— milliy iqtisodiyotlar ochiqligi darajasining oshishi.
Bularni amalga oshirishda marketing asosiy rol o ‘ynaydi.
Biznes marketingda masalalarga integratsiya nuqtayi nazaridan
yondashuv quyidagi chizmada keltirildi (1-rasm).
1-rasm.
Biznes marketingda integratsion yondashuv
Boshqaruv tuzilishi shunchalik moslashuvchan bo‘lishi kerakki,
toki korxona faqat bozordagi o'zgaruvchan vaziyatga moslashib qolmay,
balki bu o‘z vaqtida hamda o‘z maqsadlariga muvofiq bo‘lishi
natija
berishi lozim. Marketing tuzilishining rivojlanishi, ularning tashqi va
ichki muhitdagi o‘zgarishlariga moslashishi jarayonida va ayniqsa, raqobat
kurashi ta’siri ostida vertikal marketing tizimlari paydo bo'ladi.
Vertikal marketing tizimi (VMT) — mustaqil biznes bo‘la oladigan
ishlab
chiqarish, ulguiji savdo tashkilotlari, do'konlaming integratsiya-
lashuvidir. Bugungi kunda VMT laming quyidagi turlari ma’lum.
—
korporativ VMT. Bu holda mahsulot ishlab chiqarish va uni o ‘t-
kazish yagona tasarrufda bo'ladi. Bunga o‘z avtomobillariga yoqilg‘i quyish
shaxobchalari va servís xizmatlariga yagona xususiy mulk egaligi misol
bo‘la oladi;
— shartnomaviy (kontraktli) VMT. Ular uch turda bo‘lishi mumkin:
savdo imtiyozlariga ega bo‘lganlar tashkilotlari;
ulguiji savdo tash-
kilotlarining qoshidagi chakana savdo tashkilotlarining ko‘ngilli
tarmog‘i; chakana savdochilar kooperativlari;
— boshqariladigan VMT. Bu holda, yetakchi tovarni ishlab chiqa-
ruvchi ushbu tovarni sotuvchilarning hamkorligi va qo ‘llab-quwatla-
shiga erishadi. Sotuvchilar savdo maydonlari ajratadilar,
tovarlar
ekspozitsiyasini tashkil qiladilar, sotishni rag‘batlantirish va narxlar
siyosati bo ‘yicha tadbirlar o‘tkazadilar.
Bulardan tashqari ba’zi m amlakatlarda, xususan,
Yaponiyada
vertikal integratsiyaning bir qancha boshqa usullari ham shakllangan;
— konsolidatsiya. Bunda qo‘shilgan ishlab chiqarish va mahsulot
sotish korxonaning bo‘linmalari, filiallari va vakil firmalari tomonidan
amalga oshiriladi;
— kvazivertikal integratsiya. Bunda qo ‘shilayotgan ishlab chiqarish
va mahsulotni sotish tegishlicha mustaqil korxonalar va maishiy
tarmoqlar tomonidan, lekin yetakchi firma
nazorati ostida amalga
oshiriladi. Nazorat uzoq muddatli shartnoma va yetakchi firma tomonidan
ko‘rsatiladigan xizmatlar to'plami orqali ta ’minlanadi.
VMT lardan tashqari, gorizontal marketing tizimlari ham mavjud.
Ularning mazmuni shundan iboratki, ikki yoki undan ortiq korxona
(firma) bozorni va marketing imkoniyatlarini o‘zlashtirish
maqsadida
o ‘z kuchlarini birlashtiradilar. Qoida tariqasida, gorizontal marketing
tizimlari mablag‘i, marketing zaxiralari, texnik bilimlari, ishlab chiqarish
quwati yetarli bo‘lmagan firmalar orasida tarqalgan. Bunda, korxonalar
(firmalar) doimiy yoki vaqtincha asosda hamkorlik qilishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: