Paporotniklar – Qirqquloqlar – gulsiz va urug’siz , yaproq, poya va ildizdan iborat yuksak o’simliklar. Bargi orqasida hosil bo’luvchi sporalar orqali ko’payadi. Bularda mustaqil yashovchi sporofit va gametofit bo’g’inlar gallanadi.
Parasimpatik asab tizimi – vegetative asab tizimining bir qismi. Organizm ichki a’zolari va fiziologik tizimlarni boshqarishda ishtirok etadi. Organizmda energiya va moddalar to’planish jarayonlarini faollashtiradi.
Parazit ( fakultativ ) – Ixtiyoriy tekinxo’r, fakultativ parazit – parazitning xo’jayin organizm to’qimasi yoki shiralarisiz ham mustaqil yashay olish va ko’paya olish xususiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |