Pigmentatsiya – Pigment hosil qilish , rang hosil qilish - hayvon va o’simlik to’qimalarida rangli moddalar – pigmentlar ( o’simliklarda karotinoidlar , flavinoidlar, hayvonlarda esa asosan melaminlar ) to’planishi bilan bog’liq jarayon.
Pinotsitoz – erigan moddalar yoki suyuqliklarni hujayraning plazmatik membranalari bilan qamrab olinib singdirilishi ( shimilishi ) .
Planula - ko’pchilik kovakichlarning ikki qavatli erkin suzuvchi lichinkasi. Keyinchalik suv tubiga cho’kib, poliplarga aylanadi.
Plastik almashinuv – moddalarning hosil bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan va anabolic jarayonlarga asoslangan moddalar almashinuvi.
Plazmoliz, hujayra tarangligining yo’qolishi – hujayradagi suvning chiqib ketishi natijasida, sitoplazmaning qobiqdan ajralib, uzoqlashishi. Turgor holatining aksi.
Polifagiya, ko’p xil ozuqali – har xil turga mansub ozuqalar bilan ovqatlanadigan organizmlar, biroq hammaxo’r emas. Masalan, baqalar , kaltakesaklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |