J jaloloy, A. Fattaxov, I. Axmedov, I. Xotamov, G. Xodjamuratoya, A. Azlarova, A. Shadmankulov, D. Jaloloya, D. Qosimov


«Biznes marketingi» fanining ayrim muammolari va ularni



Download 9,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/165
Sana05.04.2022
Hajmi9,18 Mb.
#529881
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   165
Bog'liq
Biznes marketingi

1.4. «Biznes marketingi» fanining ayrim muammolari va ularni
hal qilish yoMlari
Marketing kishilarning nisbatan yangi faoliyati bo‘lganligi tufayli, 
uning oldida hal qilinishi lozim bo‘lgan juda ko‘p vazifalar turibdi. 
Marketing organlarining ishida parallelchilik, takrorlanuvchanlik va 
mahalliylichilik kabi illatlar uchrab turadi. Marketing tuzilishidagi ko‘p 
bo‘g‘inlilik, har bir tashkilotda o ‘z marketing bo‘limlarining paydo 
boiishi yoki ularni umuman tashkil qilinmayotganligi sabablari 
asoslanmagan, tahlil qilinmagan va yetarli darajada o'rganilmagan. 
Hanuzgacha milliy iqtisodiyot, mamlakat miqiyosida marketingni to'liq 
va har tomonlama boshqarib, koordinatsiya qiluvchi organ tuzilganicha 
yo‘q. Ayrim vazirliklarda hali ham marketing boshqarmalari tuzilmagan. 
Tashkil etilgan marketing bo‘limlari, guruhlarining tarkibiy tuzilishi 
ba’zan bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi firmalarda aksariyat hollarda 
bir xil emas. Ulaming tarkibida ba’zan keraksiz va ortiqcha bo‘limchalar, 
guruhchalar tashkil etilgan. Ularning nizomlari, funksiyalari ayrim 
hollarda hamon ishlab chiqilmagan.
Marketingni rejalashtirish ishlari ham hanuzgacha yaxshi yo‘lga 
qo‘yilmagan.
Yuqorida keltirilgan muammolami to‘g‘ri hal qilish uchun quyidagi 
ishlar amalga oshirilmog‘i lozim:
— har bir biznes subyektlari (korxona, vazirlik va yuqori boshqaruv 
organlari)da maxsus marketing bilan shug‘ullanuvchi boshqarma, bo‘lim 
va guruhlami tashkil qilish;
— maxsus konsalting markazlari, ilmiy-tekshirish laboratoriyalari, 
institutlari tom onidan yaratilgan yangiliklar va ixtirolarni biznes 
marketing amaliyotiga tezkorlik bilan qo'llash;
— maxsus professional kadrlar tayyorlash, ularning professionallik 
darajasini doimiy oshirib turish ustida g‘amxo‘rlik qilish;


— kadrlarni moddiy va m a’naviy rag'batlantirish, ularni o ‘z ishlari 
natijasidan manfaatdorlik darajasini oshirish;
— biznes marketing moddiy-texnika bazasini yuksaltirish, fan-texnika 
taraqqiyoti natijalarini tezkorlik bilan joriy qilish va boshqalar.
Bu ishlarning natijasi esa, biznes marketingni mukammallashtirish, 
uning yangi usul va turlarini izlab topish va amalga oshirishni, yuqoriroq 
darajaga ko‘tarishdir. Bu borada ochiq va yopiq tizimlar marketingi 
haqida fikr yuritmoqchimiz. Yopiq va ochiq tizimlar, jarayonlarni 
almashuvi bilan farq qiladi. Ochiq tizim o ‘zaro jonli organizm kabi 
moddiy, energetik, axborot resurslari bilan almashadilar. Aks holda, 
ular inqirozga uchraydilar. Marketing biznesga nisbatan ochiq tizimlar 
kategoriyasi bilan fikrlashar ekanmiz, bu biznes m arketingni 
m u k am m allash tirish m arketing kelishuviga nisbatan bizning 
munosabatlarimizga asoslanmog‘i, har qaysi yangi kelishuv barcha 
xaridorlar, ishlab chiqaruvchi uchun manfaat, bizga esa qo‘shimcha 
foyda keltirishi, tez o ‘zgaruvchan muhitda korxona moslashuvi yoki 
o‘z ish faoliyatini to ‘xtatishidir.
Marketingni tashkil etishga boshqaruv apparatini mumkin qadar 
soddalashtirish talabi qo‘yiladi. Ishchilar sonini kamaytirish, mehnat 
unumdorligini oshirish, kompyuter texnikasi, EHMlarni qo‘llash bilan 
hal etiladi.
Xodimlar apparatini soddalashtirish va qisqartirish biznes marketing 
b o ‘yicha rivojlantirishni yaxshilash, hisob-kitobni soddalashtirish 
operativ ishni yanada ratsional tashkil etish y o ii bilan ham hal etilishi 
mumkin. Marketing apparati zamon talabiga tez javob bera oladigan 
o ‘zgaruvchan va moslashuvchan, har bir yangi progressiv vakillikni 
o ‘zida aks ettira oladigan bo‘lmog‘i lozim.
Biznes marketing xizmatlarini tarkiblari tuzulishida, birinchi o'rinda, 
shu firma (korxona) tashkiliy tuzilishini milliy iqtisodiyot tarmog‘i (yoki 
iqtisodiy hudud), ishlab chiqarish va qurilish hajmi e’tiborga olinadi. 
Tovarlami iste’mol qiluvchi iste’molchilar miqdori hajmining ortishi 
bilan yetkazib beruvchilar soni ham ortib boradi, kelayotgan 
materiallami qabul qilish va qayta ishlashga mehnat sarfi ortadi.
Yirik boimagan korxonalarda, biznes sohalarida masalan, mustaqil 
marketing bo'limi mavjud bo'lmasligi, bu vazifani boshqa boiimdagi 
bir necha kishi bajarishi mumkin va, aksincha, yirik korxonalarda 
(masalan, Toshkent aviatsiya zavodida va Toshkent traktor zavodida)


marketing masalalari bilan bir necha mustaqil bo‘limlar shug‘ullanadi. 
Biznes marketing xizmatlarining tarkibi, shuningdek, ishlab chiqarish 
xarakteriga bog‘liq bo'ladi. Ommaviy oqimli ishlab chiqarishda tovarlar 
ishlab chiqariladi, materiallar esa, bir m e’yorda va nisbatan yirik 
m iqdorlarda iste’mol qilinadi. Seriyali ishlab chiqarishda ishlab 
chiqariladigan tovarlar va iste’mol qilinadigan moddiy resurslar 
nomenklaturasini ular nisbiy miqdori kamayishi bilan ortadi. Bu narsa 
tovarlar sotish va moddiy ta ’minot jarayonini murakkablashtiradi. 
Individuval xarakterdagi ishlab chiqarish korxonalarida marketingni 
tashkil etish bir muncha oson kechadi. Bu yerda tovarlami ishlab chiqarish 
va sotish aksariyat hollarda yakka, maxsus buyurtmalar asosida amalga 
oshiriladi. Demak, ishlab chiqarilgan tovarning xaridori aniq bo‘ladi.
Tovarlar nomenklaturasi va ularning sifatiga qo'yiladigan talablar 
ortishi bilan bir qatorda biznes marketing xizmatlarining jarayoni 
murakkablashadi. Radio-texnika sanoat korxonalari turli yuqori sifatli 
tovarlar ishlab chiqarishadi va iste’mol qilishadi (lekin har biridan 
kam miqdorda), bu narsa esa marketing faoliyatini murakkablashtiradi.
Biznes marketingni tashkil qilishga ta ’sir qiluvchi omillarga: tum an 
va viloyatlarning regional xususiyatlari, tovar sotuvchi — yetkazib 
beruvchilar va xaridorlarning hududiyjoylashuvi, yetkazib beruvchilar, 
xaridorlarning yaqinligi, marketing — vositachi tashkilotlarining va 
tra n sp o rt yo‘llarining mavjudligi kirib, bu narsalar m arketing 
masalalarining hal etilishi va tarkibiy tuzilishini osonlashtiradi. Marketing 
bo'limining tarkibi va shtati — hisobot yuritishning o ‘rnatilgan uslubi, 
statistika va rejalashtirish, tovarni taqsim lash va sotish, ehtiyoj 
hisobotlarini berish targ ‘ibotlari, fondlarini taqsim lash, davlat 
buyurtmalariga bog'liq bo‘ladi.
Chet el amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, tashkil qilinadigan marketing 
xizmatlarining tarkibi-am al qiluvchi tizim ning egiluvchanligini, 
mustaqil va mustahkamligini ta ’minlashi kerak. Bu shartlar qarorlarini 
tezkor qabul qilish, ulami amalga oshirish, boshqaruv xizmatlarining 
tashkiliy tuzilishi va xususan, maqsadli ishchi guruhlarini shakllanishida 
nazorat qilinishi kerak.
Biznes marketing xizmatlarining tashkiliy tarkibining tezkorligi, 
e g ilu v c h a n lig i va m o s la n u v c h a n lig i a lo h id a b o 'l i n m a l a r
kompensatsiyasini, majburiyatlari, huquqlarining reglamentatsiyasi, 
shuningdek, firma (korxona)ning uzoq muddatli marketing strategiyasi


bilan ta’minlanadi. Marketing xizmatlarining tashkiliy tuzilishida 
firmaning umumiy boshqaruvi funksional xizmatlari bilan marketing 
xizmatlari orasida to‘g‘ri va teskari (aks) aloqani ta’minlash muhimdir. 
Odatda, tarkib sodda bo'lsa, muvofiqlashtiruvchi va markaziy boshqaruv 
xizmatlari soni shuncha kam, boshqarish tizimi shunchalik mustahkam 
va yutuqqa erishish ehtimoli ynqori bo‘ladi.
Tashkiliy tuzilishda tarkibning ishlab chiqariladigan tovar va 
xizmatlar assortimentining o ‘ziga xosligini mos kelishi; tashkiliy tarkibni 
sotish bozori qaytimi hajmi va ularning xarakteristikalariga mos kelish; 
firma tashkiliy tarkibining bozorni segmentlashni chuqurlashtirishga 
yo‘naltirilganligi, alohida iste’molchilar guruhiga differensiatsiyalashgan 
yondashishni qo'llash hisobga olinadi. Bular masalalarni hal etishga 
yordam beradi. Shunday sifat va tasnifli tovarlarni sotishni tezlashtirish 
maqsadida natijaviy iste’molchilar guruhlari bo‘yicha xizmatlar 
shakllanadi. Boshqaruv ishlab chiqarish boiimlarining bunday tashkil 
etilishi maqsadli bozorlar bo‘yicha xizmatlar yaratishini ko‘zda tutadi.
Biznes marketing guruhlari yoki bo‘limlarining tashkiliy tuzilishi 
shu kompaniya, firma, tashkilot yoki korxonaning joylashuvi, tabiiy 
sharoiti, umuman olganda, o ‘sha joyning regional xususiyatlaridan 
kelib chiqadi va ular bilan belgilanadi. Masalan, yirik sanoat markazida, 
industrial shaharda joylashgan firma (korxona)ning marketing bo‘limi 
shu yerning madaniy rivoji, aksariyat ishchilaridan iborat xodimlarning 
ehtiyoji, fe’l-atvori kabi xususiyatlarini o‘zida aks ettirmog‘i lozim.

Download 9,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish