J jaloloy, A. Fattaxov, I. Axmedov, I. Xotamov, G. Xodjamuratoya, A. Azlarova, A. Shadmankulov, D. Jaloloya, D. Qosimov



Download 9,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/165
Sana05.04.2022
Hajmi9,18 Mb.
#529881
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   165
Bog'liq
Biznes marketingi

2 - b o b .
SANOAT MARKETINGI
2.1. Sanoat marketingining xususiyatlari
Milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoat zavod, 
fabrikalar, elektr stansiyalar, shaxtalar, ruda ishlab chiqaruvchi 
korxonalar, mehnat qurollari ishlab chiqarish, xomashyo va materiallar, 
yoqilg‘i qazib chiqarish, yog‘och tayyorlash hamda sanoatda, qishloq 
xo‘jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlami qayta ishlovchi alohida biznes 
korxonalari, soha va tarmoqlar yig‘indisidan iboratdir.
Har qanday mamlakatning kuch-quw ati, mustaqilligi, ravnaq 
topishi, ishlab chiqarish samaradorligi va nihoyat aholisining farovonlik 
darajasi, birinchi navbatda, uning sanoatini qanchalik rivojlanganligi 
bilan belgilanadi.
Sanoat rivojlanishi va samaradorligi esa, o ‘z navbatida, uning 
marketing faoliyatini holati qanchalik mukammalligi bilan uzviy 
bog'liqdir. Ma’lumki, milliy iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida 
marketing o ‘zining asosiy maqsad va vazifalari mohiyati jihatidan keskin 
farq qilmaydi. Shu bois, ayrim iqtisodchilar barcha tarmoqlarda 
marketing bir xil yo‘sinda tashkil etilishi va olib borilishi lozimligi 
haqida fikr bildiradilar.
Masalan, Malkolm M c-Donald fikricha marketingning asosiy 
g ‘oyasi universal xarakterga ega b o ‘lganligi tufayli, pechka 
marketingining, sug‘urta polisi yoki margarin marketinglari orasida 
hech qanday farq yo‘q degan fikrni bildiradi. Biroq bunday fikrlash 
milliy iqtisodning ayrim soha va tarmoqlari xususiyatlarini, ulami 
rivojlantirish va samaradorligini yuksaltirish imkoniyatlarini e ’tibordan 
chetda qoldirish bo‘lur edi.
Shuning uchun bo‘lsa kerak bunday qarashlaiga ko'pgina iqtisodchilar 
e’tiroz bildiradilar. Masalan, Djeyms Ye. Liin sanoat marketingining 
quyidagi ba’zi xususiyatlariga e ’tiborni jalb qiladi:
— sotish va xarid qilishning katta hajmda ekanligi;
— mahsulotlarining texnika jihatdan ancha murakkabligi;


— xaridorlaming katta tavakkal (risk) qilishlari;
— sotib olish davrining bir muncha uzunligi;
— sotib olish haqida qaror qabul qilish jarayonining bir qadar 
murakkabligi;
— xaridorlaming tovarlami aniq (tushunishi, bilishi) his qilishlari, 
mutaxassis ekanliklari;
— iste’molchi (xaridor) va sotuvchilar orasidagi munosabatlarni 
nisbatan yaqinligi, fikrdoshligi;
— ishlab chiqaruvchi va iste’molchilaming bir-birlariga o‘zaro ta’siri.
Olimning bu fikrlariga qo ‘shimcha qilib shuni aytish mumkunki,
ishlab chiqarish vositalari, asosan, uyushgan bozorda pul o ‘tkazish 
yo‘li bilan oldi-sotdi qilinsa, iste’mol tovarlari aksariyat hollarda, 
uyushmagan bozorlarda naqd pulga sotiladi va sotib olinadi. Buning 
negizida ularning bozoridagi o ‘zgachalik, infratuzilmalardagi farq, 
0
‘zlariga xoslik ham yotadi. Masalan, ishlab chiqarish vositalari ikki 
yo‘sinda: t o ‘g‘ridan-to‘g‘ri, tranzit, om borlar, vositachilar (ular 
ayrim hollarda bir nechta b o iish i ham mumkin) orqali ulgurji narx 
va ulgurji miqdorda o ‘z iste’molchilariga yetkazib berilishi (sotilishi) 
mumkin.
Iste’mol tovarlari esa, asosan, chakana savdo kanallari orqali 
magazin va dehqon bozorlarida sotiladi va xarid qilinadi. Ayrim hollarda 
ishlab chiqaruvchidan, omborlardan sotib olinishi mumkin, xolos.
Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar, ko‘p hollarda 
o ‘zlarining doimiy mijozlariga ega va ular bilan ko‘plab masalalarini: 
tovarlarning xarakteristikalari, sifat ko‘rsatkichlari, narh-navo kabilar 
bo‘yicha yaqindan kelishib, do‘stona vaziyatda hal qiladilar. Bu iste’mol 
tovarlari bo'yicha nisbatan kam uchraydigan hollardir.
Sotish va xarid qilishning katta hajmda ekanligi sanoat marketingini 
asosini tashkil etadi. Har qanday sanoat korxonasi o ‘z mohiyatiga ko‘ra 
iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun ko‘plab, ommaviy ravishda 
mahsulot ishlab chiqarishi lozim. Aks holda, uni tashkil etish hech 
qanday m a’noga ega bo'lmagan bo‘lur edi. Masalan, respublikamiz 
aholisi 26,5 mln.ni tashkil etadi. Faraz qilaylik, ular shuncha miqdorda 
palto xarid qiladilar, ya’ni har bir iste’molchi 1 donadan palto xarid 
qiladi, xolos. Lekin, palto ishlab chiqaruvchi birgina fabrikaning yolg‘iz 
o ‘zi minglab metr sherst, mato, m o‘yna va h.k.lar xarid qiladi va 
minglab palto sotadi. Shunday qilib jism oniy shaxslar iste’mol


tovarlarini aksariyat hollarda, donalab (kiyim-kechak, poyabzal), 
metrlab yoki bir necha kg xarid qilsa (go‘sht va sut mahsulotlari) yuridik 
shaxslar, korxonalarning har biri ishlab chiqarish vositalarini minglab 
(motor, ehtiyot qismlar), kilometrlab (kabel mahsulotlari) yoki 
tonnalab (paxta tolasi, metall, un, mato) sotadilar va xarid qiladilar.
Sanoat marketingi xususiyatlarini belgilovchi omillardan biri 
sanoat tovarlarining texnik jihatdan ancha murakkabligidir. Darhaqiqat
mashinasozlik sanoati ishlab chiqargan mashina-uskunalar yoki 
priborsozlik mahsulotlari iste’mol tovarlariga (poyabzal yoki oziq- 
ovqat) nisbatan texnik jihatdan juda murakkabligi ko‘zga yaqqol 
tashlanadi. Bu hol sanoat marketingi xodimlaridan o‘z sohalari bo‘yicha 
maxsus bilimli b o ‘lishlarini, ya’ni texnika, ilm-fan yutuqlaridan 
doimo xabardor bo ‘lishlarini, o ‘z malakalarini o ‘stirib borishni talab 
qiladi.
Sanoat ishlab chiqarishi uchun tovarlarini sotib olish marketing 
xodimlaridan maxsus bilim va iste’mol buyumlarini sotib olishga nisbatan 
ko'proq (uzoqroq) vaqt talab etadi. Marketologlar ishlab chiqarish 
vositalarini xarid qilish uchun tayyorgarlik ishlarini olib boradilar. 
Ularning texnik va texnologik holatlari, sifat va h.k. ko‘rsatkichlari bilan 
tanishadilar. Zarur bo'lganda joylarga borib ularning ishlash jarayonini 
kuzatadilar. Tajriba-sinov o ‘tkazadilar. Bular maxsus mutaxassislar, 
kasb egalari tomonidan amalga oshiriladi va sotib olish davrini bir 
muncha uzun bo‘lishiga olib keladi. Iste’mol tovarlarini xarid qilish 
esa, katta bilim talab etmaydi (masalan, oziq-ovqat sotib olishda) va 
aksariyat hollarda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, sotuvchi xaridor orasida hech 
qanday vositachisiz amalga oshiriladi va ko‘p vaqt talab etilmaydi.
Ishlab chiqarish vositalari bozori tadqiqoti shuni ko‘rsatadiki, unda 
qatnashayotgan subyektlar orasidagi munosabat do'stona, o‘zining 
yaqinligi bilan ajralib turadi. Ular bir-birlarini iqtisodiy jihatdan qo‘llab- 
quw atlab turadilar, kerak bo‘lib qolganda past yoki mutlaqo foizsiz 
qarzlar, texnik va texnologik jihatdan yordam beradilar. Sanoat tovarlari 
m a rk e to lo g la ri yangi to v a r ish lab c h iq arish h a q id a , uning 
parametrlarini tavsiflaydilar, taklif beradilar, o ‘z fikrlarini bildiradilar. 
Bularning barchasi iste’mol tovarlari borasida sust va umumiy tarzda 
kechadi.
Ishlab chiqarish vositalari va iste’mol tovarlari marketingi orasidagi 
farq Stiv Minett keltirgan misolidan ham ko'rish mumkin (2-jadval).


ЬЫаЬ с Ы я а т Ь уоякаЫп уа ¡вСе’т о ! (оуаг!ап marketingini
faгqlanishi
Хага^епвика
БагкШ Ьогоп, 
¡
б
Ы
э
Ь сЫцапзЬ 
уозКа1ап Ьогоп
Ы е’то ! 
ЮуаНап Ьогоп
МаИвикП
тоЫуаи
(1аЫаП)
О ^
б
Ь, нуоПагшИ
СЫг1дП
51кШ (davriy)
Rag‘bat
Texnologiya
Moda (odat, 
гаэт)
Ше’то1сЫ- 
ning т о ‘УаП
Мстуа1з1уа
Когхопа, 
гаБИкПо^аг еШуоП
Individual
еЬйусу
(
х о
Ы
б
Ь )
Тап1оу
ОЬуекЙУ
т е ’уоНаг
БиЬуекйу аГга! 
ко‘пзЬ
С>агог
Miyan¡ng сЬар 
у а п т вИап
Miyaning o ‘ng 
у а п т вЬап
Макгощйтспу
уог^авИиу
«1кк1 madaniyat»
Рап
Б а п ^
Madaniy qurshab 
о
П
б
Ь (]а1Ь етИ , 
1огх!зН)
С1оЬа1 ишуегеа!
Madaniy
chegaralar
КаэЫу
уопёазЬиу
0 ‘хзЬа5Ы1к1аг
Н и ц ^ у
meditsinali
51уозаи:Ы
Б И о и т е п
ОпуегЛа151уаз1
А тц, т а ’1ит 
уа
foydalanish 
уаг1уаи (кеуБ1аг)
^ е ’т о к Ы
хагак1ег1511каз!
Стив Минетт. Промышленный маркетинг. —М., СПб., Киев.:
2003. - 1 8 с.
2.2. вапоа! тагкеи1^(1а Ыейга181уа и/нш 1

Download 9,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish