Ovqat hazm qilish tizimi – ovqat hazm qilish jarayonini amalga oshiruvchi a’zolar majmuasi.
Ovulatsiya – sut emizuvchilarda voyaga yetgan tuxumhujayraning tuxumdondan tana bo’shlig’iga chiqishi. Ko’pchilik hayvonlarda jinsiy sikl ( menstrual ) shakllaridan biri. Ayrim hayvonlarda ( quyon, mushuk ) ovulatsiya juftlashish vaqtida bo’ladi.
Oyquloq orqali nafas oluvchilar – bo’g’imoyoqlilarning kenja tipi; bitta sinfi – qisqichbaqasimonlar. Oyquloq orqali nafas oladi. Ikkita mo’ylovli, dastlabki suvda paydo bo’lgan hayvonlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |