Obligat parazit, zaruriy tekinxo’rlik – parazitning mazkur organism ( xo’jayin ) to’qimasi yoki shiralarsiz, ya’ni parazitlik qilmasdan yashay olmaslik, ko’paya olmaslik xususiyati.
Ogohlantiruvchi rang – zaharli va qo’lansa hidli modda ajratuvchi bezlari bor hayvonlar rangi. Yirtqich hayvonlardan himoyalanishga xizmat qiladi.
Oksilofitlar, nordon muhit o’simligi – nordon tuproqlarda o’suvchi o’simliklar.
Oligogenlar, bosh genlar – kuchli fenotipik samaraga ega bo’lgan genlar. Poligenlardan farqli ravishda muqobil ( qarama- qarshi ) belgilarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Ular mutatsiyasi organizm uchun salbiy . Oligogenlarning namoyon bo’lishiga tashqi muhitga nisbatan genotipik muhitning ta’siri ko’proq.
Ootsit, tuxumhujayra – hayvonlar urg’ochilik hujayrasining o’sish va yetilish davridagi nomi.
Organizm – modda va energiya almashinuvi mavjudligi bilan xarakterlanuvchi biologic tizim; ayrim tirik mavjudot.
Do'stlaringiz bilan baham: |