BOB. BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI INNOVATSION-PEDAGOGIK
FAOLIYATGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARI
MAVZU:BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING VAZIYATLI
YANGILIKLAR KIRITISHGA MUNOSABATINI EKSPERIMENTAL
O'RGANISH
1. O'qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash tamoyillari.
2.O'qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash tizimi.
3.O'qituvchi innovatsion faoliyatining shakllanishi va rivojlanish shart-sharoitlari.
4.O'qituvchilarning innovatsion faoliyatini rivojlantirishning o'yin texnologiyalari.
Innovatsiya - ma'lum bir faoliyatda shakl, metodlar, muammolarni yechishdagi yangicha yondashuv, yangi texnologiyalarni ta'lim jarayoniga qo'llash orqali yuqori natijalarni ta'minlash; bir so'z bilan aytganda, jarayonga kontseptual yondashuvdir.
Innovatsion faoliyat esa yangi ijtimoiy talablar bilan an'anaviy mavjud me'yorlar bilan to'qnashuvi natijasida vujudga kelgan majmuali muoammolarni yechishga qaratilgan faoliyat hisoblanadi.
Didaktika - pedagogikaning mustaqil tarmog'i. Unda ta'lim-tarbiya nazariyasi, ya'ni maqsadlari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillarini ishlab chiqish bilan shug'ullaniladi. Didaktika pedagogikada ta'lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o'rganuvchi qismdir.
Ta'lim jarayonini qonun-qoidalarini o'rganish, tahlil etish va yangi bilimlar yo'nalishlarini izlab topish, ularni o'zlashtirishning samarali metodlarini ishlab chiqish masalalari bilan pedagogikaning didaktika qismi shug'ullanadi.
Ta'lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qollanilayotgan metodlar samaradorligiga bog'liq bo'lib, u ta'lim nazariyasida asosiy o'rinlardan birini egallaydi.
«Metod» — yunoncha «metodos» - «yol» degan so'zdan paydo bo'lib, u, tadqiq qilish ma'nosini anglatadi. Ta'lim metodi ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatidir.
Ta'lim metodlari - o'qitishning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o'quv materialini nazariy va amaliy yo'naltirish yo'llarini anglatadi.
O'qitish metodlari ta'lim jarayonida ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi faoliyatining qanday bolishi, o'qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda ta'lim oluvchilar qanday ish-harakatlarini bajarishlari kerakligini belgilab beradi. Shuningdek, ta'lim metodi o'qituvchi va ta'lim oluvchilarning o'qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yolidir.
Innovatsion faoliyatga tayyorlash tizimi, innovatsion muhitni yaratishdan boshlanadi, bunda ta'lim metodlarini tanlash bilan birga didaktik vositalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Didaktik vositalar— bu fanni o'qitishda zarur bo'lgan jihozlar, kompyuterli vositalar, modellar va maketlar, ko'rgazmalar va texnik vositalar, asbob-uskunalar va mahsulotlardir. Shuningdek, o'qitish jarayonida o'qituvchi tomonidan qo'laniladigan tarqatma materiallar. Ular: kartochkalar, savolnomalar, yo'riqnomaiar, qiziqarli savol va topshiriqlar, amaliy ishni tashkil etish bo'yicha texnologik xaritalar va hokazolardan iborat bo'ladi. Professor B.Ziyomuhammadovning ijod mahsulida didaktik materiallar - pedagog tomonidan har bir darsga alohida tayyorlan-gan, dars mazmunini to'la ifodalash va o'quvchi-talabalar dars mazmuniga yaxshi tushunib yetishlari uchun xizmat qiladi, deb qayd etiladi. Bularga turli ko'rgazmali qurollar, turli muammoli vaziyatlarni yaratuvchi moslamalar, o'yinlar va hokazolar kiradi.
Bugungi kunda muammoli tortishuvlarga sabab bo'layotgan masalalardan biri o'qituvchining pedagogik mahoratining tarkibiy qismi didaktik qobiliyatga ega bo'lishidir.
Didaktik qobiliyat- o'quv materiali, ko'rgazmali qurollar va vositalarini tayyorlab qo'yish, o'quv materialini aniq, ifodali va izchil bayon qilish, o'rganishga bo'lgan qiziqish hamda ma'naviy, his-siy istakiarni rag'batlantirish, o'quv bilimini oshirish, faollashtirish mahoratlari majmuyidan iboratdir.
Hozirgi davrdagi didaktika rivojining asosiy yo'nalishlari
Uzluksiz ta'lim konsepsiyasi - kadrlar tayyorlash tizimining-asosi. O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi shaxsning jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha.
Uzluksiz ta'llm — milliy modelning asosiy qismi bo'lib, quyidagi turlarni o'z ichiga oladi: Oliy ta'limgacha ta'lim; umumiy o'rta ta'lim; o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; oliy ta'lim; oliy o'quv yurtidan keyingi ta' iim; kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash; mak-tabdan tashqari ta'lim.
Uzluksiz ta'lim — malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlari, DTSni, kadrlar tayyorlash tuzilmasini va uning faoliyat ko'rsatish tizimini o'z ichiga oladi. O'zaro mantiqiy izchillik asosida bog'langan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va bir-birini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit ta'lim tizimi.
Ta'lim paradigmalari.
Paradigma - (yunoncha paradigma - namuna, o'rnak ma'nolarini anglatadi) - ilmiy muammolarni hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya. Masalan, tug'ilish nazariyasiga tegishli muammolarni aksariyat hollarda differensial tenglamalar nazariyasi yutuqlari orqali'hal qilinadi yoki talaba-yoshlarni mustaqillik fuhida tarbiyalash milliy g'oyalar asosida hal etiladi va hokazo.
Paradigma guruhli talabalarning o'quv faoliyati doirasida o'z-o'zini anglash, talabalarning ilk vaqtlarini samarali o'tkazish, qayta aloqa sifati va sonini orttirish, didaktik materiallar sifatini yaxshilash, talabalarning o'z-o'zini boshqarish tizimini kengaytirish, rivojlangan ta'lim tizimini joriy etish.
O'quv tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishning asosiy yo'llari - o'quv jarayonini insonparvarlashtirish, demokratlashtirish, liberalizatsiya etishni innovatsion holat deb qaraladi. Oliy ta'limda bunday sharoit ikki yoqlama, ikki tomonlama yo'nalgan aqliy jarayon; ob'ekt bilan sub'ekt munosabatidan iborat bo'lib, bu ta'limiy va jarayon o'qituvchi va talabalarning o'zaro ishonchga asoslangan ijodiy hamkorligini o'z ichiga oladi. Bunday faol, izlanuvchanlikka asoslangan ta'lim jarayonida talaa bilim, ko'nikma va malakalarni ta'lim
jarayonining ishtirokchisi sifatida ichki ehtiyoj va mustaqil izlanish orqali o'zlashtiradi. O'qituvchi-pedagog esa hamkorlikdagi faol izlanishlarga ta'sir htkazishi va qulay shart-sharoit yaratishi talab qilinadi. Natijada talabalarning bilimlarni ongli ehtiyoj sifatida o'zlashtirishlari tezlashadi, saboq oluvchi (talaba) bilan saboq beruvchi (o'qituvchi)larning faol qatnashuvida ta'lim maqsadlariga erishish samarali yakunlanadi. Ta'lim jarayonini nazorat qilish, talabalar bilimini muntazam kuzatish va smash, natijalar monitoringini olib borish, ta'lim jararyonini tegishli axborot texnologiyalari bilan ta'minlash o'qituvchi zimmasidagi vazifadir. Bugungi kunda ta'lim sharoitida innvatsion muhitning yaratmlishiga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Innovatsion muhitning yaratilishi natijasida jamoada ijodiy-izlanish intilishlar uchun qulay sharoit vujudga ketiriladi. O'qituvchi talabalarning ilmiy - ijodiy g'oyalar yaratishi uchun ilmiy maslaxatchiga aylanadi. Shu m'noda, hamkorlikdagi ta'lim talabalarni innovtsion faoliyatga tayyorlashni ham o'z ichiga oladi. me'yorlarnning mos kelmasligi, amaliyotda yangilanayotgan me'yorlarning o'zaro faol ta'lim modeli
“O'zim o'qiyman, o'zim o'zlashtiraman, o'zimni o'zim rivojlantiraman” texnologiyasi asosida pedagog rahbarligida talaba mustaqil bilim olishga, izlanishga o'rganadi. Talabaga tayyor bilimlar taqdim etilmaydi, balki, mustaqil o'qib o'rganishga, izlanishga o'rgatiladi. Talabaga bilim tayyor holda berilmaydi, unga bilimlarni turli manbalar (darslik, qo'llanma, matn, xrestomatiya)lardan mustaqil o'zlashtirish yo'llari o'rgatiladi. Demak, interfaol usullarni qo'llash natijasida talabalar hozirjavoblikka o'rganadi, ularning lug'at boyligi oshadi, ilmiy-nazariy bilimi yanada mustahkamlanadi, darsga qiziqishi ortadi va ijodiy izlanish - intilishga ehtiyoj, xoxish rag'bat shakllanadi.
Talabalarni mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish ta'lim tizimining eng muhim sifat ko'rsatkichlaridan biri bo'lib e'tirof etilmoqda. Chunki bu o'zgaruvchan bozor iqtisodiyoti sharoitida faqatgina mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan shaxsgina o'z muammolarini o'zi mustaqil hal qila oladi. Mustaqil qaror qabul qilish malakasi esa, o'zi uchun ham oila uchun, jamiyat uchun ham foydali hisoblanadi. Prezidentimiz I. A. Karimov ta'kidlaganidek, “agar bolalar erkin fikrlashga o'rganmasa, ta'lim samarasi past bo'lishi muqarrar. Albatta bilim ham kerak, ammo bilim o'z yo'liga, mustaqil fikrlash ham katta boylik.”
Zero har qanday jamiyat va davlatning qudratini ma'naviy yuksaklik, yoshlarmizning intellektual salohiyati yaratuvchanlik qobiliyati ta'minlaydi.
NAZORAT SAVOLLARI
O'qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash tamoyillarini aytib bering.
O'qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash tizimi qanday?
O'qituvchi innovatsion faoliyatining shakllanishi va rivojlanish shart-sharoitlarini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |