki butun jamoa Tommidan qaytib kelishini iltimos qila boshlaguniga qadar ulaming darvozasi oldida darvozabon boTib turaverar- di.


— Joyingga qayt! — nihoyat Harald Mollenxauer ismli bola Tom-




miga buyruq berdi. — Sen darvozabonlikdan boshqa hech narsaga yara- maysan, — Tommi gol urishga deyarli yaqin qolgan Haraldga xalaqit berib qo‘ygach shuncha harakati zoye ketganiga chidolmagan Harald o‘shqirib yubordi. Agar u Tommi bilan bitta jamoada bo‘lmaganida jarima maydo- nidan to‘p yoTlab gol urgan boTar edi.
Lizel shundan so‘ng maydonga qaytar, negadir doim Rudi bilan to‘qnash kelib qolaverardi. Ular bir-biriga yoT bermasdan xalaqit qilishga, oyoqlarini chalishga urinishar, bir-birini har xil ismlar bilan atab baqir- chaqir qilishardi. Rudi, ayniqsa, hazillashib gap qotishni xush ko‘rardi:
— Mana bu ahmoq Arschgrobbler
1 bu safar aylanib o‘ta olmaydi. Hech qanday umid yo‘q.
U Lizelni “qo‘pol eshak” deb atashdan juda mamnunga o‘xshardi. Bunday sho‘xliklar ham bolalik davri quvonchlaridan biri edi.
* * *
Yana bir quvonch, albatta, o‘g‘irliklar edi. 1940-yilning to‘rtinchi choragi.
Aslini olib qaraganda, Rudi va Lizel bir-biriga ko‘p jihatdan bogTiq va juda yaqin edilar, ammo ulaming do‘stligini mustahkamlagan jihat ay- nan o‘g‘riliklar edi. Hammasi bitta voqeadan boshlandi, keyin ularni bitta rad etib bo‘lmas kuch — Rudining doimiy ochligi itardi. Bu bola qachon qarama oTar darajada ochqab yurar va yegulik uchun hamma narsaga tayyor edi.
Oziq-ovqat mahsulotlari allaqachon kartochkali tizimi asosida beri- layotganligidan tashqari, yaqinda otasining do‘konidagi ishlar ham orqaga qarab ketishni boshlagan edi. To‘g‘ri, janob Shtayneming yahudiy raqo- batchilari endi yo‘q edi, ammo shu bilan birga u yahudiy mijozlaridan ham ayrilgandi. Shtaynerlar oilasi zo‘r-bazo‘r tirikchilik qilishar, “Himmel” ko‘chasida va butun shaharda istiqomat qiluvchi odamlar singari ular ham oziq-ovqat topish uchun savdo qilishlari zarur edi. Lizel Rudi uchun jon


1 Arschgrobbler (nemischa) — qo‘pol eshak.




deb uyidan ovqat olib kelgan bo‘lar edi, lekin o‘zlarining ham ahvoli haminqadar, no‘xat sho‘rvadan boshlari chiqmasdi. Roza Huberman no‘- xat sho‘rvani yakshanba kuni kechqurun qaynatib pishirib qo‘yar, kelgusi shanbagacha yetadigan qilib har kuni taqsimlab berardi. Navbatdagi yak­shanba kuni yana yangidan sho‘rva qilishga unnardi. Ulaming kundalik yeguligi no‘xat sho‘rva, non va ora-sirada kartoshka yoki go‘sht bo‘lak- laridan iborat edi. Hubermanlar xonadonida idishdagi ovqatni oxirigacha yeb tugatish shart, yana bormi deb so‘rash va shikoyat qilish mumkin emas edi.
Awaliga Rudi va Lizel ochlikni unutish uchun nimalardir qilishga urinishdi.
Rudi ko‘chada futbol o‘ynab yurganida yoki Lizel bilan birga ukasi va singlisining velosipedini olib Aleks Shtayneming do‘koniga yoki mabo- do ishda bo‘lsa, Lizelning otasining yoniga haydab ketishayotganda ovqat haqida umuman o‘ylamay qo‘yardi. Quyosh botar mahal Hans Huberman chiqib, ular bilan birga o‘tirar va kulgili latifalar aytib berardi.
Yozning issiq kunlari kelishi bilan ular o‘zlariga yana bir ko‘ngilochar mashg‘ulot o‘ylab topishdi — Amper daryosida suzishni o‘r- ganish. Suv hali ham badanni junjiktirar darajada sovuq bo‘Isa ham ular, baribir, suzishga jazm qilishdi.
Qani, bo‘la qol, — Rudi Lizelni ko‘ndirishga urindi. — Mana shu yerga tush, ancha sayoz ekan.
Biroq Lizel qadam tashlagan joyidagi ulkan chuqurlikni payqamay qoldi va daryoning eng tubiga cho‘ka boshladi. Og‘zi-bumiga suv to‘lgan Lizelning oyoq-qo‘lini baravar ishlatib suzishigina o‘limdan qutqarib qoldi va: — Sen, cho‘chqa, hali ko‘rasan mendan, — u qirg‘oqqa o‘zini tash-lar ekan, Rudiga o‘qrayib uni ayblay ketdi.
Rudi har ehtimolga qarshi qizdan sal nariroq turdi, chunki uning Lyudvig Shmeyklni qanday do‘pposlaganini ko‘rgan edi.
— Endi suza olasan, shunaqami?
Bu Lizelning ko‘nglini zarracha ko‘tarolmadi va u o‘midan turib yurib ketdi. Uning sochlari yuzining bir tomoniga yopishib qolgan, bumi-


dan chak-chak suv tomardi.


Rudi qizning izidan baqirdi:
— Senga suzishni o‘rgatganim uchun bo‘sa bermaysanmi?
— Cho‘chqa!
Qanday beparvo-a, bu qiz?
Lekin bolaning savoliga shunday javob qaytishi muqarrar edi.
Lizelning me’dasiga teggan noxush sho‘rva va Rudini qiynagan ochlik axiyri ulami o‘g‘rilik qilishga undadi. Ular shu tariqa fermerlami talon-taroj qilgan yoshi kattaroq o‘g‘ri bolalaming to‘dasi bo‘lgan meva o‘g‘rilariga jipslasha bordilar. Navbatdagi fútbol uchrashuvidan so‘ng Li- zel va Rudi sinchkov bo‘lish qanchalik foydali ekanligiga amin bo‘lishdi. Ular Shtaynerlar uyining bo‘sag‘asida ottirar ekanlar, o‘zlaridan picha kattaroq Fris Hammeming olma yeb o'tirganini ko‘rishdi. lyul-avgust oy- larida g‘arq pishadigan klar navli olma bolaning qo‘lida sehrli ko‘rinardi. Frisning cho‘ntagidan yana uchta-to‘rtta olma ko‘rinib turardi. Rudi va Lizel unga yaqin kelishdi.
— Bulami qayerdan olding? — Frisni savolga tutdi Rudi.
Yigit awaliga faqat jilmaydi, keyin esa “Tss” deb kostyumining cho‘ntagidan bir olma chiqardi-da, Rudining hovuchiga tashladi:
— Faqat qarashing mumkin, yeb qo‘yma, — ogohlantirdi u.
Keyingi safar Lizel va Rudi shunday issiq kunda egniga o‘sha kostyumini ilib oigan Frisni ko‘rishganlarida o‘ylab ottirmay uning orqa- sidan ketishdi. Fris ulami Amper daryosining yuqori oqimidagi qirg‘oqqa boshlab keldi. Lizelga bu yerlar tanish tuyuldi, chunki dastlab o‘qishni o‘rganayotgan kezlarida otasi bilan shu yerga yaqin joyga ko‘p bora kelib, birgalikda kitob o‘qishardi. Ulami daryo bo‘yida uzun-qisqa bo‘yli beshta bola kutib oldi.
O‘sha paytda Molkingda shunday to‘dalardan bir nechtasi mavjud bo‘lib, ba’zilarining orasida hatto olti yoshli bolalar ham bor edi. Ushbu to‘dada yetakchi Artur Berg ismli o‘n besh yoshli xushbichim jinoyatchi edi. U atroihi kuzatib, Fris izidan dum qilib kelayotgan ikkita o‘n bir yashar o‘smimi ko‘rib qoldi va: —Und? — deb so‘radi u chaqirilmagan meh-



monlar yetib kelishgach, xo‘sh?


— Men o‘larday ochman, —javob berdi Rudi.
— U juda tez yuguradi, — gapga aralashdi Lizel.
Artur Berg qizga o‘girilib: “Sendan hali hech narsa so‘ramadim, chog‘i. Lekin menga yoqding”, — dedi. U yoshiga nisbatan biroz novcha, yelkalari keng va yuzida husnbuzarlari guruh-guruh bo‘lib to‘plangan o‘s- pirin edi. Artur samimiy va kattalarga o‘xshab xushmuomalalik bilan gapirardi: — Enderl, ukangni tepib kaltaklagan qiz shu emasmi? — deb yonida turgan boladan so‘radi u. Albatta, maktabdagi voqea haqidagi mish- mishlar yetib kelgan bo‘Isa kerak. Yaxshilab yedirilgan kaltak haqidagi gap-so‘zlar shunaqa tez tarqaladi.
To‘dadagi jussasi kichik, qotmadan kelgan, malla sochlari paxmoq, terisining rangi muzdan farq qilmaydigan bir bola unga qaradi:
— Ha, aftidan shu, shekilli.
— Xuddi o‘zi, — Rudi ham Artuming gapini tasdiqladi.
Endi Shmeykl oldinga chiqib, jiddiy ravishda qizga boshdan oyoq razm soldi va nihoyat tishlarini ko‘rsatib tiijaydi:
— Barakalla, qizaloq, — u Lizelning yelkasiga yengil urib. — Agar o‘zim ham shunday qilganimda, armonsiz qamchi yegan bo‘lardim.
Artur Rudiga diqqat qaratdi: — Sen esa Jessi Ouenssan, to‘g‘rimi?
Rudi bosh irg‘adi.
Tushunarli, — dedi Artur. — Sen telbasan, lekin bizning to‘da- mizga mos kelasan. Qani, bu yoqqa kelinglar.
Ular shu tariqa o‘g‘rilar to‘dasiga qabul qilindi.
* * *
Bog‘ga yetib borishgach, Lizel va Rudiga kattaroq sumkani uloqti- rishdi. O‘zining pishiq matodan tikilgan sumkasini ko‘tarib oigan Artur Berg may in sochlarini qo‘li bilan taradi:
— Ikkalangizdan birontangiz ilgari o‘g‘rilik qilib ko‘rganmisizlar?
— Albatta, — uni ishontirishga tushdi Rudi. — Hamma vaqt o‘g‘ir- layman. Ammo uning gapi unchalik ishonarli yangramadi.





Lizel aniqroq izoh berdi: — Men ikkita kitobni o‘g‘ir laganman.


Artur Berg unga qarab kulib qo‘ydi va uch marta uf tortdi. Bu paytda uning husnbuzarlari yuzidagi yangi hududlami zabt etayotgan edi.
— Kitobni yeb bo‘lmaydi-ku, shirinim.
To‘da a’zolari turgan joylaridan uzun qator bo‘lib tizilgan olma daraxtlarini kuzatishdi. Artur Berg buyruq berib turdi.
— Birinchidan, panjaraga yopishib qolmanglar. Tiqilib qolsanglar, tashlab ketaveramiz. Tushunarlimi? To‘da a’zolari bosh irg‘ab qo‘yishdi yoki “ha” deb javob berishdi.
— Ikkinchidan, bittang daraxtga chiqsang, ikkinching pastda qoli- shingga to‘g‘ri keladi. Kimdir o‘ljani tashib turishi kerak, — Artur qo‘l- larini bir-biriga ishqaladi. U o‘g‘rilik jarayonidan o‘zgacha zavq olayotgan edi: — Uchinchidan, kimdir kelayotganini ko‘rib qolgudek bo‘lsangiz, qabrdagi o‘liklami ham uyg‘otib yuboradigan darajada baland ovozda qichqirib, boshqalami ogohlantiring — hammamiz tuyog‘imizni shiqil- latamiz. Richtig1?
Richtig, — deya barcha o‘g‘rilar bir vaqtda jo‘r bo‘lib aytishdi.



Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish